Zarar miqdori Sof foyda
Jiddiy zarar tug`diradigan tavakkalchilik darajasida ko`rilgan zararlar miqdori korxonaning sof foydasidan yuqori, ammo, joriy likvidlikni ta’minlaydigan aktivlari qiymatidan oshib ketmasligi lozim.
Sof foyda < Zarar miqdori Joriy likvidli aktivlar
O`ta xavfli tavakkalchilik darajasida ko`rilgan zararlar korxonaning joriy likvidligini ta’minlaydigan aktivlari qiymatidan oshib, xususiy kapitaliga tenglashishi ham mumkin. O`ta xavfli tavakkalchilik oqibatida korxonaning bankrotlikka uchrash ehtimoli vujudga keladi.
Joriy likvidli aktivlar < Zarar miqdori Xususiy kapital
Ko`rilgan zarar miqdori korxonaning xususiy kapitalidan ortib ketganda (Zarar miqdori > Xususiy kapital) korxona to`lovga qobilligini yo`qotadi va so`zsiz bankrot deb e’lon qilinadi.
Tavakkalchilikni baholashda koeffitsiyentlardan foydalanish mumkin. Sof foydaga, joriy likvidli mablag`lar va xususiy kapitalga nisbatan tavakkalchilik koeffitsiyentlarini hisoblash mumkin:
.
bu yerda,
Ksf, Kjlm, Kxk – sof foyda, joriy likvidli mablag`lar va xususiy kapitalga nisbatan tavakkalchilik koeffitsiyentlari;
ZM – ko`rilgan zarar miqdori, so`m;
SF – korxonaning sof foydasi, so`m;
JLM – korxonaning joriy likvidli mablag`lari, so`m;
XK – korxonaning xususiy kapitali, so`m.
Tavakkalchilik koeffitsiyentlarini hisoblashda quyidagi holatlarga e’tiborni qaratish kerak. Agar sof foydaga nisbatan hisoblangan tavakkalchilik koeffitsiyent birdan ortib ketsa, ko`rilgan zarar yo`l qo`yilishi mumkin bo`lgan darajadan ortib, jiddiy zarar tug`diradigan tavakkalchilikka aylanganini bildiradi va zarar miqdorini korxonaning joriy likvidli mablag`lariga nisbatan solishtirish zarurati tug`iladi. Joriy likvidli mablag`larga nisbatan hisoblangan tavakkalchilik koeffitsiyent birdan ortib ketganda esa, tavakkalchilik darajasi korxona uchun o`ta xavfli ekanligidan darak beradi va zarar miqdorini xususiy kapital bilan solishtirish zarurati tug`iladi. Har uchala formulada ham tavakkalchilik koeffitsiyentlari birdan kichik yoki teng (
Dostları ilə paylaş: |