Ўзбекистон республикаси давлат солиќ ЌЎмитаси солиќ академияси


Mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan moliyaviy natija va uning o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillar tahlili



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə69/99
tarix03.10.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#151909
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   99
Ўзбекистон республикаси давлат солиќ ЌЎмитаси солиќ академияси (2)

4. Mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan moliyaviy natija va uning o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillar tahlili

Moliyaviy natijalarning asosiy qismi mahsulot ish va xizmatlarni sotishdan shakllanlanganligi sababli tahlilda asosiy e’tibor ushbu qatorning rejaga va o’tgan yillarga nisbatan o’zagrishi va omilli ta’siriga qaratiladi.


Mahsulot ish va xizmatlarni sotishdan olingan moliyaviy natija mahsulot ish va xizmatlarni sotishdan olingan sof tushumdan shu mahsulot ish va xizmatlarning ishlab chiqarish tannarxini chegirish asosida aniqlanadi. Savdo tashkilotlarida moliyaviy natijalarni aniqlashda tovarlarni sotishdan olingan sof tushumdan shu mahsulotlarni sotib olish qiymatini chegirish asosidap aniqlanadi.
Tahlilda sotishning uchta qatori xarakterlanadi.

  1. Mahsulot ish va xizmatlarni sotishdan moliyaviy natija.

  2. Asosiy vositalarni hisobdan chiqarish va sotishdan natija.

  3. Boshqa aktivlarni sotishdan olingan natija.

Ularni buxgalteriya hisobida a’loxida hisob ob’ekti yoki daromadlarning yuzaga chiqish shakli yoki o’rni sifatida tarkiblanishi belgilangan. Bunda asosiy vositalarning hisobdan chiqarilishi va sotilishi, boshqa aktivlarni sotishdan olingan natijalar asosiy ishlab chiqarishning boshqa jarag’nlari sifatida qaraladi. Ularni moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda operatsion daromadlar va xarajatlar qatori ko’rsatilishi tartiblangan.
Mahsulot ish va xizmatlarni sotishdan olingan foyda yoki zarar o’zgarishida omilli tahlilga alohida ahamiyat beriladi.
Mahsulot sotishdan olingan foyda o’zgarishiga quyidagi omillar ta’sir etishi mumkin.

  • Korxonaning o’ziga bog’liq omillar yoki ichki omillar.

  • Korxonaning o’ziga bog’liq bo’lmagan yoki tashqi omillar.

Korxonaning o’ziga bog’lik bo’lgan omillarga mahsulotlarning ishlab chiqarish tannarxi, hajmi, assortiment va struktura omillari kiritiladi. Uning o’ziga bog’liq bo’lmagan yoki tashqi omillarga davlatning soliq siyosatining o’zgarishi, baho omili va boshqa omillar kiradi.
Umumiy jihatdan olganda faqat korxonaning o’ziga tegishli va tegishli bo’lmagan ta’sir omillarini tartiblash qiyin. Ularni faqat nisbiy jihatdan qarash mumkin.
Mahsulot ishlab chiqarish hajmining kritik darajasi ham odatda ushbu qator bo’yicha o’rganiladi. Mahsulot ishlab chiqarishning kritik hajm darajasi deganda korxonaning foyda yoki zarar olmasdan mahsulot ish va xizmatlar hajmini belgilash darajasi olinadi. Kritik hajm darajasida mahsulot ish va xizmatlarni sotishdan olingan tushum faqat shu mahsulot ish va xizmatlarga ketgan o’zgaruvchan va doimiy o’zgarmas xarajatlarni qoplashga yetishi kuzatiladi.
Kritik hajm darajasini quyidagi formula shaklida ifoda etish mumkin. Bunda bevosita mahsulotning qiymat ifodasidan yoki sotish bahosidan kelib chiqiladi. Mahsulotning qiymat ifodasini esa quyidagicha belgilash mumkin.
Mahsulot qiymati = O’zgaruvchan xarajat + O’zgarmas xarajatlar + foyda.
Bundan kritik hajm darajasiga yuqorida berilgan ta’rifdan kelib chiqqan holda quyidagi bog’lanishni berish mumkin.
Kritik hajm daraja
sida mahsulot hajmi = O’zgaruvchan xarajatlar + o’zgarmas xarajatlar + 0
Bu bevosita qiymatni iqtisodiy kategoriya sifatida belgilashdagi ifodalashning o’zidan iboratdir. Ya’ni
Mahsulot
hajmi = Doimiy kapital + O’zgaruvchi kapital +Foyda
Kritik hajm darajasida mahsulot ishlab chiqarishning o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin.
-Mahsulot birligiga to’g’ri keladigan o’zgaruvchan xarajatlarning o’zgarishi
-Mahsulot birligining bahosi
-Mahsulotlar miqdor o’zgarishlari
-O’zgarmas xarajtalar o’zgarishi va h.k.
Mahsulot ishlab chiqarishning kritik hajm darajasini quyidagi misol asosida aniqlash mumkin.



Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin