Ayrtom yodgorligi janubiy O‘zbekistondagi mezolit davri yodgorliklaridan biri hisoblanadi. U Termizdan 18 km sharqda, Amudaryoning o‘ng sohilida joylashgan ko‘p qatlamli yodgorlikdir. Bu erdan mezolit davriga oid tosh qurollar, nukleuslar, pichoqsimon paraqalar, uchrindilar, qirg‘ichlar, teshgichlar, tosh parmalagichlar, o‘q va nayza uchlari topilgan. Ular Obishir, Tutqovul, yodgorliklaridan topilgan tosh qurollariga o‘xshab ketadi.
O‘zbekiston hududida mezolit davri jamoasi geografik sharoiti qulay dasht xududida, tekisliklarda, ko‘l va daryo sohillarida, tog‘li xududlarda isteqomat qilib, ovchilik, baliqchilik, termachilik va qisman chorvachilik bilan ham shug‘ullaganlar. Paleolit davrga nisbatan bu davrda tosh qurollarini ishlash texnikasi takomillashgan, qurollarining turlar ko‘paygan sifati yaxshilangan. Bu esa o‘z navbatida xo‘jalikning rivojlanishiga va odamlar tafakkurining o‘sishiga olib kelgan. Bu hol ibtidoiy jamoa tuzumining keyingi rivoji uchun asos yaratib bergan.
Nazorat savollari: O‘zbekiston hududida mezolit davri va uning bosqichlari to’g’risida nima bilasiz?
Mezolit davri iqlim sharoiti, xayvonot va o‘simliklar dunyosi qanday bo’lgan?
Mezolit davrida yuz bergan buyuk kashfiyotlar to’g’risida nima bilasiz?
Uruchilik tuzumi va aholining turmush tarzi to’g’risida nima bilasiz?
O‘zbekiston hududidagi mezolit davri yodgorliklari nechta?
Qo‘shilish madaniyati xaqida so’zlang?
Obishir madaniyati to’g’risida nima bilasiz?
Machay madaniyati tog’risida qanday ma’lumotlarga egasiz.
O‘q-yoyning kashf etilishi sabablari?
Mezolit davri yodgorliklari xronologiyasi to’g’risida nima bilasiz?.
FSMU texnologiyasi Ushbu texnologiya tinglovchilarni o’z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o’z fikrini boshqalarga o’tkazishga, ochiq holda bahslashishga, egallangan bilimlarni tahlil qilishga, qay darajada egallaganliklarini baholashga hamda tinglovchilarni bahslashish madaniyatiga o’rgatadi.