1
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH
VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI QARSHI FILIALI
KI FAKULTETI
ATS - 11 – 20 - GURUH TALABASINING
ELEKTIRON TOLOV TIZIMARI
FANIDAN
1-Mustaqil ish
Bajardi: Beknazarov Firdavs
Qabul qildi:
To’ryev M
2
Mavzu: O'zbekiston Respublikasida banklararo elektron to'lov
tizimlari
Reja:
1. O'zbekiston Respublikasida banklararo elektron to'lov tizimlari
2. Markaziy bankning hisob-kitoblar Kliring tizimi tahlili
Ma‟lumki, respublikada amalda bo„lgan Markaziy bankning banklararo to„lov
tizimi bank mijozlarining asosan “yirik” to„lovlarini yalpi (har bir to„lovlar bo„yicha
alohida) hisob-kitoblar asosida qayta ishlash, shuningdek, Kliring tizimi orqali “chakana”
to„lovlarni tizim a‟zolarining har bir moliyaviy operatsiyalari bo„yicha ma‟lum bir davr
mobaynidagi yig„ilgan talablari va majburiyatlarining sof pozitsiyasini aniqlagan holda
amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.
O„tgan davrda Markaziy bankning banklararo elektron to„lov tizimini
takomillashtirish, tizim a‟zolari va foydalanuvchilari uchun ilg„or texnologiyalar asosida
xizmat ko„rsatish borasida ham muayyan ishlar amalga oshirildi. Jumladan, Respublika
Markaziy banki tomonidan 2018 yildan boshlab yangi tahrirdagi “Yagona vakillik
hisobvaraqlar hisob-kitob markazi” dasturiy majmuasi amaliyotga joriy qilingan bo„lib,
dasturiy majmuada to„lov hujjatlarini real vaqt rejimida ham, «seans»lar asosida fayl
rejimida ham ishlov berish mexanizmi ishga tushirildi.
Markaziy bankning banklararo to„lov tizimi orqali elektron to„lov hujjatlarining
o„tish jarayoni quyidagi sxemada bayon etilgan:
Mamlakatimiz bank tizimi, jumladan, elektron to„lovlar tizimini takomillashtirish
borasida olib borilayotgan ishlar natijasi samarali bo„ldi. Tahlillar shuni ko„rsatmoqdaki,
Markaziy bankning banklararo to„lov tizimi orqali 2017 yilning birinchi yarmida 37,6
mln. ta yoki 318,7 trln. so„mlik banklararo to„lov hujjatlari amalga oshirilgan bo„lsa,
3
joriy yilning birinchi yarmida esa bu ko„rsatkich 36,3 mln. tani yoki 385,3 trln. so„mni
tashkil etmoqda. Solishtirilayotgan davrda Markaziy bankning banklararo to„lov tizimi
orqali o„tgan to„lov hujjatlari soni 3,5 foizga kamayganligini, to„lov hujjatlari summasi
esa 20,8 foizga oshganligini qayd etish joizdir.
4
Banklararo to„lov tizimi orqali 2018 yilning birinchi yarmida amalga oshirilgan
to„lov hujjatlarining kamayishi asosan iqtisodiyotni liberallashtirish hamda bank
xizmatlari ommabopligini oshirish maqsadida olib borilgan iqtisodiy siyosat hisoblanib,
asosan yirik bo„lmagan to„lovlar (jismoniy shaxslarning soliq va boshqa majburiy
to„lovlari, kommunal to„lovlar, g„aznachilik to„lovlari) Markaziy bankning hisob-
kitoblar kliring tizimi (MUNIS) orqali amalga oshirilganligi bilan izohlash mumkin.
Agar 2018 yilning o„tgan davri mobaynida Markaziy bankning banklararo to„lov
tizimi orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalarni oylar kesimida tahlil qiladigan bo„lsak,
o„rtacha oylik tranzaksiyalar soni 6,05 mln. tani, ularning summasi esa 64,2 trln. so„mni
tashkil etishini kuzatishimiz mumkin.
Markaziy bankning banklararo to„lov tizimi orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalar
5
sonini hududlar qirqimida tahlil qilsak, poytaxtimiz Toshkent shahrida amalga oshirilgan
tranzaksiyalar soni jami amalga oshirilgan tranzaksiyalar sonining 29,1 foizini (10,6
mln. ta),
Toshkent viloyatida 12,3 foizini (4,5 mln. ta), Farg„ona viloyatida 6,9 foizini (2,5 mln.
ta) tashkil etgan bo„lsa, Sirdaryo viloyatida esa atigi 2,8 foizini (1,0 mln. ta) tashkil
etgan:
Bank depozitorlarining milliy axborot bazasi (BDMAB)ning tashkil etilishi
banklarga o„z mijozlarining hisobvaraqlari to„g„risida zaruriy ma‟lumotlarni zudlik
bilan olish, mijozlarga xizmat ko„rsatish sifatini oshirish, soliq idoralarini byudjet va
byudjetdan tashqari jamg„armalar bilan hisob-kitoblarni nazorat qilishlari uchun to„liq
ma‟lumotlar bilan ta‟minlash kabi imkoniyatlarni yaratadi.
BDMAB faoliyati to„liq avtomatlashtirilganligi munosabati bilan banklardan
olinadigan so„rovnomalar inson omilisiz avtomatlashtirilgan tarzda qisqa vaqt mobaynida
qayta ishlanishi ta‟minlandi. Bu esa BDMABda qayd etilgan aktiv mijozlar va ularga
ochilgan hisobvaraqlarni tahlilidan kelib chiqib, ularning miqdori yildan-yilga ortib
borayotganliginidan dalolat beradi.
6
BDMABda ro„yxatga olingan aktiv mijozlar soni 2017 yil 1 yanvar holatiga 1 638
673 tani tashkil etgan bo„lsa, bu ko„rsatkich 2018 yilning 1 yanvar holatiga kelib, 7,1
foizga ortib 1 755 492 taga yetdi. Ushbu mijozlarga ochilgan hisobvaraqlar soni esa 2017
yil 1 yanvar holatiga 5 809 172 tani tashkil etgan bo„lsa, bu
ko„rsatkich 2018 yilning 1 yanvariga kelib, qariyb 11,4 foizga ortib 6 469 921 taga
yetgan. Shuningdek, tahlil qilinayotgan joriy yilning birinchi yarim yilligida aktiv
mijozlar soni joriy yil boshiga nisbatan 4 foizga ortib 1 825 976 taga yetganligini hamda
ularga ochilgan hisobvaraqlar soni esa 7 foizga ortib 6 924 141 taga yetganligini
ko„rishimiz mumkin. Bundan, respublikamizda faoliyat yuritayotgan aktiv xo„jalik
yurituvchi sub‟ektlarning soni va ularning banklarda ochilgan hisobvaraqlar soni sezilarli
darajada ortib borayotganligidan dalolat beradi.
Dostları ilə paylaş: |