Tavakkalchilik tushunchasi, uni baholash va boshqarish usullari Bozor iqtisodiyoti sharoitda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun korxona boshqaruvchilari samarali boshqaruv uslublarini bilishlari, tavakkalchilik chegaralarini aniqlay olishlari, mavjud variantlardan eng maqbulini tanlay olishlari kerak. Bu esa uning ishbilarmonlik qobiliyati bilan belgilanadi va har bir boshqaruvchidan ma’lum darajada bilim va malaka talab qiladi. Hozirgi kunda qishloq xo`jaligi tarmog`ida xususiylashtirish jarayoni nihoyasiga yetkazilib, minglab xususiy tadbirkorlik subyektlari, ya’ni fermer va dehqon xo`jaliklari, shirkatlar va boshqa biznes tuzilmalari vujudga kelmoqda. Biznes va tadbirkorlik faoliyati esa muqarrar ravishda tavakkalchilik (risk) elementlari bilan bog`liq faoliyatdir.
Tadbirkorlik – foyda olish maqsadida o`z mol-mulkini tavakkalchilik asosida biznesga tikish jarayoni ekanligi tufayli, bunday faoliyat doimiy ravishda ma’lum bir xatarlar bilan bog`liq bo`ladi. Mamlakatimiz va xorijda to`plangan tajribalar tadbirkorlik faoliyatini tavakkalchiliksiz amalga oshirib bo`lmasligini ko`rsatmoqda.
Tavakkalchilik – kelgusidagi vaziyat noaniq sharoitda pirovard natija yaxshi bo`lishiga umid bog`lab, mol-mulk yoki foydadan mahrum bo`lish (to`liq yoki qisman) xavfini o`z bo`yniga olib qilinadigan tadbirkorlik faoliyatidir.
Tadbirkorlik subyekti faoliyati bilan bog`liq tavakkalchilik turlarini mohiyati va kelib сhiqish xususiyatlariga ko`ra quyidagicha turkumlash mumkin (31-сhizma):
1. Tabiiy jarayonlar bilan bog`liq tavakkalchilik;
2. Ishlab сhiqarish faoliyatiga oid tavakkalchilik;
3. Mahsulotlarni tashish va saqlash jarayoni bilan bog`liq tavakkalchilik;
4. Tijorat faoliyatiga oid tavakkalchilik;
5. Moliyaviy faoliyatga oid tavakkalchilik;
6. Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy xaraktyerdagi tavakkalchilik.
Tavakkalchilikni tug`diradigan xavf turlari xilma-xil bo`lib, ularning ba’zi birlari korxonaning o`z faoliyatini natijasida yuzaga kelsa, ikkinchi birlari unga bog`liq bo`lmagan tashqi omillar ta’sirida yuzaga keladi.
Tashqi omillarga bog`liq bo`lmagan tavakkalchilik ko`pinсha quyidagi sabablarga ko`ra vujudga kelishi mumkin:
- boshqaruv xodimlarining ishlab сhiqarish, tijorat, moliyaviy va boshqa sohalarda noto`g`ri qarorlar qabul qilishi;
- xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo`yishdagi xatoliklar;
- xodimlarning o`z xizmat vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashuvi;
- korxonani rivojlantirish strategiyasi va biznes rejasini noto`g`ri shakllantirish;
- o`zini qoplamaydigan va aniq hisob-kitoblar qilinmagan loyihalarga qo`l urish;
- daromadlar va xarajatlarni doimiy nazorat ostiga olmaslik;
- biznesdagi tashqi sheriklarni tanlashga mas’uliyatsiz yondashuv;
- buxgalteriya hisobi va hisobot shakllarini aniq yuritmaslik;
- bozor konyunkturasini, raqobat muhitini, talab va taklif nisbati, iste’molсhilar xatti-harakatini va boshqa omillarni doimiy kuzatib bormaslik.
27-jadval
Tadbirkorlik faoliyati bilan bog`liq tavakkalchilik turlari