faqatgina konfidensial (maxfiy) xabarlar va hujjatlarni o‘g‘irlash yoki nusxa olishdan iborat bo‘lsa, hozirgi
paytdagi xavf esa kompyuter ma’lumotlari to’plami, elektron ma’lumotlar, elektron massivlardan ularning
egasidan ruxsat so’ramasdan foydalanishdir. Bulardan tashqari, bu harakatlardan moddiy foyda olishga intilish
ham rivojlandi. Axborotning himoyasi deb, boshqarish va ishlab chiqarish faoliyatining axborot xavfsizligini
ta’minlovchi va tashkilot axborot zahiralarining yaxlitliligi, ishonchliligi, foydalanish osonligi va maxfiyligini
ta‟minlovchi qat`iy reglamentlangan dinamik texnologik jarayonga aytiladi. Axborotni himoyalashning
maqsadlari quyidagilardan iborat: - axborotning kelishuvsiz chiqib ketishi, o‘g‘irlanishi, yo‘qotilishi,
o‘zgartirilishi, soxtalashtirilishlarning oldini olish; - shaxs, jamiyat, davlat xavfsizliligiga bo‘lganxavf –
xatarning oldini olish; - axborotni yo‘q qilish, o‘zgartirish, soxtalashtirish, nusxa ko‘chirish, to‘siqlash
bo‘yicha ruxsat etilmagan harakatlarning oldini olish; - hujjatlashtirilgan axborotning miqdori sifatida huquqiy
tartibini ta’minlovchi, axborot zahirasi va axborot tizimiga har qanday noqonuniy aralashuvlarning oldini
olish; - axborot tizimida mavjud bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlarning shaxsiy maxfiyligini va konfidensialligini
saqlovchi fuqarolarning konstitutsion huquqlarini himoyalash; - davlat sirini, qonunchilikka mos
hujjatlashtirilgan axborotning konfidensialligini saqlash; - axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni
ta‟minlovchi vositalarni yaratish, ishlab chiqish va qo‘llashda sub`ektlarning huquqlarini ta’minlash. Axborot
xavfsizligining huquqiy ta'minoti axborotni himoyalash tizimida bajarilishi shart bo‘lganqonun chiqarish
aktlar, me’yoriy-huquqiy hujjatlar, qoidalar yo‘riqnomalar, qo‘llanmalar majmui. Hozirda axborot
xavfsizligining huquqiy ta’minoti masalasi ham amaliy, ham qonunchilik jihatidan faol o‘rganib chiqilmoqda.
Kompyuter jinoyatchiliklarini qilish instrumentlari sifatida telekommunikatsiya va hisoblash texnikasi
vositalari, dasturiy ta’minot va intellektual bilim ishlatiladi. Kompyuter jinoyatchiliklarini qilish sohasi
sifatida nafaqat kompyuterlar, global va korporativ tarmoqlar (Internet), balki axborot texnologiyasining
zamonaviy, yuqori unumli vositalari hamda axborotning katta hajmi ishlanadigan, masalan, statistik va moliya
institutlari tanlanadi. Shu sababli, har qanday tashkilot faoliyatini turli-tuman axborotni olish uchun qo„lda
yoki hisoblash texnikasi vositalari yordamida ishlash, axborotni tahlil qilish natijasida qandaydir muayyan
yechimlarni olish va ularni aloqa kanallari orqali uzatishsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Kompyuterga ham
tajovuz ob`ekti, ham tajovuz qiluvchi instrument sifatida qarash mumkin. Agar axborotning o‘g‘irlanishi
moddiy va ma‟naviy boyliklarning yo‘qotilishi bilan bog‘liq bo‘lsa, bu fakt jinoyat sifatida baholanadi.
Shuningdek, agar ushbu fakt bilan milliy xavfsizlik, mualliflik manfaatlari bog‘liq bo‘lsa, jinoiy javobgarlik
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida bevosita ko‘zda tutilgan. Har qanday davlatda axborot xavfsizligining
huquqiy ta’minoti xalqaro va milliy huquqiy me’yorlarni o’z ichiga oladi.
Axborot xavfsizligini ta’minlashning huquqiy me’yorlari
Dostları ilə paylaş: