Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko‘rsatish tizimlari tahlili
Mamlakatimizda ko„rsatilayotgan bank xizmatlari ommabopligini va sifatini
yanada oshirish hamda tadbirkorlik sub‟ektlari bilan to„laqonli hamkorlik
munosabatlarini o„rnatish uchun tijorat banklarining ish uslublarini tubdan yaxshilash,
aholi va xo„jalik sub‟ektlarining bank tizimiga ishonchli institutsional hamkor sifatida
qarashlarini mustahkamlash vazifalari dolzarbligini inobatga olib, tijorat banklari
tomonidan bank hisobvaraqlarini masofadan boshqarish tizimlari (bank-mijoz, internet-
banking, mobil-banking, sms-banking va boshqalar)ni respublika miqyosida
kengaytirishni jadallashtirish maqsadida har yilda yillik maqsadli ko„rsatkichlar rejasi
ishlab chiqilib, mazkur tizim bosqichma-bosqich rivojlantirib borilmoqda.
Turli xorijiy davlatlar tajribasi to„lov tizimlarining rivojlanishi birinchi navbatda
to„lov vositalari va xizmatlarini kengaytirish natijasida bank operatsion xarajatlarini
kamaytirish va xizmatlar samaradorligini oshirishga olib kelishini ko„rsatmoqda.
Shuning bilan birga, bank hisobvaraqlarini masofadan boshqarish tizimlari orqali onlayn
to„lovlarni keng qo„llanilishi to„lovlarni amalga oshirish bilan bog„liq bank
xizmatlarining shaffofligini va samaradorligini oshirilishiga xizmat qiladi.
Shuningdek, banklar va bank mijozlari uchun qulay bo„lgan masofaviy bank
texnologiyalari, ya‟ni internet banking, sms-banking va mobayl banking kabi zamonaviy
texnologiyalar keng joriy qilinmoqda. Mijozlarga zamonaviy texnologiyalar asosida
yangi xizmatlar ko„rsatish natijasida bank mijozlarining soni va banklarga bo„lgan
ishonchi ortib bormoqda.
Zamonaviy to„lov texnologiyalari va masofaviy bank xizmatlarini rivojlanishi
bilan birgalikda masofaviy bank xizmatlari tizimlari rivojlanib bormokda. Hozirgi kunda
mobil telefonlar orqali to„lovlarni amalga oshirish tizimlaridan keng foydalanilmoqda.
Ushbu tizimlar orqali, asosan, mobil operatorlar, internet provayderlar xizmatlari uchun
to„lovlar, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to„lovlar hamda turli kommunal
14
to„lovlari amalga oshiriladi.
Alohida qayd etish joizki, respublikamizda 2018 yilning 1 iyul holatiga bank
hisobvaraqlarini masofadan boshqarish tizimlaridan foydalanuvchilar jami soni 6 687
547 ta
15
bo„lib, shundan bank hisobvaraqlarini masofadan boshqarish tizimlaridan foydalanuvchi
yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar soni 304 055 tani tashkil etgan bo„lsa,
bank plastik kartalari va bank depozit hisobvaraqlari bo„yicha bank hisobvaraqlarini
masofadan boshqarish tizimlaridan foydalanuvchi jismoniy shaxslar soni esa 6 383 492
tani tashkil etadi.
Bu esa, 2018 yil 1 yanvar holatiga (4 453 240 taga) nisbatan bank hisobvaraqlarini
masofadan boshqarish tizimlaridan foydalanuvchilar jami soni 1,5 barobarga, mos
ravishda yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar soni (227 879 taga nisbatan)
1,3 barobarga hamda jismoniy shaxslar soni(4 225 361 taga nisbatan) 1,5 baravarga
oshganligidan dalolat beradi.
Hozirgi kunda barcha tijorat banklari tomonidan raqamli banking texnologiyalarini,
jumladan, mobil-banking xizmatlarini real vaqt rejimida ko„rsatish tizimlarini yanada
rivojlantirish, bank plastik kartalarini to„liq qamrab olish maqsadida barcha banklar (Eron
“Soderot” bankidan tashqari) tomonidan jismoniy shaxslar uchun mobil-ilova to„lov
dasturlari yaratilib va joriy qilingan.
16
Shu bilan birga, mobil-ilova to„lov dasturlari imkoniyatlarini yanada kengaytirish
maqsadida banklardagi xisobvaraqlarini boshqarish, bank plastik karta hisobvarag„idan
bank plastik karta hisobvarag„iga, depozit hisobvarag„idan - depozit hisobvarag„iga
to„lovlarni amalga oshirish, onlayn kreditlar berish (kreditlarni so„ndirish) va to„lovlarni
amalga oshirish, onlayn jamg„armalar ochish, onlayn konversiya amallari, savdo va
xizmat ko„rsatish shahobchalariga onlayn to„lovlarni amalga oshirish imkoniyatini
beruvchi mexanizmlar deyarli barcha banklar tomonidan joriy etildi. Ushbu
mexnizmlarning yagona platformada joriy qilinishi, bank mijozlari – jismoniy
shaxslarga bankdagi o„z hisobvaraqlarini har kuni 24/7 tamoyili asosida boshqarish
hamda pul mablag„larini tasarruf etish imkoniyatini yaratadi.
Naqd pulsiz hisob-kitoblarni rivojlantirish borasida 2018 yilda banklar tomonidan
mobil- ilova to„lov dasturlari yordamida QR code va NFC kabi zamonaviy texnologiyalar
asosida kontaksiz to„lovlarni amalga oshirishva qabul qilish imkoniyatini yaratish ko„zda
tutilgan. Ushbu imkoniyatlardan bozorlarda, sayyor yarmarka va ayniqsa, transportda
foydalanilishi aholi uchun qulay hisoblanadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, respublika to„lov tizimini yanada rivojlantirish
borasida Markaziy bank tomonidan doimiy ravishda zarur islohotlar olib borilmoqda.
Xulosa o„rnida qayd etish joizki, mamlakatimiz iqtisodiyotini oziqlantirib turadigan qon
tomirlari hisoblangan bank tizimining to„lov tizimlarini yanada isloh qilish va
rivojlantirish yuzasidan olib borilayotgan ishlar barcha iqtisodiy tarmoqlar taraqqiyotini
yanada mustahkamlashga o„zining ijobiy ta‟sirini ko„rsatadi.
Dostları ilə paylaş: |