Ўzbekiston respublika oliy va ўrta maxsus


 Strategiyaga mos yo‘nalishlarni belgilash



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/99
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#165735
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   99
Strategik boshqarish

1.2. Strategiyaga mos yo‘nalishlarni belgilash 
Strategiyaga mos yo„nalishni belgilash - bu asosiy boshqaruv funksiyalaridir. 
Rahbar strategiyaga mos yo„nalishni belgilashda, korxonaning uzoq muddatli 
rivojlanish yo„nalishini, samarali strategik harakatlarni yaratishga intilishi zarur 
bo„ladi. Belgilangan natijalarga erishish uchun amalga oshiriladigan strategiyalar 
korxona faoliyatiga jiddiy ta‟sir ko„rsatadi. Agar rahbar korxonani “a‟lo” darajada 
boshqarilishini istasa, u “a‟lo” strategiyani “a‟lo” darajada tatbiq etishi lozim. 
“A‟lo” darajali boshqaruv, rahbarlarning “a‟lo” darajadagi strategiyalarni 
yaratishi va hayotga tatbiq etishi bilan bog„liqligi tajribalarda isbotlangan. Ba‟zi 
rahbarlar ajoyib strategiyalarni yaratadilar, lekin, hayotga tatbiq etishda 
muvaffaqiyatsizlikka uchraydilar, boshqa rahbarlar esa o„rtacha strategiyalarni 
muvaffaqiyatli amalga oshiradilar. Ikkala holat ham muvaffaqiyatsizlikka olib keladi. 
Korxona faoliyati Yuqori darajada samarali bo„lishi uchun rahbar strategiyani sifatli 
yaratishi va uni sifatli amalga oshirish qobiliyatiga ega bo„lishi lozim. Samarali 


26 
strategiyani samarali amalga oshirish bu nafaqat biznesning muvaffaqiyati qoidasi
balki boshqaruv sifatini sinovdan o„tkazish demakdir.
Lekin “a‟lo” strategiyani muvaffaqiyatli amalga oshirish ham korxonani zaif va 
qoniqarsiz faoliyat davrlaridan kafolatlamaydi. Ba‟zan rahbarning harakatlari natija 
berishi uchun muayyan vaqt talab qilinadi. Hattoki a‟lo boshqariladigan korxonalar 
ham noqulay vaziyatlarga tushib qolishi mumkin. Ammo “bizga”vaqt etishmadi" kabi 
bahonalar yoki noqulay vaziyatlar ham bir necha yillar davomida ro„y berayotgan 
qoniqarsiz faoliyatni oqlay olmaydi.
Rahbarning vazifasi noqulay vaziyatga ijobiy ta‟sir etuvchi tezkor strategiyalarni 
qo„llab, vaziyatni nazoratga olishdir. Muvaffaqiyatli strategiyaning ma‟nosi shundan 
iboratki, noqulay vaziyatlarga, shafqatsiz raqobatga va ichki muammolarga 
qaramasdan korxona kuchli bozor mavqeini saqlab qolishi lozim. 
Korxona moliyaviy va strategik maqsadlarni alohida belgilashi lozim. Moliyaviy 
maqsadlarning mavjud emasligi, moliyaviy resurslarni Yuqori tavakkalchilik bilan 
sarflanishiga sabab bo„ladi. Natijada korxonaning o„sishi va raqobatbardoshligi 
pasayadi. 
Korxona strategik maqsadlari shuning uchun muhimki, ular korxona raqobat 
mavqeini mustahkamlaydi va biznesning rivojlanish yo„nalishini ko„rsatadi. 
Odatda, korxona strategiyasi:
-
puxta o„ylangan va maqsadga muvofiq xatti-harakatlardan;
-
vaziyatlarni kutilmagan rivojlanishi va raqobatchilar bosimi kuchayganda 
ularga qarshi chora-tadbirlardan tashkil topadi.
Yangi vaziyatlarga katta texnologik yutuqlar, raqobatchilarning bozorga yangi 
tovarlarni muvaffaqiyatli kiritishi, yangi qonunlarning paydo bo„lishi, davlat 
siyosatining o„zgarishi va iste‟molchilarni tovarning yangi xususiyatlarga 
qiziqishining ortib borishi va boshqa shu kabilar kiradi. Demak, strategiyani
rejalashtirilgan harakatlar va muhit o„zgarishlariga javob reaksiyasi majmui deb 
qarash maqsadga muvofiqdir.
Korxonaning amaldagi strategiyasi bu rejalashtirilgan va muhit o„zgarishiga 
qarshi xatti-harakatlar majmuidan iborat. 


27 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin