Kt1) bo`lsagina hisoblanayotgan tavakkalchilik mezoniga mos keladi.
Korxona qancha katta kapitalga egalik qilsa, ishlab chiqarish samaradorligi, rentabellik darajasi va joriy aktivlar likvidligi yuqori bo`lsa, uning tavakkalchilikka ta’siri shuncha kam bo`ladi va tadbirkor tavakkalchilik vaziyatlarida qo`rqmasdan masalalarni hal qilishi mumkin.
Tavakkalchilikni baholash har bir tadbirkorning aql-idrokiga bog`liq. Konservativ toifadagi tadbirkorlar, odatda, yangiliklarga ko`p intilmasdan, mumkin bo`lgan har qanday tavakkalchilikdan qochishga harakat qiladilar. Boshqa toifadagi tadbirkorlar esa, agar tavakkalchilik me’yor darajasida bo`lib, uni baholash va oldini olish yoki oqibatlarini pasaytirish mumkin bo`lsa, tavakkal qilish yo`lini tanlaydilar. Ko`pchilik mutaxassislar fikriga ko`ra, tavakkalchilikka bormasdan biznesda muvaffaqiyatga erishib bo`lmaydi.
Tavakkalchilikka munosabat tadbirkor ega bo`lgan sarmoya miqdoriga ham bog`liq. Masalan, tadbirkorning sarmoyasi 100 ming so`mga teng bo`lsa, uning uchun 20000 so`mlik zarar juda katta yo`qotish bo`ladi. Agar u 10 mln. so`mlik saromoyaga ega bo`lsachi? Bu holda 20000 so`mga teng zarar bilan tavakkalchilik qilish unchalik xavf tug`dirmaydi.