Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги


Neolit davri mashgulotlari



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə20/52
tarix17.05.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#115298
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   52
Arxeologiya qo\'llanma

Neolit davri mashgulotlari. Neolit davri jamoalarida mehnat qurollarini takomillashtirish bilan bir qatorda hunarmandchilikning bir qator tarmoqlari-kulolchilik, to‘quvchilik, tikuvchilik kabi sohalari ixtiro qilindi.
Oldingi davrlarda ro‘zg‘or buyumlar yog‘ochdan yoki novdadan yasalgan bo‘lsa, ilk neolit davrida dag‘al, chala kuydirilgan sopol buyumlar tarqaldi. Ularning tuxumsimon tagi dumaloq bo‘lib, maxsus chuqurchalarga o‘rnatilgan. So‘nggi neolit davriga kelib sopol buyum shakli o‘zgaradi. Tuvaksimon, osti tekis idishlar paydo bo‘lib, ular maydalashadi. Idishlar loy lentalar asosida qo‘lda ishlangan. Idishlar naqshi ham oddiydan murakkabga o‘zgarib boradi. Shuningdek, idishlarda tarnovsimon yoki trubasimon jo‘mraklar paydo bo‘ladi. Idishlar bir yarusli xumdonlarda pishirilgan. Lekin idishlar qo‘pol, mo‘rt bo‘lgan.
To‘qimachilik, hunarmanchilikning vujudga kelishi ham neolit davrining buyuk kashfiyoti hisoblanadi. Neolit davri odamlari hayvon yungi va o‘simlik tolasidan mato to‘qishni o‘rganganlar. Shuningdek, yigirilgan ipdan baliq to‘ri ham to‘qilgan. Bu esa baliq ovlash ahamiyatini keskin ravishda oshirib yuborgan. Bunga suvda suzuvchi qayiqlar yaratilishi ham imkon berdi.
Neolit davri yutuqlaridan yana biri bu juft oilaning vujudga kelishi bo‘lib, u urug‘ ichida oilaviy munosabatlarning izga tushishi olib keldi va jamiyat taraqqiyotini yanada olg‘a siljitdi. Bu davr imkoniyatlari jihatidan inson uchun katta axamiyat kasb etadi.
O’rta Osiyodagi neolit davri yodgorliklari. O‘rta Osiyoning janubiy-g‘arbiy hududida ilk dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullangan qabilalar yodgorligi bugungi kunda Jaytun madaniyati deb tarixda qolgan. Jaytun madaniyati izlari faqat Turkmanistonning janubiy-g‘arbiy hududlarida uchraydi. Olimlar uni miloddan avvalgi VI ming yilliklar oxiri V ming yilliklar boshlari deb hisoblaydilar. Xuddi shu davrda O‘rta Osiyoning shimoliy va markaziy hududlarida ovchilik, baliqchilik va termachilik bilan shug‘ullangan neolit davri jamoalari istiqomat qilganlar. Bunday yodgorlik o‘tgan asrning 30-40 yillarida S.P.Tolstov tomonidan Amudaryoning quyi havzasida topildi va fanga Kaltaminor madaniyati nomi bilan kiritildi. Unga Amudaryoning Oqchadaryo o‘zanidan chiqqan qadimgi Kaltaminor kanali etaklaridan topilgani uchun shu nom berilgan. Kaltaminor madaniyati asosan O‘zbekiston xududida tarqalganligini sababli quyida shu haqda ko‘proq to‘xtalamiz.
Oqchadaryo havzasidan ko‘plab neolit davriga oid yodgorliklar topilgan bo‘lib, faqat 3-4 ta manzilgohning madaniy qatlami buzilmasdan saqlanib qolgan. Bular Jonbas-4, Qavat-7, Tolstov manzilgohi, Tumek Kichidjik manzilgohlaridir.
Kaltaminor madaniyati O‘rta Osiyoning g‘arbiy va shimoli–g‘arbiy tomonidagi erlarida keng tarqalgan bo‘lib, uning shimoli–g‘arbiy chegarasi Ural daryosining o‘rta va quyi oqimlari, g‘arbiy chegarasi Kaspiy dengizigacha borib taqaladi. Janubda Qoraqum va Qizilqum etaklarigacha, sharqda esa, Orol dengizining shimoliy, sharqiy va janubiy tomonidagi quyi Sirdaryogacha borib taqaladi. Qizilqum va Ustyurtning katta territoriyasida xam Kaltaminor madaniyati ancha keng tarqalgan.
Kaltaminor madaniyatini o‘rganish jarayonida olimlar uning rivojlanish bosqichlarini aniqlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar. S.P.Tolstov ”Saksovul” deb ataladigan joydan Jonbos–4 mehnat qurollariga o‘xshash tosh qurollarni topgan. Olim ularni qiyosiy o‘rganish natijasida kaltaminorliklar madaniyati shakllanishini ikki bosqichga – Jonbos va Saksovul (Qamishli) bosqichlariga ajratdi. 70–yillarga kelib esa, uning shogirdi A.V.Vinogradov Zarafshon daryosining o‘ng sohilidagi o‘zani Daryolisoy bo‘ylaridan kaltaminorliklar madaniyatiga o‘xshash buyumlarni topdi. Ular geometrik shakldagi tosh qurollari bo‘lib, kaltaminor madaniyatining ilk bosqichi deb asoslashga imkon yaratdi. Shu tariqa kaltaminor madaniyatining 3 bosqichi aniqlandi – Daryolisoy (mil.avv. VI–IV ming yilliklarga oid), Jonbos (mil.avv. IV–III ming yilliklarga oid) va Saksovul (mil.avv. III ming yillik oxiri –II ming yillik boshlariga oid).

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin