(F) – Fikringizni bayon eting.
(S) – Fikringiz bayoniga biron sabab ko’rsating.
(M) – Ko’rsatilgan sababni tushuntiruvchi misol keltiring.
(U) – Fikringizni umumlashtiring.
Mavzuga doir krasvord
|
|
A
|
|
1
|
|
|
R
|
|
|
|
|
|
2
|
X
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
3
|
|
E
|
|
|
|
|
4
|
|
|
|
|
O
|
|
|
|
|
|
|
5
|
|
|
L
|
|
|
|
|
|
|
6
|
|
|
|
|
O
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
7
|
|
|
|
|
G
|
|
|
|
|
|
8
|
|
|
I
|
|
|
|
|
|
9
|
|
|
|
|
Y
|
|
10
|
|
A
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Savollar:
1.Toshkent viloyatidan topilgan qaysi manzilgohdan devoriy rasmlar bor?
2.Ustyurtda tadqiqot ishlari olib brogan arxeologik olimlardan biri?
3.Mezolit davriga oid 1-manzilgohni ochgan shaxsni toping?
4.Rasmlarni o’yib-urib,ishqilib chizish fanda nima deb ataladi?
5.1970-1971-yillarda qadimgi Bo’zsuv kanali yaqinidagi manzilgohlarni o’rgangan arxeologikni toping?
6.Xilma-xil hayvonlarning suyaklari fanda qanday materiallar deb ataladi?
7.Qo’shilish makoni qurollari O’rta Sharqdagi qaysi makon qurollariga o’xshaydi?
8.Farg’ona vodiysining janubidagi Qatron tog’idan topilgan manzilgoh?
9.Qayerdan topilgan mehnat qurollarining 80 foizi ovchilar va hayvon terisini ishlashga mo’ljallangan?
10.Mezolit davrining 2-bosqichini toping?
Jaboblar.
1.parkent
2.Xo’janiyozov
3.Pett
4.petroglif
5.Islomov
6.paleontologik
7.paligavr
8.obishir
9.machay
10.tardenauz
Mavzuga oid test.
1.Mezolit davri 2 bosqichdan iborat.Ular qaysilar?
A)Soan,Mindel B)Vyurm,Azill C)Azil,Tardenauz D)Riss,Soan
2.O’zbekiston hududida mezolit davri yodgorliklari 3 davrga bo’linadi.Obishir qaysi davrga oid?
A)Ilk B)O’rta C)So’nggi D)barchasiga oid
3.O’rta Osiyoda mezolit davriga oid yodgorliklarning qaysi birlaridan mozorlar topilgan?
A)Qayla,Tutkaul,Machay B)Machay,Obishir,Qo’shilish C)Machay,Qayla,Qatron
D)Sho’rko’l,Yangiqadam,Achchiqko’l
4.Mezolit davriga oid qaysi g’orning kengligi 20 m,chuqurligi 11 m,balandligi 3.5 m?
A)Obishir B)Bosqum C)Jayronquduq D)Ittakqal’a
5.Qo’shilish makonidan topilgan nukleuslar va qirg’ichlar qayerdan topilgan nukleuslar va qirg’ichlarga o’shab ketadi?
A)Obishir B)Achchiqko’l C)Machay D)A,B,C
6.Mezolit davriga oid 1 guruh yodgorlik Toshkent shahrining g’arbiy tomonida qadimgi Bo’zsuv kanalining chap sohilidan ham topilgan.Uni dastlab kim topgan?
A)Alekseyev B)Parfyonov C)Okladnikov D)O’.Islomov
7.Mezolit davriga qaysi manzilgohdan 3 ta madaniy qatlam topilgan?
A)Qo’shilish B)Sho’rko’l C)Obishir D)Machay
8.Machay g’orining madaniy qatlamlaridan nechta tosh qurollar topilgan?
A)790 B)870 C)675 D)942
9.O’zbekistonda mezolit davrini sistemali o’rganishni kim boshlab bergan?
A)Okladnikov B)O’.Islomov C)Gerasimov D)Alekseyev
10.Mezolit davriga oid makonlarning qaysi biridan pichoqsimon paraqalar topilmagan?
A)Obishir B)Qo’shilish C)Machay D)Achchiqko’l
11.Machay g’oridan 20 xildan ortiq hayvon suyaklarini kim topgan?
A)B.Botirov B)O’.Islomov C)V.Yagodin D)E.Bijanov
12.1-mezolit davriga oid manzilgoh qayerdan topilgan?
A)Murzak Koba B)Sobolevo C)Maz-d Azil D)Zagin Koba
13.Ustyurt hududidan topilgan mezolit davriga oid manzilgohni aniqlang?
A)Damko’l B)Bosqum C)Jayronquduq D)Ittakqal’a
14.Mezolit davriga oid qizil bo’yoq bilan chizilgan ov manzaralari qayerdan topilgan?
A)Zarautsoy,Takatosh B)Sarmish,Qoungursoy C)Parkent,Chotqol D)barchasi to’g’ri
15.O’zbekistondagi qoyatosh rasmlari kimning tadqiqotlari tufayli bizga ko’plab ma’lumotlarga ega bo’lganmiz?
A)Kabirov B)Botirov C)Islomov D)Alekseyev
4-Mavzu: Neolit davri va uning o‘rganilishi
Reja:
1.Neolit davrining o‘ziga xos xususiyatlari.
2. Neolit davri mashgulotlari.
4. O’rta Osiyodagi neolit davri yodgorliklari.
Tayanch tushunchalar:
Neo, litos, silliqlash, pardozlash, arralash, doimiy o‘troqlik, dehqonchilik, to‘qimachilik, kulolchilik, neolit inqilobi, Joytun.
Neolit davrining o‘ziga xos xususiyatlari. Kishilar jamiyati taraqqiyotidagi keyingi davr neolit deb nom olgan. U yunoncha “neo”-yangi, “metos”-tosh, ya’ni yangi tosh davri degan ma’noni beradi. Bu davr uzoq davom etgan tosh davrining yakunlovchi bosqichi bo‘lganligi uchun shu nom bilan atalgan. Bu tuchunchani fanga ingliz arxeologi Lebbok kiritgan. Neolit davri xronologik jihatdan miloddan avvalgi VI-IV ming yilliklarni o‘z ichiga oladi va ilk, o‘rta, so‘nggi bosqichlarga bo‘linadi. Bu davr barcha mintaqalarda bir vaqtda sodir bo‘lmagan va u davrda jamiyatlar har xil taraqqiyot darajalariga ega bo‘lganlar. Ba’zi mintaqalarda neolit davri quldorlik davriga kelsa, ba’zilarida endigina dehqonchilik va chorvachilik vujudga kelayotgan, ba’zilarida esa ovchilik va termachilik bilan shug‘ullanayotgan edilar.
O‘rta Osiyoda neolit davri rivojining 2 xil ko‘rinishi mavjud bo‘lgan. Uning janubiy-g‘arbiy hududlarida hozirgi Turkmanistonning Kopetdog‘ tog‘i oldi hududlarida neolit davrida miloddan avvalgi VI ming yillar oxiri va V ming yillikning boshlarida ilk dehqonchilik madaniyati shakllangan bo‘lsa, uning markaziy va shimoliy viloyatlarida hali ovchilik va baliqchilik xo‘jaligi hukmronlik qilgan. U bugungi kunda O‘zbekiston xududidiga to‘g‘ri keladi. Neolit davri jamoasining bunday mintaqalararo rivojlanishi har bir viloyatning mavjud tabiiy-iqlim sharoitidan kelib chiqqan. Shuningdek, O‘rta Osiyoda neolit davri yodgorliklarini uchta yirik territorial–xo‘jalik shakllarga ajratilgan. Bular Joytun madaniyati – ilk dehqonchilik madaniyatining shakllanishi bilan ajratiladi. Ikkinchisi Kaltaminor madaniyati – baliqchilik, ovchilik bilan shug‘ullanuvchi qabilalar madaniyati bo‘lib, daryo va ko‘l bo‘ylarida iste’komat qilganlar. Uchinchisi Xisor madaniyati bo‘lib, ovchilik bilan shug‘ullanganlar. Ular tog‘li xududlarda yashagan jamoalar bo‘lib, mehnat qurollarining aksariyat qismi qayroqtoshlardan yasalganligi bilan ham ajralib turadi. Ularning har biri alohida geografik muxitga ega bo‘lgan erlarda joylashgan.
Neolit davri iqlimi hozirgi iqlim sharoitiga yaqin bo‘lgan. O‘rta Osiyoning janubiy-g‘arbiy hududining iqlimi issiq , dehqonchilik uchun qulay bo‘lgan. Markaziy va shimoliy viloyatlarida ham iqlimning isishi yaylov va cho‘l zonalarini vujudga keltirgan. Bu esa neolit davri jamoalarining hudud bo‘ylab keng tarqalishiga olib kelgan. Shuningdek, ular mezolit davridagidek daydi hayot kechirmay, o‘troq turmush tarziga o‘tadilar. Doimiy erto‘la, kulba va loy, guvaladan qurilgan uylarda yashay boshlaydilar. O‘troq turmush tarzi janubiy hududlarda dehqonchilikning kelib chiqishiga, cho‘l mintaqalarda esa o‘troq ovchilik xo‘jaligining qaror topishiga olib keldi. Keyinchalik uning zamirida chorvachilik paydo bo‘ldi.
Neolit davrida toshni ishlash texnikasida yangi usullar-silliqlash, pardozlash, arralash va parmalash usullari ixtiro etiladi. Bu esa ibtidoiiy ishlab chiqaruvchi kuchlarni yanada tezroq rivojlanishiga olib keldi. Lekin bu usullar hamma qurollarga nisbatan qo‘llanilavermas edi. O‘tkir tig‘ beruvchi qurollar yasashda hali kertma va yorma uslubidan foydalanilar edi.
Ilk neolit davrida makrolit qulollar keng tarqalgan. Ular og‘ir katta hajmdagi chaqmoqtoshdan ishlangan qurollar bo‘lgan. Qurollarni silliqlash keyingi neolit davriga to‘g‘ri keladi. Qurollar maxsus tosh ustidagi qumtosh taxtada silliqlangan. Tosh taxta tayanch vazifasini o‘tagan. Qurollar ko‘l kvars qumi bilan uzoq vaqt ishqash jarayonida silliqlangan. Silliqlangan tosh qurollar neolit oxiriga kelib parmalangan. Unda suyak parma vazifasini bajargan. Suyak parmani qalqon ipiga o‘rab aylantirganlar, unda suyakning uchiga nam qum sepib turilgan. Parmalangan qurolga dasta o‘rnatish mumkin bo‘lgan.
Neolit davrida qurollarning turi ko‘paygan, bunga toshni ishlash texnikasidagi ixtirolar sabab bo‘lgan. Tosh boltalar, ponalar, tosh teshalar, iskanalar, og‘ir cho‘qmorlar paydo bo‘lgan. Tosh boltalar neolit davrida barcha og‘ir yumushlarni bajargan. Uning xo‘jalikdagi ahamiyati katta bo‘lgan, shuni e’tiborga olib, ba’zi olimlar bu davrni «boltalar asri” deb atashni ham taklif qilishgan.
Dostları ilə paylaş: |