3.3. Jahon hamjamiyati sari qo’yilgan ilk qadamlar
“O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobida mamlakatimizda
istiqlolga erishish, xalqimizning qonuniy manfaatlari va erkinliklarini ta’minlash
borasidagi ichki siyosatga dahldor eng ustuvor masalalar Vatanimizning jahon
hamjamiyatida munosib o’rin egallashi, tenglar ichida tenglar bo’lishini
ta’minlashdek tashqi siyosatga oid ulug’vor vazifa bilan birgalikda olib borilganini
ko’ramiz. Bu, o’z navbatida, Yurtboshimiz Islom Karimovning zamonaviy
O’zbekiston davlatchiligini tiklash va rivojlantirishning barcha masalalarining
kontseptsiyasini kompleks tarzda ishlab chiqqani va bir butun holda, o’zaro uzviy
bog’liqlikda amalga oshirgani, uning naqadar uzoqni ko’zlab ish tutadigan
siyosatchi ekanini yana bir bor tasdiqlaydi. Ya’ni davlat, mamlakat yaxlit bo’lgani,
uning o’z oldiga qo’ygan umumiy strategiyaga – ana shu davlatning milliy
manfaatlarini himoya qilish va mustahkamlash strategiyasiga buysundiriladi.
“O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobidan o’rin olgan barcha
chiqishlar, noyob hujjatlar misolida bu haqiqatga to’la ishonch hosil qilishimiz
mumkin.
1
Ислом Каримов. Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. –Т.: “Ўзбекистон” НМИУ, 2011. 223-бет.
80
Haqiqatan ham, Islom Karimov O’zbekiston rahbari sifatida ish boshlagan
birinchi kunlardanoq, qanchalik og’ir va murakkab bo’lmasin, ichki va tashqi
siyosat masalalarini bir nuqtadan – faqat va faqat respublikamiz manfaatlaridan
turib hal etish bo’yicha keng ko’lamli faoliyat olib bordi. Masalan, o’sha paytda
xalqimizga nisbatan adolatsizlik avjiga chiqqan, Markazdan kelgan Gdlyan va
Ivanov boshchiligidagi tergovchilar guruhi qanchadan-qancha begunoh odamlarni
“poraxo’rlik”, “qo’shib yozish”, “ko’zbo’yamachilik” degan, kurakda turmaydigan
soxta gaplar bilan ayblab, qonunbuzarlikni avj oldirib yuborgan edi. Bu ham
etmaganidek, Markazdagi katta-katta sovet matbuot nashrlari xalqimizga nisbatan
tinimsiz tuhmat va malomatlar bo’ronini yog’dirar edi. Bu, o’z navbatida, sobiq
Ittifoqda, jahon jamoatchiligida O’zbekiston haqida, uning xalqi haqida noto’g’ri
fikr va qarashlarni shakllantirar edi. Buni o’z vaqtida chuqur tushungan Islom
Karimov avvalo respublikamizda Gdlyan va Ivanov faoliyatiga chek qo’yish,
minglab odamlarga nisbatan adolatni, ularning qonuniy haq-huquqlarini tiklash,
o’zlarini, oilasini tuhmatlardan xalos qilish bo’yicha ulkan amaliy ishlarni
boshlagan bo’lsa, ayni vaqtda sovetlarning eng nufuzli minbarlaridan turib
xalqimizning pok nomini, sha’nu sharafini dadil himoya qilishga kirishdi. Bunday
jasoratli harakatlar hali mustabid mafkura mafkura to’la hukmron bo’lib turgan
o’sha tahlikali yillardayoq o’zbek xalqi, O’zbekiston haqidagi tasavvurlarning
jahon ahli o’rtasida ijobiy tomonga o’zgarishiga sabab bo’ldi. Shu bilan birga,
bunday qat’iy harakatlar O’zbekistonni dunyoga asl qiyofasi bilan tanitish
yo’lidagi shu paytga qadar hech kim qilmagan, jur’at ham etolmagan tarixiy
qadamlar edi.
Yurtboshimizning Rossiyaning “Izvestiya”, “Komsomolskaya pravda”,
“Rabochaya tribuna”, germaniyaning “Di Tsayt”, Hindistonning “Tayms of India”
singari jahondagi nufuzli nashrlarga bergan intervyulari, respublika va Ittifoq
miqyosidagi katta yig’ilishlardagi chiqishlarda, ayniqsa, O’zbekiston Oliy
kengashining 1992 yil 4 yanvardagi navbatdan tashqari to’qqizinchi sessiyasida
so’zlagan ma’ruzasida yurtimizning ichki hayotidagi o’zgarishlar, real vaziyat
81
mustaqil tashqi siyosat yuritishni taqozo etayotganini asoslab beradi. Uning
fikricha mustaqil tashqi siyosat- mustaqil milliy davlatchilikning eng muhim
ustuvor atributi va shartidir. Shuni aytish kerakki, O’zbekistonning ichki siyosati
qanchalik chuqur o’ylangan bo’lsa, uning tashqi siyosati ham aynan ana shu
tamoyillarga asoslangan holda ishlab chiqilgani va amalga oshirilgani mazkur
kitob sahifalarida atroflicha yoritib berilgan.
Islom Karimov ichki siyosatda qanchalik buyuk jasorat, azmu shijoat va
yuksak tafakkur bilan faoliyat olib borgan bo’lsa, bularning barchasi uning tashqi
siyosat borasidagi faoliyatida ham yaqqol namoyon bo’ladi. Ta’bir joiz bo’lsa,
respublikamiz rahbarining siyosatning hal qiluvchi ana shu ikki jabhasidagi
faoliyatini bamisoli goh o’nga, goh chapga sherdek tashlanib, o’z ortidan
kelayotgan el-ulusga yo’l ochib berayotgan buyuk bahodirlarning mardona
harakatlariga qiyoslash mumkin.Hozirgi tinch zamonda davlat rahbarlarining ichki
va tashqi siyosat borasidagi faoliyat masalalari bir necha oy, ba’zan hatto undan
ham ziyod vaqt oldin rejalashtirilib, har bir tadbirga avvaldan puxta tayyorgarlik
ko’rib boriladi. Lekin 1989-1991 yillarda vaziyat shu qadar po’rtanadek
hammayoqni titratib shiddat bilan o’zgarib turar ediki, ba’zan ham ichki, ham
tashqi siyosatga oid dolzarb masalalarni bir vaqt, bir lahzaning o’zida hal qilishga
to’g’ri kelar edi.
Masalan, 1991 yil 19 avgustda Islom Karimov tashqi siyosat masalalari bilan
Hindistonda rasmiy tashrifda bo’lgan paytda. Sobiq ittifoqda GPChP voqeasi sodir
bo’ladi. Zudlik bilan O’zbekistonga qaytib, ichki siyosatda yuzaga kelgan o’tkir
masalalarni- odamlarni GKChP qarorlari noto’g’ri ekaniga ishontirish, ularni
behuda engil-elpi da’vatlarga uchmaslikka chaqirish, eng muhimi, yurtimizda
tinchilik va barqarorlikni saqlab qolish, to’g’ri yo’ldan chalg’ituvchi har xil
ekstremistik harakatlarga yo’l qo’ymaslik lozim edi. Shuning uchun Islom
Karimov aeroportdan to’g’ri hukumat uyiga keladi va ichki siyosatning eng muhim
masalalarini hal etishga kirishadi. Davlat boshqaruvida bunday murakkab
masalalarni tezkorlik bilan, oqilona va qat’iy hal etishga hamma siyosatchilar ham
82
qodir bo’lmaydi. Buning uchun kuchli iroda, ulkan aql-idrok va keng tafakkur o’z
kuchiga ishonch kerak bo’ladi. O’zbekistonga qo’shni ba’zi mamlakatlarda
rahbarlarning irodasi sustligi, uzoqni ko’zlab siyosat olib borolmasligi tufayli
qanday ayanchli voqealar yuz berganini ko’rdik. Ular vaziyat ozgina keskinlasha
boshlashi bilan muammoni hal qilish o’rniga o’z vazifasini tashlab, xalq va davlat
oldidagi mas’uliyatini unutib, chetga qochib ketishgani matbuot xabarlaridan
yaxshi ma’lum.
XX asrning 90-yillariga kelib sotsialistik mamlakatlarda inson huquqlarini
himoya qilish va ozodlikka intilishning yangi bosqichi boshlandi. Sharqiy Evropa
mamlakatlarida qariyb yarim asr hukm surgan totalitar davlat tuzumi inqirozga yuz
tutib, demokratik tartibotlar qaror topa boshladi. Yugoslaviya Sotsialistik Federativ
Respublikasi parchalanib, uning o’rnida bir necha mustaqil respublika,
Chexoslovakiya Sotsialistik Respublikasi ikkiga bo’linib, Chexiya va Slovakiya
suveren davlatlari vujudga keldi. Germaniya Federativ Respublikasi va Germaniya
Demokratik Respublikasi birlashib, nemislar yashaydigan ulkan hududda yagona
davlat paydo bo’ldi. Ayni chog’da sobiq SSSR parchalanib, uning o’rnida mustaqil
taraqqiyot yo’lini tanlagan 15 mamlakat tashkil topdi.
Boshqacha qilib aytganda, bu davrga kelib ko’pgina mamlakatlarda
mustaqillikka erishish masalasi dunyoni keng qamrab olgan tarixiy jarayonga
aylandi. O’zbekistonning mustaqillikka erishishi ana shu olamshumul jarayonda
yuz berdi. “Xalqlarning ozodlik, mustaqillik, baxt-saodatga azaliy intilishi, o’z
taqdirini o’zi belgilashga azmu qarori hayotdagi chuqur o’zgarishlarni harakatga
keltiruvchi kuchdir”, degan edi I.A.Karimov
1
.
XX asr 90-yillarning boshlariga kelib O’zbekistonda xalqning ana shu azaliy
orzusini amalga oshirish kun tartibidagi bosh masala bo’lib qoldi.
Sobiq Ittifoqda shunday vaziyat vujudga keldiki, bir tomondan;
zo’ravonlikka asoslangan, ma’muriy-buyruqbozlikka xos bo’lgan markazlashgan
davlat saqlanib qoladimi, yoki demokratik jarayonlar chuqurlashishi evaziga
1
Ислом Каримов. Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. –Т.: “Ўзбекистон” НМИУ, 2011. 416-бет.
83
ittifoqdosh respublikalar suvereniteti ta’minlanadimi, degan masala dolzarb bo’lib
qoldi. Ikkinchi tomondan, o’sha davrdagi sobiq Ittifoq rahbariyati mamlakat
ichkarisidagi vaziyatni to’g’ri baholay olmadi.
SSSR Oliy Soveti ham, SSSR Prezidenti va Hukumati ham inqiroz holatidan
chiqishning yo’lini topa olmadi. Xullas, 90-yillarning boshlariga kelganda Markaz
va Ittifoqdosh jumhuriyatlar o’rtasidagi munosabatlar keskinlashib, markaziy
hokimiyatning obro’yi puturdan ketdi. Siyosiy, iqtisodiy va xo’jalik hayoti izdan
chiqdi. Oqibatda turmushning barcha sohalaridagi salbiy ahvoldan xalqning kun
sayin noroziligi ortib, turmush darajasi yomonlasha boshladi. Ishlab chiqarish va
mehnat intizomi buzildi. Bu hol tabiiy ravishda xalqning ko’zini ochdi, endi u
eskicha yashay olmay qoldi.
Shuni aytish kerakki, sobiq Ittifoqda xalq xo’jaligini bozor iqtisodiga
o’tkazish masalasi 1987-yili xalq deputatlari ikkinchi s’ezdi qarori va iqtisodiyotni
sog’lomlashtirishga qaratilgan hukumat dasturida tilga olingan, u 1990 yilning may
oyida Oliy Sovet III sessiyasida muhokama qilingan edi.
Shunday qilib, sobiq Ittifoq ijtimoiy taraqqiyotida uchta yo’nalish –
totalitarizm, jahon tajribasiga xos transformatsiya va sotsialistik yo’nalishdagi
demokratik kuchlar to’qnashib qolgan edi. Tabiiyki, bu mamlakat ijtimoiy- siyosiy
hayotida tanazzulni vujudga keltirgan edi.
Ana shunday ziddiyatli bir sharoitda O’zbekiston rahbariyati bu
yo’nalishlarning nomaqbul ekanini aniq ravshan ko’rdi va respublika xalq
xo’jaligini bozor iqtisodiyotiga o’tkazishning o’ziga xos yo’lini mustaqil tarzda
o’zi belgilay boshladi. Avvalo, O’zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini
shakllantirish kontseptsiyasini tayyorlashga kirishildi. Kontseptsiya respublika
Davlat reja qo’mitasi, Moliya vazirligi, bosh vazirliklar, idoralar, ilmiy-tadqiqot
institutlari, viloyatlar va Toshkent shahar ijroiya qo’mitalari bilan hamkorlikda
tayyorlandi. Unga ko’ra, “O’zbekiston xalq xo’jaligini sog’lomlashtirish va bozor
iqtisodiyotiga o’tishning asosiy printsiplari” ishlab chiqildi va u 1990 yil 17-
oktyabrda umumxalq muhokamasi uchun e’lon qilindi. 1990 yil oktyabrning
84
oxirida O’zbekiston SSR Oliy Kengashi IV sessiyasida bu masala yuzasidan
Hukumat hisoboti eshitildi.
Oliy Kengash sessiyasi “vujudga kelgan ahvoldan chiqishning yo’lini
respublikaning iqtisodiy mustaqilligiga erishish asosida iqtisodiy islohotlarni
chuqurlashtirish va jadallashtirishdan iborat” deb hisobladi.
Shuning uchun ham sessiya respublika hukumati dasturini ma’qulladi va
O’zbekiston Ministrlar Sovetiga “O’zbekiston SSR mulkiga egalik qilish, uni
tasarruf etish, taqsimlash va undan foydalanish masalalari yuzasidan
respublikaning suveren huquqlarini amalga oshirishning samarali amal qiluvchi
mexanizmini yaratish bo’yicha asoslangan takliflar tayyorlash, shuningdek,
birinchi iyungacha O’zbekiston Oliy Sovetiga iqtisodiy tizim masalalari va er, er
osti hamda boshqa tabiiy boyliklarni, ishlab chiqarish korxonalarini O’zbekiston
SSR mulkiga o’tkazish bo’yicha O’zbekiston SSR Konstitutsiyasiga kiritiladigan
o’zgarishlar to’g’risida Qonun loyihasi” kiritishni topshirdi.
Hukumat dasturiga ko’ra, quyidagilar O’zbekiston xalq xo’jaligini
sog’lomlashtirish va bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tishning aossiy
yo’nalishlari qilib belgilandi.
Shuningdek, ushbu hujjatda O’zbekiston SSR iqtisodiy mustaqilligini
kengaytirishning bosh maqsadi iqtisodiyotning jo’shqin, yuksak samarali, ekologik
jihatdan xatarsiz rivojlanishini, aholining hozirgi zamon turmush standartlari
darajasidagi farovonligini, ijtimoiy adolat va himoyalanishni ta’minlaydigan yangi
xo’jalik-huquqiy sharoitlarni shakllantirishdan iborat qilib belgilandi.
Ayni vaqtda, kontseptsiyada maqsadga erishish yo’lidagi vazifalarni hal
etish, jumladan, respublika bilan Ittifoqning o’zaro majburiyatlari va o’zaro
mas’uliyati asosida:
O’zbekiston SSR bilan SSSR o’rtasidagi munosabatlarning huquqiy
asoslari ga aniqlik kiritish;
Davlat mulkining xaddan tashqari markazlashuvini va byurokratik
tashkil etilishini bartaraf qilish;
85
Mulkchilikning xilma-xil shakllarini rivojlantirish, bu shakllarning
teng huquqliligi va musobaqalashuvini ta’minlash;
Asosan, iqtisodiy usullar negizida respublikaning xalq xo’jaligi davlat
boshqaruviga o’tish, rejalashtirish, moliya-byudjet, bank tizimini sifat
jihatdan
o’zgartirish, mehnat munosabatlarini va tabiatdan
foydalanishni tartibga solish;
Bozor mexanizmlarini vujudga keltirish, tovarlar, xizmatlar, moliya-
kredit resurslariga talab va taklifni tartibga soladigan narx va boshqa
vositalarning ahamiyatini oshirish, O’zbekiston SSRning ichki, O’rta
Osiyo Respublikalari va Qozog’iston mintaqa bozorini rivojlantirish;
Barcha
fuqarolarning
qobiliyatlardan
to’la-to’kis foydalanish
imkoniyatlarini kengaytirish, aholining kam daromadli tabaqalarini
qo’lab-quvvatlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, yosh avlodni
sog’lom tarbiyalash, sog’liqni saqlash, maorif, fan, madaniyat va
san’atni rivojlantirishni ta’minlaydigan ijtimoiy kafolatlarning
ta’sirchan tizimini vujudga keltirish;
Respublika tashqi iqtisodiy faoliyati mexanizmini sifat jihatdan
o’zgartirish, shu jumladan, eksport, import operatsiyalari sohasidagi
huquqlar va imkoniyatlarni kengaytirish;
Xorijiy sarmoyalar, O’zbekiston SSR iqtisodiyotiga investitsiya
kiritish, chet el sayyohligini rivojlantirish va h.k.
Respublika va mahalliy hokimiyat hamda boshqaruv idoralarining
vakolatlari va mas’uliyatini ajratib qo’yish va xalq deputatlari
mahalliy sovetlarining tashkiliy-huquqiy va moliyaviy-iqtisodiy
kafolatlarni aniqlab belgilash;
Respublikadagi iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni tartibga solishda
qatnashuvchi
demokratik
jamoat
muassasalari,
iste’molchilar
jamiyatlari, ishlab chiqaruvchilar uyushmalari, ekologiya va fan-
86
texnika jamiyatlari, xayriya jamg’armalari va shu kabilarni vujudga
keltirishga ko’maklashish nazarda tutildi.
Umuman, O’zbekiston rahbariyati sobiq Ittifoq hukumatiga O’zbekistonning
shoshilinch bozor iqtisodiyotiga o’tish to’g’risidagi ko’rsatmasiga e’tiroz bildirib,
bu respublika sharoiti uchun birdaniga to’g’ri kelmasligini va bozor iqtisodiyotiga
avvalo aholini, birinchi navbatda, uning kam ta’minlangan qatlamini ijtimoiy
kafolatlab, so’ng o’tish borasida O’zbekiston o’zi mustaqil harakat qilishini
ma’lum qildi.
1990 yil 29 avgustda O’zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi “Ittifoqning
yangi shartnomasi va boshqariladigan bozor iqtisodiyotiga o’tish programmasining
asosiy qoidalari va yo’l-yo’riqlariga nisbatan respublikaning tutgan o’rni
to’g’risida”gi masalani ko’rib chiqib, bu borada shoshilmaslik joizligini yana bir
bor ta’kidladi. Oliy Sovet Prezidiumi Ittifoqining yangi shartnomasini tuzish
hamda boshqariladigan bozor iqtisodiyotiga o’tish Dasturi bo’yicha tayyorlangan
takliflar birinchi turkumini chuqur o’rganib chiqish va muhokama qilish uchun
O’zbekiston Oliy Soveti, Kompartiya Markaziy Qo’mitasi, Fanlar akademiyasi va
boshqa tashkilotlarga yubordi.
Ko’rinib turibdiki, yangi Ittifoq shartnomasi loyihasi O’zbekiston tomonidan
qo’llab-quvvatlanmadi, bu erda birinchi navbatda O’zbekistonning milliy
manfaatlari himoya qilinishi nazarda tutildi. Yangi Ittifoq shartnomasini:
O’zbekistonning siyosiy suverenitetiga zarar etkazmaydimi, degan nuqtai nazardan
kelib chiqqan holda imzolash ko’zda tutildi.
Shunga muvofiq respublika hukumati iqtisodiy mustaqillikni bosqichma-
bosqich amalga oshirishni nazarda tutadigan aniq dastur ham ishlab chiqdi.
Jumladan, uning birinchi bosqichi 1990-1992 yillarni o’z ichiga oladi. Bu davrda
1990 yil alohida o’rin tutadi. Chunki ayni ana shu yilda tang ahvolni bartaraf
etishning negizlari bunyod etilishi kerak edi.
Shu uch yil mobaynida yangi xo’jalik mexanizmining barcha asosiy
unsurlari uzil- kesil harakatga kelishi, davlat byudjeti kamomadiga, aholining pul
87
daromadlari hamda uni tovar bilan ta’minlash o’rtasidagi nomunosiblikka barham
berilishi, pulning qadrsizlanishi kuchayib borishini to’xtatish, mazkur bosqichda
xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida mulk munosabatlarini tubdan o’zgartirish,
zarar ko’rib ishlaydigan korxonalar zimmasiga o’z ishini o’nglab olish vazifasini
yuklash ko’zda tutildi.
Ikkinchi bosqich 1993- 1995 yillarni o’z ichiga olishi mo’ljallandi. Bu
davrga kelib iqtisodiyotni sog’lomlashtirish tadbirlari amalga oshirilishi, asosan
ichki iste’mol bozoridagi, pul muomalasi va byudjetdagi kamomadlarga barham
berilishi, yangi iqtisodiy qonunlar joriy etilishi lozim edi. Ya’ni, bozor
munosabatlarini me’yoriy rivojlantirish uchun amalda zarur iqtisodiy sharoitlar
yaratilishi, bu davrda davlat ixtiyorida bo’lmagan sektor hissasining oshishi ko’zda
tutilgan edi.
Dostları ilə paylaş: |