Zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi



Yüklə 195,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix21.05.2023
ölçüsü195,25 Kb.
#118490
1   2
Zamonaviy Iqtisodiyot 1

k∆ D
∆ I
bunda, 
K - multiplikator koeffisienti, 
∆D- daromad o'sishi; 
∆I- investisiya o'sishi.
Multiplikator «iste'molga eng yuqori moyillik» bilan bog'liq, chunki u
iste'molga ketgan sarflar o'sishining daromadlar o'sishiga nisbatini bildiradi.
«Iste'molga eng yuqori moyillik» qancha yuqori bo'lsa, multiplikator ham shunchalik
katta va demakki, bandlik yaxshi bo'ladi. Keyns bir qancha hisob-kitoblarga
asoslanib, AQShning multiplikatorini aniqladi, u 2.5 ga teng ekan. Bu daromadlar
o'sishi investisiyalar ortishidan 2.5 marta ortiq, degani, ya'ni 1 dollar investisiya 2.5
dollar daromad keltiradi. Olim o'zining iqtisodiy dasturini ilgari suradi. Unga ko'ra
Keyns kapitalistik jamiyatda ishsizlik va inqirozlarning muqarrarligini tan olmaydi.
Ammo kapitalistik tizim mexanizmi bu voqealarni avtomatik ravishda hal etish
imkoniyatiga ega emas. Hozirgi davrda shaxsiy tashabbus asosida echiladigan
masalalarni markazlashgan nazorat asosida hal qilish hayotiy zaruriyatga
aylanmoqda. Bunda davlat soliq tizimi, foiz normasini qisman cheklash, ba'zi boshqa
yo'llar bilan iste'molga moyillikni oshirishga yordam berishi kerak, deydi u”
3

Hozirgi davr tili bilan aytganda, Keynsning fikricha, bozor iqtisodiyotida talab
va taklif avtomatik tarzda muvozanatga kelmaydi. O'z davrida J.B.Sey va biz
yuqorida ko'rib chiqqan boshqa olimlar bu masalada yagona fikrda bo'lib, har qanday
taklif o'z-o'zidan talabni yaratadi («Bozor qonunlari») degan edilar. Keyns «Sey
qonuni»ga qarshi chiqadi, uni to'g'ri tanqid ostiga oladi. 
Xususiy investisiyalarni rag'batlantirish uchun foiz normasini tartibga solish
taklif etiladi. Uningcha, davlat muomaladagi pul miqdorini oshirish yo'li bilan foiz
darajasini tartibga solish imkoniyatiga ega. Muomaladagi pul miqdorini oshirish
amalda inflyasiya (pulning qadrsizlanishi)ni qo'llash demakdir, ammo bunda ssuda
foizi kamayadi va pul ishlab chiqarishga qo'yish uchun rag'batlantiriladi. 
Keynsni hozirgi davrda hammaga yaxshi tanish ibora bo'lgan «aralash
iqtisodiyot»ning otasi deyish mumkin, bu iqtisodiyotda hukumat hal qiluvchi o'rinni
egallaydi. Sof iqtisodiyot deyarli hech qaysi davlatda yo'q. Keynsning iqtisodiy
g'oyalari birinchi navbatda «buyuk inqiroz» ta'siri ostida paydo bo'ldi. 1929-1933
yillardagi bu buyuk inqiroz Amerikani larzaga keltirdi, ishlab chiqarish yarmiga
(50%)ga qisqardi. 17 mln odam ishsiz edi (25%), 9 mln omonatchi kuyib qoldi. Ana
shunday sharoitda iqtisodiyotni qutqarishning muhim yo'li - hukumat harajatlari
3 Q.Yo`ldashev, Q.Muftaydinov, V.Abdurahmonov. Iqtisodiy talimotlar tarixi. T.:«Iqtisod-moliya».2006.135-bet


ekanligi ko'rsatib berildi. Keyns o'zining asosiy asarining birinchi satrlaridan
boshlaboq «klassik iqtisodiy maktabga qarshi» ekanligini yozadi (ayniqsa davlatning
iqtisodiyotga aralashuvi masalasida turli fikrlar mavjud).
Albatta to'la bandlikni ta'minlashga zarur bo'lgan markazlashgan nazorat
muassasalari tufayli davlatning an'naviy funksiyalarini ancha kengaytirishni talab
etadi. Ammo shu bilan birga, shaxsiy tashabbus va ma'suliyatni amalga oshirish
uchun keng imkoniyatlar ham doim mavjud bo'ladi, deb o'qtiradi u davlat tomonidan
iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishning samaradorligi davlat investisiyalari uchun
mablag'lar topish, aholini ish bilan to'la band qilish va foiz normasini qat'iy
belgilashga bog'liq bo'ladi.Foiz stavkalari qanchalik past bo'lsa, bu investisiyalarga
rag'batni shunchalik oshiradi, investision talab oshadi, bandlik o'sadi, ishsizlik
yo'qolib boradi.
“J.M. Keyns nazariyasida yuqori ish bilan bandlikni ta’min-lashda, milliy
daromadni ko’paytirishda investitsiyalarning roliga katta e’tibor beriladi.
Investitsiyalar muammosi asosiy muammo hisoblanadi. Investitsiyalar muammosi bu
– jamg’arma-larning investitsiyalarga aylanishi muammosidir. Agar investitsiyalar
hajmi jamg’armalar hajmidan ortiq bo’lsa, u holda yalpi talab taklifdan ortiqdir va
milliy daromad o’sish tamoyiliga ega bo’ladi. Agar investitsiyalar jamg’armalardan
kam bo’lsa, u holda yalpi talab taklifdan kamdir va daromad kamaya boradi. Va
nihoyat, agar investitsiyalar jamg’armalarga teng bo’lsa, yalpi talab taklifga teng va
milliy daromad darajasi o’zgarmay qoladi.
J.M. Keyns klassiklarning tejamkorlik, joriy iste’mol-dan o’zini tiyish iqtisodiy
o’sishning asosi degan tushunchasini inkor etadi va asosiy e’tiborni «tejamkorlik
uddaburonliksiz bo’lishi mumkin emas», «tejamkorlik uddaburonlikdan oshib keti-
shi bilanoq, u oxirgisining jonlanishiga halaqit beradi» degan qoidaga qaratdi.
Haqiqatan ham, jamg’armalarning ko’payishi in-vestitsiyalarning ko’payishidan
ustun bo’lishi bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy rivojlanish ertami-kechmi to’xtaydi:
samarali talab yalpi taklifdan orqada qoladi va ortiqcha ishlab chiqarish vujudga
keladi. J.M. Keyns bo’yicha, jamg’arma va investitsiyalar, yangi klassiklar
hisoblaganlaridek, moliya bozorida avtomatik tarzda tenglashmaydi. Jamg’armalar va
investitsiyalar dinamikasi har xil omillarga bog’liq bo’ladi. Jamg’armalar daromad
o’sishiga qarab ko’payib boradi. Investitsiyalar kapital qo’yilmalaridan kela-digan
foydaga va foiz stavkasiga bog’liq. Bu bilan J.M. Keyns bozor tizimining eng zaif
bo’g’inini ko’rsatib beradi: investor iqtisodiyotda kelajakda bo’ladigan vaziyatni
mo’ljallab qaror qabul qiladi, jamg’aruvchi qo’lga kiritilgan daromad darajasidan
kelib chiqqan holda, ya’ni iqtisodiyotning avvalgi holatiga qarab ish yuritadi”
4
.
Ishlab chiqarish omillari (kapital, mehnat, er) qanchalik to'la jalb etilsa,amalda
o'sib boruvchi boholarga ega bo'lamiz (pulning miqdoriy nazariyasi). Resurslar to'liq
foydalanilmagan paydo boholarning mo''tadilligi saqlanish mumkin. 
Keyns nazariyasi bo'yicha massasini 2 marta oshirish boholarning 2marta
oshuviga olib kelmaydi. Etakchi iqtisodchilar fikricha, «Keynscha inqilob haqiqatda
ro'y bergan». 
4 Islomov A.,Egamov E. Zamonaviy iqtisodiy ta’limotlar. Ma’ruzalar matni. -T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2009,26- 
bet


Yangi keynschilar samarali talabdan ham yuqori keskin o'sishni tushuntirishga
harakat qiladilar. Ular multiplikator prinsipini akselerasiya prinsipi bilan to'ldirdilar.
Bu prinsipga ko'ra, aniq-tiniq sharoitlarda daromadlar o'sishi investisiyalar o'sishiga
olib kelishini ko'rsatuvchi koeffisient (multiplikator tushunchasiga teskari).
Multiplikator prinsipiga ko'ra investisiyaning qanday ishlatilishi juda muhim
ahamiyatga ega emas, u ish bilan bandlikni ta'minlab, daromadni oshirishi kerak.
Yangi keynschilar esa investisiyaning qanday ishlatilishiga katta e'tibor berib,
industrlashgan investisiya tushunchasini kiritdilar. Akselerator investisiya o'sishining
daromad o'sishiga, ya'ni investisiyadan keyingi va undan oldingi daromadlarning
farqlari nisbati bilan aniqlanadi. 
Yangi prinsipning mohiyati shundaki, ba'zi bir asbob-uskuna, mashina va
mexanizmlar ishlab chiqarish uchun nisbatan uzoq vaqt talab etiladi, shu muddatni
kutish mazkur mashinalar ishlab chiqarishni kengaytirishga psixologik (ruhiy) ta'sir
etadi, bu esa real talabdan ortiq bo'ladi va investisiyaga talab ham ortadi. 
Multiplikator va akselerator g'oyalariga asoslanib iqtisodiyotning uzluksiz o'sish
sxemasi ishlab chiqildi, uning asosida davlat kapital qo'yilmalari yotadi. Davlat
byudjeti kapitalistik iqtisodiyotda tartibga solinadigan bosh mexanizm hisoblanadi. 
«Jamg'arishga moyillik» har kimda har xil bo'lgani sababli, taqsimotdagi
o'zgarishlar jamg'armaning umumiy summasiga ta'sir etadi. Demak, milliy daromadni
taqsimlash uning o'sishiga ta'sir qiladi. Undan tashqari, milliy daromadni taqsimlash
kapital jamg'arilishi funksiyasi hisoblanadi. Kapitalning jamg'arilish sur'ati foyda
normasini belgilaydi va demak, milliy daromaddagi foyda normasini aniqlaydi. Ish
haqi hissasi qoldiq miqdor sifatida qaraladi, ammo ishchilar kurashi bu nisbatga
ma'lum o'zgartirish kiritishi mumkin. Bu yo'nalish tarafdorlarining fikri real
haqiqatga ancha yaqin g'oyalar hisoblanadi. 
Postkeynschilar iqtisodiy siyosatlarda kapitalistik iqtisodiyotni tartibga solish
mexanizmini yanada takomillashtirish tarafdorlari edilar. Ko'pchilik «daromadlar
siyosati»ni oqlaydi, chunki bu yo'l bilan inflyasiyaga qarshi kurashish mumkin. 
“50-yillarning ikkinchi yarmida J.M.Keyns nazariyasi asosida yangi keynschilik
shakllandi. Uning ancha ko’zga ko’ringan vakillari amerkalik E.Xansen (1887-1975),
P.Samuelson (1915 y. tug’ilgan), E.Domar (1914), S.Xarris (1897-1974), R.Solou
(1924 y. tug’ilgan), ingliz R. Xarrod (1900-1978) lar hisoblanadi. Yangi
keynschilikning asosiy tadqiqot ob’ekti makroiqtiso-diy miqdorlarning (yalpi talab,
yalpi taklif, yalpi, jamg’arma) o’zaro ta’siri hisoblandi. Masalaga bunday yondashuv
tsiklli ishsizlik, inflyatsiya, iqtisodiy o’sish muammosini tahlil qilishga yordam
beradi. Yangi keynschilar (E.Domar, R.Xarrod) iqtisodiy o’sish nazariyasini ishlab
chiqdilar. Undagi asosiy muammo – realizatsiya muammosi hisoblanadi. Bu
nazariyaga muvofiq, iqtisodiyot dina-mik muvozanat holatda bo’ladi, agar talab
ishlab chiqarish resurs-laridan to’la foydalanish imkonini bersa. Talab bog’liq bo’lgan
milliy daromadning ko’payishi, ularning fikriga ko’ra, faqat kapital jamg’arilishi
funktsiyasi hisoblanadi, kapitalga bo’lgan talab esa, faqat milliy daromadning o’sish
sur’ati bilan aniqlanadi”
5
.
5 Islomov A.,Egamov E. Zamonaviy iqtisodiy ta’limotlar. Ma’ruzalar matni. -T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2009,32- 
bet


Yangi keynschilar multiplikator printsipini akselerator (jadallashtirish) printsipi
bilan to’ldirdilar. Multiplikator printsipi bo’yicha investitsiya ish bilan bandlikni
ta’minlab daromadni oshiradi. Akselerator printsipiga ko’ra daromadlar-ning o’sishi
konkret sharoitda investitsiyaning ko’payishiga olib kelishi ham mumkin. Buning
ma’nosi shundan iboratki, daromad-larning ko’payishi yalpi talabning oshishiga olib
keladi, yalpi talabning oshishi esa, ishlab chiqarishning kengaytirilishini taqozo etadi
va demak, yangi investitsiyalarga bo’lgan talab kelib chiqadi. Akselerator daromad
o’sishi bilan kelgusi investitsiyalar o’simi o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalaydi.

Yüklə 195,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin