Ўзбекистон республикаси давлат солиќ ЌЎмитаси солиќ академияси (2)
4.Mahsulotlarni sotish bo’yicha shartnoma majburiyatlari-ning bajarilishini tahlili Istiqlol islohotlari tufayli boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik usullari o’rnini egallagan Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida shartnoma barcha mulk shaklidagi korxona, muassasi va tashkilotlar, shuningdek, tadbirkorlar o’rtasida iqtisodiy munosabatlarni o’rnatuvchi asosiy huquqiy hujjatga aylandi. Yaqin o’tmishda rejali iqtisodiyot davrida ham shartnomalar tizimidan foydalanilgan. Ammo, yakka mulkchilik, ya’ni davlat mulkchiligining tanho huquqi xukmronlik qilgan zamonda shartnomalar reja va topshiriqlarni bajarish uchun qo’llaniladigan bir vosita hisoblangan xolos. Qolaversa, ilgarilari shartnomaga uni tuzgan tomonlarning istak va manfaatlarini ifoda etuvchi to’la huquqli yuridik hujjat deb ham qaralmasdi. Ularni qo’llanilishi cheklangan bo’lib, hattoki, fuqarolarning o’zaro bitim tuzishi qonun yo’li bilan jazolanadigan ayb-chayqovchilik sifatida, qoralanar edi. Shu ma’noda, shartnomaning huquqiy maqomini tamomila o’zgartirish va umuman, shartnoma tuzish madaniyatini yuksaltirish borasida mamlakatimizda jiddiy ishlar amalga oshirilayotgani e’tiborga loyiqdir. Endilikda, shartnoma rejali ishlab chiqarish va taqsimlash omillariga asoslanmaydi. Bil’aks, bozor qonuniyatlari talabiga binoan, shartnomaviy munosabatlar tovar-pul, ya’ni teng to’lovlar tarzida amalga oshrilib, shartnoma ularga huquqiy shakl o’rnida xizmat qila boshladi. Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Fuqarolik kodeksi, xo’jalik ishlarini yuritish qonunlari majmuasi, mulkchilik, tadbirkorlik, korxonalar to’g’risidagi qonunlar, boshqa me’yoriy hujjatlar shartnoma munosabatlarlarini tartibga solib turuvchi huquqiy manbalar hisoblanadi.
Shartnoma ijrosi bugungi kunda eng dolzarb muammolardan biridir. Shartnoma bajarilmasligi korxonaga iqtisodiy zarar keltiribgina qolmay, uning istiqbolini xavf ostiga qo’yadi, har ikki tomondagi korxonalar ishchilarining maosh ololmasligiga sabab bo’ladi.
Xo’jalik shartnomalarining malakali va puxta tuzilishi tomonlar majburiyatlarni noto’g’ri talqin etishlariga, sheriklardan biri shartnomaga noinsof munosabatda bo’lganida yoki uni beixtiyor buzib qo’yganida bu holat boshqa tomonga zarar keltirishiga imkon bermaydi. Korxona rahabarlari va tadbirkorlarning barchasida ham o’z faoliyatining moliyaviy natijalari bilan bog’liq ma’suliyat hissi shakllangan, deb bo’lmaydi. Huquq idoralari o’tkazgan tekshirishlarda ayrim korxona va tashkilotlar rahbarlari tomonidan shartnomalarni tuzish va ijro etishda qonunchilikka rioya etmaslik holatlari ko’plab aniqlangan. Aksariyat rahbarlarda hozirgacha mulkdorlik tuyg’usi shakllanib ulgurmagan. Ba’zi rahbarlarda o’z xo’jaligining moddiy-moliyaviy natijalariga e’tiborsizlik kayfiyati qonun va sudlarga nisbatan nopisandlik bilan qarash holatida namoyon bo’lmoqda.
Sotish rejasining bajarilishi umumiy hajmda bajarilishidan so’ng shartnoma majburiyatlarini hisobga olgan holda sotish rejasini bajarilishini aniqlash lozim. Bu ko’rsatkich orqali korxonaning shartnomaviy majburiyatlarga bo’lgan munosabatlariga va faoliyatiga baho beriladi.