Ўzbekiston respublika oliy va ўrta maxsus


 Hayotiy davrning alohida davrlarida mahsulot strategiyasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/99
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#165735
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   99
Strategik boshqarish

 
9.2. Hayotiy davrning alohida davrlarida mahsulot strategiyasi 
Korxona mahsulotni yaratadi va sotadi. Biroq korxona uning xatti-harakati 
holati o„z hayotiy davrining qaysi qismini o„tayotganligi bilan belgilanadigan alohida 


151 
davrlaridan o„tib borar ekan, mahsulot boshqaruvning barcha sohalari va vazifalarida 
ularning mutanosib tarzda takomillashtirishini talab etgan holda tasir etadi. Mahsulot 
qay bir davrni boshidan kechirayotganidan kelib chiqqan holda, maqsad va 
strategiyalar belgilanadi, mahsulotni yaratish va sotishni boshqarish shakl va usullari 
tanlanadi, boshqaruv va axborot sxemalari shakllantiriladi va hokazo. 
Mahsulot hayotiy davrining korxonaning strategik qarorlariga ta‟sirini uch 
darajasini ajratish mumkin. Birinchi daraja – korxona xatti harakati strategiyasi 
darajasidir. Mazkur vaziyatda mahsulot o„tayotgan davr korxonaning muhitda xatti-
harakati strategiyasi tanloviga ta‟sir ko„rsatadi: u diversifikatsiyaga urg„u beradi yoki 
bozorda o„z qamrovini kengaytirish yoxud aksincha, bozordagi o„z ulushini 
qisqartirish strategiyasini tanlaydi. Mahsulot korxona strategiyasini tanlanishga 
sezilarli ta‟sir etishni etirof etgan holda, mahsulotdan tashqari korxona tomonidan u 
yoki bu strategiya tanlashiga ta‟sir etuvchi boshqa bir nechta muhim omillar 
mavjudligini unutmaslik lozim. 
Strategik qarorlarning ikkinchi darajasi bevosita mahsulotningsh o„zi bilan 
bog„liq bo„lib,mahsulotni nima qilish kerak,uni ishlab chiqarish jarayoniga qanday 
o„zgarishlar kiritish lozim, mahsulot tarkibida qanday o„zgarish qilish lozimligi kabi 
masalalarni qamrab oladi. Masalan, etuklik davridagi mahsulotga nisbatan quyidagi 
strategiyalar qo„llanilishi mumkin. 
1) Mahsulot markasini ilgari surish: markani faol reklama qilish, jozibadorroq 
upakovka(qadoq)ni ishlab chiqish, qo„shimcha xizmatlarni kengaytirish, e‟tiborni 
Yangi xaridorlarni jalb qilishga emas, balki mavjudlarini mustahkam egallab olishga 
qaratish; 
2) Mahsulot xilma-xilligini kengaytirish, bezakning ko„plab turli detallarini, 
turli-tuman dizaynni, turli ranglarni qo„llash, original shakl, o„ziga xos (farqli) 
upakovkadan foydalanish, shuningdek, yordamchi butlovchi detallarning ko„p 
variantliligi; 
3) mahsulot nufuzini oshirish: uning sifatini Yaxshilash, obro„li marka va 
upakovka(qadoq)lardan foydalanish, narxni oshirish va yuqori darajada saqlab turish, 
xaridorlar yuqori narxlarda xarid qilishga tayyor bo„lgan bozorlardagi kichik 


152 
hajmdagi savdoni ommaviy bozorlardagi past va o„rtacha narxli savdoga nisbatan 
ustun saqlash;
4) mahsulotga erishish imkoniyatlarini kengaytirish: savdo tizimini kengaytirish, 
savdoning turli tizimlarini qo„llash, tovarni past narxda sotish imkonini beruvchi 
nufuzga ega bo„lmagan markalardan foydalanish, xizmat ko„rsatish tizimini 
kengaytirish, soddalashtirilgan modellarni yaratish va h.k. 
Mahsulotning hayotiy davrning alohida davrlaridan o„tish bilan bog„liq strategik 
qarorlarni uchinchi darajasi marketing strategiyalaridir. Mazkur strategiyalar 
mahsulot hayotiy davrining turli davrlarida marketing quyi tizimining qanday ishlashi 
kerakligini belgilab beradi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin