14
Umumiy ma‟noda strategiya - bu korxonaning tutgan yo„lini mustahkamlashga,
iste‟molchilarning talabini qondirishga va o„z oldiga qo„yilgan maqsadlariga
erishishga qaratilgan rejali boshqarishdir. Menejerlar korxona qaysi yo„nalishda
rivojlanishni aniqlash va harakat usulini tanlashda asosli qarorlar qabul qilishi uchun
strategiyani ishlab chiqadi.
Strategik boshqarish – strategiyasining mavjud bozorlar va tovarlarga bo„lgan
yo„nalishi, korxonalarda strategik jarayonni shakllantirish va boshqarish,
korxonalarning tashqi va ichki muhitlarini tahlil qilish va boshqarish, strategiyalarini
rejalashtirish va ijrosini ta‟minlash, strategik o„zgarishlarni boshqarish jarayonlarini
o„rganishni o„z oldiga maqsad qilib qo„ygan. Strategik boshqarish fani korxona va
tashkilotlarni ichki va tashqi bozorlarda o„z maqsadlarga erishish quroli sifatida
qarashga alohida e‟tibor beradi.
Strategiya korxonaning tashqi vaziyatiga va ichki holatiga qanchalik mos bo„lsa,
shunchalik kam sonli o„zgarishlarni strategiyaga kiritish kerak bo„ladi. Strategiyani
kelajakka mos kelmaslik darajasi oshib borgan sari, rahbarlikning yangi strategiyani
yaratish ehtimoli ham oshib boradi.
Strategiyani yaratish shunday faoliyatki, bunda rahbarning faqat yaxshi niyati va
ijodiy yondashuvi yetarli emas. Strategiyani yaratish chuqur boshqaruv tahlilini talab
qiladi.
Korxonani samarali boshqarish uchun uning strategiyasini sifatli yaratish va
sifatli tatbiq etish zarur. Strategik boshqarish fanining vazifasi yaxshi tashkil etilgan
strategik boshqaruv asosida uzoq vaqt mobaynida korxonaning samarali faoliyatini
ta‟minlashdir.
“Strategik boshqarish” fani iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida turli
mulkchilikka asoslangan korxonalarning xo„jalik yuritish faoliyatini boshqarish,
ularning bozor sharoitidagi harakatini, cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan
samarali foydalanish yo„llarini o„rganadi.
Dostları ilə paylaş: