15
1-bob. KOMPANIYANING BOSH QIYMATLARINI YARATISH
1.1.
Strategiyani bajarish bo‘yicha asosiy vazifalar
Menejerlar kompaniya strategiyasini yaratganlaridan so„ng, uni amalga
oshirishlari va yaxshi natija olishlari lozim. Strategiyani hayotga tatbiq etish jamoani
jalb eta bilishni, alohida boshqaruv ko„nikmalarini va turli vazifalarni yechishni talab
qiladi. Strategiyani yaratish – bu bozorga yo„naltirilgan boshqaruv muammosi bo„lsa,
uni hayotga tatbiq etish esa asosan operatsiyalarga, faoliyatga ya‟ni insonlarni va
xo„jalik jarayonlarini boshqarishga qaratilgan. Agar muvaffaqiyatli strategiyani
yaratish vaziyatni oldindan ko„rish va tarmoqni chuqur tahlil etish, hamda
tadbirkorlikka tashabusskorlik bilan yondoshish bo„lsa, strategiyani muvaffaqiyatli
amalga oshirish - bu rahbarning insonlarni motivlashi, ularni ehtiyojlarini qondirishi,
hamda tashkilotning asosiy faoliyat turlarini va strategiyani amalga oshirishda
topshiriqlarni bajarilishini ta‟minlashdir.
Strategiyani amalga oshirish – bu asosan menejerning tashkiliy o„zgarishlarni
amalga oshirishi, xo„jalikni to„g„ri yuritishi va ishchi-xodimlarni maqsadlarni
bajarishga jalb etish jarayonidir.
Strategiyani yaratish va amalga oshirish tajribasiga va ko„nikmalariga ega
menejerlarning e‟tirof etishicha, samarali strategiyani yaratishga qaraganda uni
amalga oshirish murakkab muammo hisoblanadi. «Umuman olganda qaysi tomonga
yurish kerakligini aniqlash biz uchun qiyin vazifa emas, lekin tashkilotni shu
yo„nalishda harakatlantirish murakkab vazifa» deb ta‟kidlaydi menejerlar.
Strategiyani amalga oshirish uni yaratishga qaraganda murakkab hisoblanadi. Chunki
keng ko„lamli tadbir-choralarni amalga oshirishni, muammoning ko„p sonli yechimi
variantlarini, insonlarni boshqarish ko„nikmalarining mavjudligini, tashabusskorlikni
shakllantirishni va boshqarishni, katta muammolarni yechishni va o„zgarishlarni
amalga oshirishga nisbatan qarshiliklarni engishni nazarda tutadi. Yangi strategiyani
e‟lon qilinishi bu ijrochilar uni birdaniga qabul qilib, amalga oshirishga kirishdilar
degani emas.
16
Ikkilanuvchilar, shubhalanuvchilar, ham ko„plab topiladi. Bundan tashqari
kompaniya xodimlari strategiyani har xil talqin etishlari mumkin. Amalga
oshiriladigan o„zgarishlarning kompaniya bo„linmalariga ta‟sirini salbiy baholashlar
natijasida qarshiliklar kuchayadi. Menejerlar yangi strategiyani amalga oshirishga
kirishgan paytda, eskidan shakllangan manfaatlar, munosabatlar va tashkiliy usullar
o„z-o„zidan yo„qolmaydi. Ushbu vaziyatlarni tartibga solish, noroziliklar va
shubhalarning manbalarini bartaraf etish, manfaatdor tomonlarni kengaytirish,
muammolarni yechishga yagona yondashuvni shakllantirish uchun samarali
boshqaruv usullarini va ko„nikmalarini qo„llash talab etiladi. Tashkilotning
muvofiqlik va kelishuvchanlik darajasiga qarab, strategiyani amalga oshirish
muddatlari bir necha oydan bir necha yilgacha davom etadi.
Strategiyani amalga oshirish – bu strategiyani tashkilotning harakat dasturiga va
natijalariga aylantirishni nazarda tutadi. Ushbu jarayon strategiyani yaratish kabi
tashkilotning hamma boshqaruv kadrlarini qatnashishini talab qiladi. Har bir menejer
«Strategik rejani bizga tegishli qismini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun nima
qilish kerak?» degan savolga javob izlaydi. Strategiyani amalga oshirishni asosini
kommunikatsiya tashkil etadi. Rahbariyat tashkiliy o„zgarishlarni amalga oshirishni
juda Yuqori darajada tashkil šilishi lozim. Strategiya butun tashkilotni qamrab olishi
ideal holat hisoblanadi. Agar tashkilotning ishlab chiqarish va moliyaviy maqsadlari
amalga oshirilsa, strategiya muvaffaqiyatli amalga oshirildi deyish mumkin.
Afsuski, strategiyani amalga oshirish past darajada strukturalangan. Ushbu
sohada aniq maslahat berish ham murakkabdir, har bir menejer o„zining bilim va
tajribasiga tayanadi. Ba‟zi menejerlarda yaxshi natija bergan usullar boshqalarida
salbiy natija berishi ham mumkin. Chunki menejerlarning qobiliyat darajasi va
tashkiliy shart-sharoitlari har xildir.
Strategiyani amalga oshirish rahbariyatning boshqaruv qobiliyatiga bog„liq.
Menejerlar strategiyani amalga oshirishda boshqaruvning avtoritar, demokratik va
liberal usullaridan foydalanishi yoki boshqaruv vakolatini boshqa shaxslarga berishi
mumkin.
17
Menejerlarning strategiyani amalga oshirishiga quyidagi omillar ta‟sir qiladi: 1)
tajribani mavjudligi va faoliyatni mukammal bilish;
2) ijrochilar sohaning yangi yoki eski xodimlari bo„lishi;
3) tashkilotdagi shaxsiy munosabatlar va uning xususiyatlari;
4) diagnostika, ma‟muriy ko„nikmalar va muammolarni yechish qobiliyatining
mavjudligi;
5) vakolatlarning samarali taqsimoti;
6) rahbarlik usuli;
7) rahbarlarning tashkilotdagi roli.
Strategiyani amalga oshirish bosh menejer va katta lavozimdagi rahbarlar
zimmasida bo„lsa ham, o„rta pog„ona rahbarlari faqat faoliyatni bajarilishini tashkil
etish va nazorat qilish bilangina shug„ullanib kolmaydi, ular maqsadlarni amalga
oshirish uchun ham javobgardirlar.
Katta hajmdagi tashkilotlarda strategiyani amalga oshirish faqat o„rta va quyi
pog„ona menejerlari ishtirokida muvaffaqiyatli amalga oshirilishi mumkin. Oliy
rahbarlarning ijrochi menejerlar bilan munosabati, boshqaruv vakolatlarining to„g„ri
taqsimlanganligi, tashkiliy o„zgarishlarning amalga oshirish zaruriyatining to„g„ri
tushuntirilishi va rag„batlantirishi hamda nazorat tizimsining samaradorligi
muvaffaqiyat garovi hisoblanadi.
Kichik korxonalarda strategiyani yurituvchi to„g„ridan to„g„ri quyi pog„ona
rahbarlariga murojaat qilishi va ish hajmlarini bajarilish, muddatlarini o„zi nazorat
qilishi mumkin. «Nima qilish kerak?»ligini bilish tashkilotning faoliyatini, ishini
yaxshi bilish bilan echiladi.
Strategiyani amalga oshirishning xaqiqiy san‟ati – bu mos vazifa-larni hal etish
uchun nima talab qilinishini aniqlash qobiliyati hisoblanadi.
Korxona strategiyasini yaratish jarayoni rasmiy tahlillar va menejerlarning
fikrlash qobiliyati bilan mustahkamlansa ham, bundan tashqari strategiyani yaratish
asosida bir necha omillar yotadi. Kamdan-kam hollarda korxona strategiyasi yaxlit
yaratiladi. Odatda korxona strategiyasi asta-sekinlik bilan: ichki va tashqi hodisa,
voqealarni kuzatish kelajakni tahlil etish, tajriba o„tkazish, yangi imkoniyatlarni
18
aniqlash,
ko„zda
tutilmagan
krizis
vaziyatlarga
reaksiya,
harakatlarni
muvofiqlashtirish va strategik omillarni salmog„ini, ahamiyatini aniqlash asosida
shakllantiriladi.
Menejerlar korxona strategiyasini yaratganlaridan so„ng, uni amalga oshirishlari
va yaxshi natija olishlari lozim. Strategiyani hayotga tatbiq etish jamoani jalb eta
bilishni, alohida boshqaruv ko„nikmalarini va turli vazifalarni yechishni talab qiladi.
Strategiyani yaratish – bu bozorga yo„naltirilgan boshqaruv muammosi bo„lsa, uni
hayotga tatbiq etish esa asosan operatsiyalarga, faoliyatga ya‟ni insonlarni va xo„jalik
jarayonlarini boshqarishga qaratilgan. Agar muvaffaqiyatli strategiyani yaratish
vaziyatni oldindan ko„rish va tarmoqni chuqur tahlil etish, hamda tadbirkorlikka
tashabusskorlik bilan yondoshish bo„lsa, strategiyani muvaffaqiyatli amalga oshirish -
bu rahbarning insonlarni motivlashi, ularni ehtiyojlarini qondirishi, hamda
korxonaning asosiy faoliyat turlarini va strategiyani amalga oshirishda topshiriqlarni
bajarilishini ta‟minlashdir.
Strategiyani amalga oshirish – bu asosan menejerning tashkiliy o„zgarishlarni
amalga oshirishi, xo„jalikni to„g„ri yuritishi va ishchi-xodimlarni maqsadlarni
bajarishga jalb etish jarayonidir.
Strategiyani amalga oshirish rahbariyatning boshqaruv qobiliyatiga bog„liq.
Menejerlar strategiyani amalga oshirishda boshqaruvning avtoritar, demokratik va
liberal usullaridan foydalanishi yoki boshqaruv vakolatini boshqa shaxslarga berishi
mumkin.
Menejerlarning strategiyani amalga oshirishiga quyidagi omillar ta‟sir qiladi:
1) tajribani mavjudligi va faoliyatni mukammal bilish;
2) ijrochilar sohaning yangi yoki eski xodimlari bo„lishi;
3) korxonadagi shaxsiy munosabatlar va uning xususiyatlari;
4) diagnostika, ma‟muriy ko„nikmalar va muammolarni yechish qobiliyatining
mavjudligi;
5) vakolatlarning samarali taqsimoti;
6) rahbarlik usuli;
7) rahbarlarning korxonadagi roli.
19
Strategiyani yaratish va amalga oshirish tajribasiga va ko„nikmalariga ega
menejerlarning e‟tirof etishicha, samarali strategiyani yaratishga qaraganda uni
amalga oshirish murakkab muammo hisoblanadi. «Umuman olganda qaysi tomonga
yurish kerakligini aniqlash biz uchun qiyin vazifa emas, lekin korxonani shu
yo„nalishda harakatlantirish murakkab vazifa» deb ta‟kidlaydi menejerlar.
Strategiyani amalga oshirish uni yaratishga qaraganda murakkab hisoblanadi.
Chunki keng ko„lamli tadbir-choralarni amalga oshirishni, muammoning ko„p sonli
yechimi variantlarini, insonlarni boshqarish ko„nikmalarining mavjudligini,
tashabusskorlikni shakllantirishni va boshqarishni, katta muammolarni yechishni va
o„zgarishlarni amalga oshirishga nisbatan qarshiliklarni engishni nazarda tutadi.
Ikkilanuvchilar, shubhalanuvchilar, ham ko„plab topiladi. Bundan tashqari korxona
xodimlari strategiyani har xil talqin etishlari mumkin. Amalga oshiriladigan
o„zgarishlarning korxona bo„linmalariga ta‟sirini salbiy baholashlar natijasida
qarshiliklar kuchayadi. Menejerlar yangi strategiyani amalga oshirishga kirishgan
paytda, eskidan shakllangan manfaatlar, munosabatlar va tashkiliy usullar o„z-o„zidan
yo„qolmaydi. Ushbu vaziyatlarni tartibga solish, noroziliklar va shubhalarning
manbalarini bartaraf etish, manfaatdor tomonlarni kengaytirish, muammolarni
yechishga yagona yondashuvni shakllantirish uchun samarali boshqaruv usullarini va
ko„nikmalarini qo„llash talab etiladi. Korxonaning muvofiqlik va kelishuvchanlik
darajasiga qarab, strategiyani amalga oshirish muddatlari bir necha oydan bir necha
yilgacha davom etadi.
«Strategiyalar korxonaning kuchli taraflarini samarali sarmoyalashi, va shu bilan
uning zaif tomonlaridan chetlab o„tishi, ijobiy tashqi sharoitlardan ustun taraflarini
tanlab olish va tashqi xavflardan xoli bo„lmog„i zarur»
1
deb uylaydi yana bir mashhur
strategik boshqaruv bo„yicha zamonaviy mutaxassis Fred. R. Devid.
T.Saati va K.Kerislarning ta‟kidlashlariga ko„ra, «muammolarni yechish
tajribasi shuni ko„rsatadiki, reallik turli xajmdagi quyuq bo„yoqqa o„xshab uzluksiz,
yoyilgan va ko„p qavatli bo„lib, doimo idishda aralashtirib turiladi. Ushbu dinamik
1
Fred R.David. Strategic Management: A Competitive Advantage Approach, Concepts & Cases. Pearson. 2014. USA.
16 p.
20
turli negizdagi moddani ta‟riflash uchun xar doim turli bo„laklarning probalarini
olishga to„g„ri keladi. Ba‟zi xolatlarda, proba asosiy zonalardagi bo„yoq
konsentratsiyasidan olinishi mumkin, bunday vaqtda juda ko„p narsani bilib olish
mumkin. Ba‟zi xolatlarda esa, proba perifiriy zonadagi suyuq buyoqdan olinadi va bu
paytda aralashma to„g„risida yetarli ma‟lumotni olish juda mushkul bo„ladi»
2
.
Strategik qarorlar korxonaning ko„p yillik rivojlanishiga juda muhim ta‟sir
ko„rsatsa, strategik xatolar esa tuzatib bo„lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Menejerning qiladigan ishlari orasida korxonaning muvaffaqiyatga sezilarli ta‟sir
ko„rsatadigan uzoq muddatga mo„ljallangan strategiyasini ishlab chiqish, erishish
uchun strategiyani muvaffaqiyatli bajarish kabi masalalar kam topiladi.
Haqiqatdan ham, mukammal strategiya va uni muvaffaqiyatli amalga oshirish -
bu mukammal boshqaruvning belgisidir
3
.
Korxona maksimal quvvatga ega bo„lish uchun menejerlar mukammal ishlab
chiqarish strategiyasiga ega bo„lishi va
uni muvaffaqiyatli amalga oshirish zarurligi
korxona qanchalik kuchli o„ringa ega bo„lsa, shunchalik imkoniyatlar ko„p bo„ladi.
Qoyilmaqom strategiyani do„ndirib bajarish - bu biznesda muvaffaqiyatga
erishishning sinalgan usuligina bo„lib qolmay, balki mukammal boshqaruv uchun
ham yaxshi asos hisoblanadi.
Haqiqatdan ham yaxshi strategiya uni muvaffaqiyatli bajarish xamma vaqt ham
korxonani tanazzul va o„zgaruvchan davrlarni chetlab o„tishini ta‟minlay olmaydi.
Ayrim xollarda menejerlar xatti-harakatlari yaxshi natijalar berishi uchun vaqt talab
etiladi.
Boshqaruv mukammal tashkil etilgan korxonalarda ham ko„zda tutilmagan va
noqulay holatlar bilan to„qnashishga to„g„ri keladi. Lekin hech qachon "bizlarga vaqt
kerak" yoki salbiy holatlar tufayli ishi yurishmaganligini bahona qilish korxonani
yildan-yilga o„rtamiyona ishlayotganligini oqlay olmaydi. Shuning uchun ham
menejer zimmasiga ko„zda tutilmagan qiyin sharoitlarga qarshi tura oladigan, biznes
2
Michael A. H:II. Strategic Management: Competitiveness and Globalization – Concepts and Cases. South - Western
Collage Pub. 2014. USA. 18 p.
3
Frank Rothoemel Strategic Management: Concepts (2
nd
edition) Mc Graw-H:II Education 9 January. 2014. USA. 28 p.
21
olamidagi noqulayliklarni engish va strategik himoyani ta‟minlay oladigan
strategiyani tayyorlash uchun javobgarlik yuklanadi.
Strategiyani sifatli amalga oshirish ijrochilarning malakasiga, tashkilotning
raqobat ko„nikmalariga va ichki samaradorligiga bog„liq. Maqsadga mos keladigan
tashkilotni yaratish strategiyani amalga oshirishda birinchi darajali vazifadir.
Keltirilgan vazifaning quyidagi uch tomoni muhim ahamiyatga ega:
1.
Tayanch lavozimlarga qobiliyatli shaxslarni tanlash;
2.
Tashkilotni asosiy faoliyat yo„nalishlarida boshqaruv kadrlari, iqtisodiy
texnik bilimlar va raqobatli imkoniyatlar bilan ta‟minlash;
3.
Tashkilotning strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshishini ta‟minlaydigan
qarorlarni qabul qilish va xo„jalik ishlarini tashkil etish.
Yaxshi strategiya asosi bozorda mustahkam mavqeini egallash va ko„zda
tutilmagan sharoitlarda, kuchli raqobat va ichki muammolarga qaramay
muvaffaqiyatli ishlay oladigan korxonani tuzish bilan belgilanadi. Strategiyani
yaratish asosiy boshqaruv muammosini ko„taradi ya‟ni, kompaniyaning hozirgi va
kelajak imkoniyatlarini hisobga olib, kerakli natijalarga qanday erishish mumkinligini
ko„rsatadi.
Strategiyani amalga oshirish bu - amaliy ma‟muriy ish bo„lib, tashkil etish,
moliyaviy rejalashtirish, kerakli siyosatni yuritish, motivlarni va kompaniya
madaniyatini hamda boshqarish usullarini yaratish, qisqasi kompaniya maqsadlarini
amalga oshirishga xizmat qiluvchi hamma harakatlar majmuasidan iborat.
Strategiyani yaratish va amalga oshirish jarayoni o„zaro bog„liq beshta vazifani
yechishni o„z oldiga maqsad qilib qo„yadi:
Dostları ilə paylaş: |