Zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi


Ma'lumotlar bazasidan ma'lumotlarni ko‘rsatadigan web-sayt yaratish uchun sizga kerak bo‘ladi



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə16/20
tarix05.05.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#108163
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
AT Инд.2

Ma'lumotlar bazasidan ma'lumotlarni ko‘rsatadigan web-sayt yaratish uchun sizga kerak bo‘ladi:
RDBMS ma'lumotlar bazasi dasturi (masalan: MS Access, SQL Server, MySQL), PHP yoki ASP kabi server tomonidagi skript tilidan foydalanish uchun, kerakli ma'lumotlarni olish uchun SQL-dan foydalanish, sahifani yaratish uchun HTML / CSS-dan foydalanish.
RDBMS Relational Database Management System degan ma'noni anglatadi.
RDBMS SQL uchun asosdir va MS SQL Server, IBM DB2, Oracle, MySQL va Microsoft Access kabi barcha zamonaviy ma'lumotlar bazalari tizimlari uchun.
RDBMS-dagi ma'lumotlar jadvallar deb nomlangan ma'lumotlar bazasi ob'ektlarida saqlanadi. Jadval bu tegishli ma'lumotlar kiritmalarining to‘plami va u ustun va satrlardan iborat.
II.ASOSIY QISM
2.1. MySQLda MBni loyihalash.
Ma’lumotlar bazasini loyihalashtirishning dastlabki bosqichida ma’lumotlar bazasini yaratishning maqsadini, uning asosiy funksiyalarini va unda saqlanadigan ma’lumotlarni aniqlab olish zarur. Ya’ni ma’lumotlar bazasi jadvallarining asosiy mavzuini va jadval maydonlarida saqlanadigan axborotlarni aniqlab olish zarur. Ma’lumotlar bazasi u bilan doimiy ishlovchilarning talablariga muvofiq bo‘lishi kerak. Buning uchun mavzularni, ma’lumotlar bazasi chiqarib beradigan hisobotlarni aniqlab olish, ma'lumotlarni yozishda qo‘llanayotgan formalarni tahlil qilib chiqish, yaratilavotgan ma’lumotlar bazasini unga o‘xshash yaxshi loyihalashtirilgan ma’lumotlar bazasi bilan taqqoslash lozim.
MySQLda jadval va boshqa obyektlarni hosil qilishdan oldin ma’lumotlar bazasining tuzilishini aniqlab olish zarur. Ma'lumotlar bazasining tuzilishi qancha yaxshi bo‘lsa, ma’lumotlar bazasi ham barcha talablarni qanoatlantiruvchi va samarali bo‘ladi. Loyihalashda ikki bosqich bo‘lishi mumkin:

  1. Dastlabki “kompyutersiz” bosqichlar:

  • Masalaning aniq qo‘yilishi. Ma’lumotlar bazasini qurishning maqsadini aniqlash. Masalalarni oydinlashtirish.

  • Ma’lumotlar bazasiga qanaqa ma’lumotlami kiritish.

  • Masalalar bajarilishining ketma-ketligi.

  • Ma’lumotlarni tahlil qilish. Ma’lumotlar bazasini o‘zida saqlovchi jadvalni aniqlash.

  • Ma’lumotlar bazasida ma’lumotlaming takrorlanmasligini ta’minlash.

  • Ma’lumotlarning tizimini, jadvaldagi kerakli maydonlami va ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqani aniqlash.

  • Ma’lumotlar bazasidan qanaqa ma’lumotlar talab qilinishini aniqlash.


  1. Yüklə 1,29 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin