Zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish


Optik kabelning asosiy konstruktiv elementlari



Yüklə 0,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix29.04.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#104599
1   2   3   4
Optik kabelning asosiy konstruktiv elementlari 
Optik kabelning asosiy konstruktiv elementlari quyidagilardan iborat: 
- optik tola; 
- optik modul; 
- optik kabelning o‟zagi; 
- qattiqlovchi elementlar; 
- gidrofob materiallar; 
- bronya qatlami; 
- kabel qobig„i. 
Optik kabellarni qollanish o‟rniga hamda qo‟llanish sharoitiga qarab bir 
qancha elementlari kabel tarkibida bo‟lmasligi mumkin.
Optik tola – optik kabelning asosiyti elementi bo‟lib, u o‟z navbatida 
yonaltiruvchi uzatish muhiti vazifasin bajaradi.
Optik modul – optik kabelning (erkin ravishdagi) belgili bir konstruktiv 
elementi bo‟lib, uning ichida bir dona yoki bir necha optik tolalar joylashtiriluvi 
mumkin. U o‟z navbatida tolani himoyalovchi elementi vazifasin bajarishi bilan 
birga optik tolaning uzilish holatin bir qancha kamaytiradi, hamda himoyalangan 
holda tolaga ko‟ndalang va uzun formasiga ta‟sir qiluvchi har xil kuchlardan 
himoyalaydi va ularning bir qancha stabil ravishda ishlashin ta‟minlab beradi. 
Optik modullar quyidagi turlarden iborat: 
— nay singari; 
— profillangan ya‟niy ko‟ndalang amplitudaga ega bo‟lgan o‟zakdan iborat; 
— lentali. 
Nay simon tyrdagi optik modul ichida joylashgan optik tolalar bemalol 
ravishda o‟ramsiz holatda (6.a–rasm) yoki markaziy qattiqlovchi element atirfida 



o‟ralgan holda (6.b–rasm) yoki mahkam qattiq holdagi bufer ko‟rinishdagi qoplam 
orasida (6.v–rasm) joylashtirilishi mumkin. 
6 – rasm. Optik modul tuzilishiaa misollar: a), b) va v)–nay simon; g)–profilangan 
1–nay; 2–havo yoki gidrofob kompaund; 3–himoyalangan qoplam orasidagi optik 
tola; 4–markaziy qattiqlovchi element; 5–lenta; 6– profillangan o‟zak; v–
ko‟rinishdagi; 7–zich ravishdagi bufer qatlam 
Lentali ko‟rinishdagi optik modul ichinda joylashgan optik tolalar soni 
ikkidan bir nechasi liniya ko‟rinishida bir-biri yaqin joylashib liniya elementin 
tashkil qiladi. Liniya elementida joylashtirilgan optik tolalar butkil uzunlik 
bo‟yincha polimer material yordamida mahkamlanadi. Bunday holatda optik 
tolalarni mahkamlanishi o‟z navbatida ikkilamchi himoyalovchi qatlam vazifasin 
bajaradi (7.a–rasm) yoki u adgeziv qatlami deb nomlanadi, unday deyilishining 
sababi u polimer sintetik lentalardan tarkib topadi (7.b–rasm). 
Lenta turidagi optik modul ichida joylashtirilgan tolalar yordanida birlamchi 
blokni tashkil etish mumkin va matritsa deb yuritiladi. Bunday matritsa ichida 
belgili bir sonli ifodaga ega bo‟lgan optik tolalar polimer nay ichida yoki spiral 
ko‟rinishdagi profillangan element va bir qator o‟ralgan oraliqlar ichiga 
joylashtiriladi. 
 
7-rasm. Optik modullarning lenta simon ko‟rinishiga misollar: a) polimerli 
himoyalovchi material bilan; b) adgeziv qatlam va sintetik lentalar yordamida 
qo‟shimcha himoyalovchi qoplam bilan; 


1 3 4 
а) б) 


10 
1–himoyalovchi qoplam orasidagi optik tola; 2–polimer material; 3–adgeziv 
qatlam; 4–sintetik lenta. 
Optik kabelning o‟zagi odatda markazda joylashtirilgan bir dona optik 
moduldan yoki bir necha optik modullardan yoki bir-biri bilan bog‟lamli o‟ram turi 
ko‟rinishida o‟ralgan optik modullar bog‟lamidan iborat bo‟lib, qoida bo‟yicha ular 
markaziy qattiqlovchi element atirofida o‟ralgan bo‟ladi. Agar markaziy 
qattiqlovchi element atirofida bir dona modul o‟ralgan bo‟lsa, u bir modul 
ko‟rinishdagi optik o‟zak deb yuritilsa bir qancha modullar o‟rami bo‟lsa ko‟p 
modulli konstruktiv elementga ega bo‟lgan optik o‟zak deb yuritiladi. 
Odatda optik o‟zak optik tolali – kabel ichida joylashib ular optik tolalarni 
har xil egiluvlardan, so‟zilish bo‟yicha turli yuklamalardan va ezilishlardan iborat 
bo‟lgan mexanik mustahkamligin oshiradi. Hamda bunday mexanik ta‟sirlardan 
himoyalaydi. Markaziy qattiqlovchi element asosan uzatish parametrlarin 
himoyalaydi va kabelga tusuvchi funksional yuklama vazifasin bajaradi. 
O‟z navbatida kabel o‟zagi quyida keltirilgan qo‟shimcha elementlarni o‟z 
ichiga oladi: 
- to‟ldirgich elementlari; 
- optik tolalarga ega bo‟lmagan elementlar ya‟niy kordel to‟ldirgichlar; 
- mis simlar; 
- juftlik yoki to‟rtlik o‟ramidan iborat bo‟lgan mis simlar o‟rami. 
Odatda optik o‟zak kabel o‟zagi ichida joylashtirilgan elementlardan iborat 
bo‟lgan qatlam yordamida yoki yobishqoq mustahkam sintetik lenta yordamida 
mahkamlanadi. Optik kabel ichiga kiritilgan optik tolalar turi, ularning sig‟imligi 
va o‟zak ichida joylashgan mis simlardan iborat bo‟lgan juftlik yoki to‟rtliklar 
soni, to‟ldirgich elementlar turi singari optik kabel elementlariga ega bo‟lgan 
konstruksiyali optik tolali – kabelni qo‟llash sharoiti va qo‟llanilish o‟rniga ega 
bo‟lgan funksiyasi orqali aniqlanadi. 
Optik kabelning qattiqlovchi elementlari kabelning talab qilinadigan 
mexanik mustahkamligin va kabel ichidagi elementlarni talab qiladigan 
jarayondagi deformatsiya ma‟nosida bo‟lishin ta‟minlab beradi. Kabelning 
qattiqlovchi elementi materiallarin tanlashda quyidagi asosiy faktorlarga e‟tibor 
beriladi: YUng moduli, mexanik mustahkamlik va og‟irligining munosabati, belgili 
bir vaqt davomida parametrlarining ruxsat etiladigan temperaturada o‟zgarish 
chegarasi bo‟lishligi, korroziyaga solishtirmali chidamli bo‟lishi, qaytadan 


11 
yotqizish va montaj qilib bo‟lishligi uchun va optik kabelning ishlash sharoiti 
singari parametrlarin stabil ravishda ishlashin ta‟minlab beradi. 

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin