Zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini



Yüklə 60,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix07.01.2024
ölçüsü60,61 Kb.
#210086
1   2   3   4   5   6
Mustaqil ish. NAMUNA (1)

Celeron rusumli
protsessor
0.25 mkm-texnologiyasi bo‘yicha yaratilgan 
"eng oddiy" kompyuterlar uchun protsessorning Celeron deb nom berilgan 
soddalashtirilgan varianti ishlab chiqarildi. Ilk Celeron protsessorlar yadrosining 
chastotasi 266 va 300 MGs (shina chastotasi - 66 MGs) bo‘lgan. Ikkilamchi kesh-
xotira qurilmasi kiritilmagan. Bu esa, o‘z navbatida, ish unumdorligida o‘z aksini 
topdi (tizim platalarida ikkilamchi kesh-xotira qurilmasi uchun slot 1 (ajratkich), 
tabiiyki, bo‘lmagan). Tizim platalarining narxi tushishi va Celeron ning o‘zi arzon 
bo‘lishi barobarida havaskorlar uchun mo‘ljallangan mashina chindan ham arzon 
bo‘lgan.
Bugungi Celeron protsessorlar, chastotasi 300 MGs li Celeron 300A 
modelidan boshlab, yadro kristalli ustida o‘rnatilgan va yadroning chastotasida 
to‘liq ishlaydigan kichik hajmli (128 Kbayt) ikkilamchi kesh-xotira qurilmasiga 
ega. Bunday protsessorlar Mendocino nomi bilan ham ataladi. Takt chastotasi 500, 


466, 433, 400, 366 va 333 MGs li Intel Celeron protsessorlarning ish unumdorligi 
keng ommalashgan zamonaviy ilovalar tez va samarali ishlashini ta’minlaydi. 
Xeon oilasiga mansub protsessorlar
Kuchli kompyuterlarda Xeon 
protsessorlari qo‘llaniladi. Ushbu protsessorlar uchun slot 2 joriy etilgan. Ushbu 
slot (yangi protsessorning interfeysi bilan birgalikda) FRC li ortiqcha tizimlarni 
ham, 1, 2, 4 va hattoki 8 protsessorli simmetrik tizimlarni ham yaratish imkonini 
beradi. Shinalarining chastotasi 100 MGs, yadrosining chastotasi esa 400 MGs va 
bundan ham yuqori, ikkilamchi keshxotira qurilmasi xuddi Pentium Pro da singari 
yadro chastotasida ishlaydi. Ikkilamchi kesh-xotira qurilmasining hajmi 512 
Kbayt, 64 Gbaytgacha keshlashtirilganida 1 yoki 3 Mbayt (36 bitli manzil 
belgilanishida jamiki manzil makoni). Xeon protsessorlari nafaqat katta quvvati, 
balki katta, xususan: 5,2 x 12,7 x 1,9 sm o‘lchamlari bilan ham ajralib turadi. 

Yüklə 60,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin