148
9-bob. MAHSULOT DINAMIKASI
9.1. Mahsulotning hayotiy davri
Mahsulot korxona faoliyatida juda muhim ahamiyatga ega. Ko„pincha mahsulot
korxonaning raqobat sharoitda yashovchanligini belgilab beruvchi hal qiluvchi rolni
o„ynaydi. Korxonaning bozorda o„z o„rnini topishi,
atrofdagilar bilan barqaror
aloqalarni ta‟minlay olishi, o„zgaruvchan muhit talablariga tezkorlik va omilkorlik
bilan moslasha olishi asosan korxonaning o„zi ishlab chiqarayotgan mahsulotga
e‟tibori, uning mahsulot strategiyasini ishlab chiqishga yondoshuvi bilan bog„liq.
Har bir mahsulot o„z hayotiy davrlarining muayyan bosqichlaridan o„tadi.
Mahsulot hayotiy davrining umumiy
xususiyatlari tahlil qilish, uning alohida davr
(faza)
larini
o„rganish, mahsulotning hayotiy davrning qaysi davridan
o„tayotganligini aniqlash va xokazolar korxona tomonidan
ishlab chiqarilayotgan
mahsulotga oid strategiyani ishlab chiqishda muhim jihatlaridan sanaladi.
Mahsulotning hayotiy davri to„rt davrdan iborat:
mahsulotning bozorga chiqarilishi;
o„sish;
etuklik davri;
bozorni tark etish.
Mahsulotning bozorga chiqishi, ya‟ni birinchi
faza uchun mahsulotning
Yangiligi, uning uchun bozor yaratilishi xosdir. Bu katta sarf-xarajatlarni talab etadi.
Mahsulot bozor tomonidan qabul qilinishi va mahsulot ishlab chiqarishning minimal
hajmini belgilab beruvchi zararsizlik nuqtasi (break-even point) ga erishish uchun
ancha sa‟y-xarakatlar talab etiladi.
Mahsulot hayotiy davrining ikkinchi davrida mahsulotning bozorda keng
tarqalishi yuz beradi. Mahsulot xaridor tomonidan qabul qilinadi, sotuv hajmi ortadi
va korxona uchun foyda olish imkoniyati vujudga keladi. Ikkinchi davrda mahsulotga
nisbatan talab keskin ortar ekan, foyda olish, bungacha qilingan xarajatlarni qoplash
bilan band korxona hech qanday muammoga duch kelmaydigandek tuyuladi.
Biroq
bu davrda raqobatchilar ham turdosh mahsulot taklifi bilan chiqishlari bilan bog„liq
muammolar vujudga keladi.
149
Shu sababli ikkinchi davrda korxonaning joriy vazifalari ko„proq xaridorlar
qiziqishini nafaqat mahsulotga, balki o„z markasi bilan
chiqarilayotgan mahsulotga
jalb etishga qaratiladi. Ikkinchi davrda xaridorlarni egallash uchun raqobat kurashi
korxonaning bozordagi ulushi uchun kurash kechadi.
Mahsulotning etuklik davri deb nomlanuvchi mahsulot hayotiy davrining
uchinchi davri mahsulot hayotining bozorni bu mahsulot bilan to„yinishi va mahsulot
sotishdan olinadigan
foydaning barqarorlashuvi, hatto pasayishiga mos keluvchi
bosqichini qamrab oladi. Bu davr uchun narxli raqobatning kuchayishi, davr so„ngiga
kelib mahsulotning daromadliligini pasayib borishiga olib keluvchi narxlarning asta-
sekin pasayishi xosdir.
To„rtinchi davr mahsulotning bozorni tark etishidan iborat. Mahsulotga bo„lgan
talab pasayib boradi. Bu uning daromadliligini sezilarli pasayishiga olib keladi.
Korxona e‟tiborini mahsulotni ishlab chiqarishdan imkon qadar manfaatli yoki eng
kam xarajatlar evaziga chiqarib olish va bozordan olib chiqib ketishga qaratadi.
Mazkur masalani hal etishda korxona e‟tiborini ikki omilga:
vaqt va pasayib
borayotgan daromadlilikka qaratishi zarur.
8.- rasmda mahsulot hayotiy davri davrlari, uni yaratish va ishlab chiqarish
xarajatlari va mahsulot sotishdan olinadigan daromadlar o„rtasidagi bog„liqlikni aks
ettiruvchi sanoat mahsuloti hayotiy davrining tipik egri chizig„i keltirilgan.
Bu sxemaga,
shuningdek, mahsulot hayotiy davrining ilk davri deb atash
mumkin bo„lgan, mahsulotni ishlab chiqish bosqichi ham kiritilgan.
Dostları ilə paylaş: