139
imkoniyatga qarab xaridorlarning muayyan ehtiyojlari va talablarini Yaxshiroq
qondirish. Mahsulot loyihasini ishlab chiquvchi mahsulot tushunchasiga nisbatan
o„zining muayyan fikriga ega bo„ladi, mahsulotni rejalashtiruvchi bo„lsa unga o„z
fikri-nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda yondashadi, va nihoyat xaridor uchun
mahsulot o„ziga xos mazmunga ega bo„ladi.
Mahsulot tushunchasidagi muhim farq uning iste‟molchiga qanday natural
shaklda taqdim etilishi bilan bog„liqdir: u buyum bo„ladimi yoki xizmat
ko„rinishidami. So„nggi paytlarda kombinatsiyalashgan, ya‟ni buyum va xizmatni
o„zida birlashtirgan mahsulotlar tobora rivojlanib bormoqda. Mahsulot tushunchasiga
uning iste‟molchisi (ishlab chiqarish yoki shaxsiy ehtiyoj uchun iste‟mol qilish), yoki
mahsulot tayyorlanadigan asosiy material yoki xomashyo, yoki masalan, uni iste‟mol
qilishning vaqt chegaralari, shuningdek bir qator boshqa omillari katta ta‟sir
ko„rsatishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: