Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə22/52
tarix17.05.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#115298
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   52
Arxeologiya qo\'llanma

Tolstov manzilgohini Amudaryoning Oqchadaryo deltasidan Jonbos–4 makoninga yaqin joydan A.V.Vinogradov topgan va ustozi S.P.Tolstov sharafiga ”Tolstov manzilgohi” nomini bergan.
Makon qatlamidan kaltaminorliklar uyiga o‘xshash ikkita xona qoldig‘i topildi. Ulardan birining maydoni 110–120kv.m dan iborat bo‘lib, konussimon tomi avval qamish, so‘ngra daraxt qobig‘i bilan yopilgan. Bu erdan uyning ustun qoldiqlari va o‘choq izlari aniqlandi. Makondan juda ko‘p miqdorda chaqmoqtosh qurollar topildi. Jumladan kamon o‘q uchlari, mikrolit qurollar, turli naqshlar bilan bezatilgan sopol idish qoldiqlari mavjud. Sopol idishlar qora–qizg‘ish va oq rangdagi bo‘yoqlar bilan bo‘yalgan. Makondan turli xil suyak qurollar – kamon paykonlari, garpunlar, suyak qarmoqlar, ignasimon uchli qurollar, ignalar, silliqlanib ishlangan boltachalar yoki teshachalar, tosh va sopollarni silliqlaydigan asboblar, chig‘anoqlardan, parranda suyaklari va feruza toshdan yasalgan taqinchoqlar topilgan. Bu topilmalarning umumiy xarakteriga ko‘ra makon rivojlangan neolit davriga to‘g‘ri keladi va uning Jonbos–4 makonidan biroz oldinroq mavjud bo‘lganligi isbotlandi. Tolstov manzilgohidan topilgan tosh qurollar Darvozaqir I, II va Katta Tuzkon makonlaridan topilgan qurollarga o‘xshash tomonlari topilgan. Shunga asoslanib olimlar uning yoshini mil.avv. IV ming yilliklarga to‘g‘ri keladi deb ko‘rsatishadi.
Tolstov manzilgohidan topilgan ashyolar Kaltaminor madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlarini yanada oydinlashtirdi. Jumladan, Kaltaminor xo‘jaligining asosini baliqchilik tashkil qilgan. Baliq ovida to‘rdan, suyak garpunlardan, tosh sanchqidan va qarmoqlardan keng foydalanganlar. Ularning namunalari Kaltaminor madaniyati yodgorliklarida ko‘plab uchraydi. Xo‘jalikda hayvon ovi ham muxim axamiyatga ega bo‘lgan. Ular asosan, yovvoyi cho‘chqa, buxoro oxusi, jayron, qulon, sayg‘oq va boshqa hayvonlarni ovlaganlar. Ovda ular o‘q–yoydan keng foydalanganlar. Xo‘jalikda pardozlangan tosh boltalar va teshalardan foydalanishgan. Axolisi to‘qimachilik bilan ham shug‘ullanib, o‘zlari uchun kiyim–kechak va baliqlar uchun to‘r to‘qishgan. Xo‘jaligining uchinchi tarmog‘i termachilik bo‘lgan. Yodgorliklarda yovvoyi jiyda danagi ko‘plab topilgan.
Sirdaryoning pastki oqimida so‘nggi neolit davriga oid ko‘pgina makonlar tadqiq qilindi. Shulardan Saksovul va Shulqum qarorgohlaridan katta material olingan. Bu erdagi ibtidoiy jamoalar ko‘pincha qirg‘ich qurollarini tosh siniqlaridan yasaganlar. Sopol idishlarning turli shakllari mavjud. Ular tuxumsimon shaklda bo‘lib, tagi tekis ishlangan va qisman naqshlangan.
Kaltaminor madaniyatining ijtimoyi rivojlanishida matriarxat davri bo‘lib, juft oilalar shakllagan edi. Bundan Jonbos–4 makonidan topilgan 100 ga yaqin mayda o‘choqlar darak beradi. Shuningdek, kaltaminorliklar o‘z faoliyatlarida tabiatga butunlay qaram edilar. Ular yashash joylari– kulbalarini daryo va ko‘l buylarida qurganlar. Daryolar o‘z o‘zanini o‘zgartirishi bilan ular ham o‘z manzilgohlarini o‘zgartirganlar.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin