Ўзбекистон республикаси ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлиги



Yüklə 123 Kb.
səhifə2/7
tarix13.04.2023
ölçüsü123 Kb.
#97429
1   2   3   4   5   6   7
mustaqil ish

1. MUSTAQIL ISH TARKIBI


1.1. Mustaqil ish quyidagi qismlardan tashkil topishi lozim:

  • titul varag’i;

  • mundarija;

  • kirish;

  • mo’ljallangan mavzuning tahlili;

  • bo’limlar

  • xulosa (yoki mulohaza);

  • foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati;

  • ilova (agar lozim bo’lsa).

  1. Titul varaqa mustaqil ishning birinchi beti hisoblanib, qat’iy ravishda tasdiqlangan qoida bo’yicha to’ldiriladi (titul varag’ining namunasi 1 ilovada keltirilgan); titul varag’idan so’ng mundarija joylashtiriladi.

  2. Mundarija - mustaqil ishning qism, bo’lim va paragraflarining ro’yxati. Mustaqil ishning bo’lim va paragraflarining nomlarini qisqartirilgan holda yoki tasdiqlangan qoidadan boshqa ko’rinishda berish mumkin emas.

    1. Kirish qismida quyidagilar o’z aksini topishi lozim:

• o’rganilayotgan mavzuning ahamiyati;
• mavzuning dolzarbligi (agar yangi texnologiyalarga tegishli bo’lsa);

  • mavzuni o’rganishdan maksad;

1.5. Bo’limda quyidagilar o’z aksini topishi lozim:

  • o’rganilayotgan mavzuning mazmuni, uning televidenie,radioaloka va radioeshittirish tarmoqlaridagi o’rni, vazifasi, qo’llanish usullari, tuzilish tarkibi va xokazolar;

  • ushbu soha muammolarining tahlili va rivojlantirish istiqbollari;

  • televidenie, radioaloqa va radioeshittirish sohasiga nisbatan masallaning umumiy qo’yilishi va echimga talablar;

  • mavjud yechimlar sharhi, ularning ustunliklari va kamchiliklari, qo’yilgan talablarga mosligi;

  • masalani ko’yish va sohani talablarini hamda mavjud yechimlarni kamchiliklarini hisobga olgan holda mazkur ishga talablarni aniqlash;

1.6. Mustaqil ishda bajarilgan ishlarning xulosasi «Xulosa» degan bo’limda keltiriladi. Har bir xulosa asoslangan bo’lib, qo’yilgan masalani bajarilganlik darajasi hamda kelgusida rivojlantirish istiqbollari ko’rsatib o’tilishi lozim. Faqatgina jiddiy tahlil qilingan va tekshirilgan natijalar asosida xulosa chiqarish tavsiya etiladi. Xulosalar qisqa va lo’nda bo’lishi lozim.
Umuman olganda, har bir talaba ishning "Kirish" va "Xulosa" qismini o’qib chiqqandan so’ng ishning maqsadi va erishilgan natijalar bo’yicha tasavvurga ega bo’lishi lozim.
1.7. Adabiyotlar ro’yxatiga muallif foydalangan barcha manbalar kiritiladi.



Yüklə 123 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin