Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə26/52
tarix17.05.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#115298
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   52
Arxeologiya qo\'llanma

Qizilqir I makoni Buxorodan 40 km shimoli–g‘arbda joylashgan. U erdan neolit davriga oid manzilgoh va ustaxona topilgan. Uning madaniy qatlamlaridan kaltaminor madaniyatiga xos bo‘lgan qirg‘ichlar, paraqalar, randalar, teshkichlar, mikrolit qurollari va sopol idishlarining parchalari topilgan. Makonda turar joy ham, toshdan qurollar va loydan sopol idishlar yasaydigan ustaxona ham bo‘lgan.
Qizilqirning yuqori qatlami bronza davriga mansub. Quyi qismi esa, mil.avv.IV–III ming yilliklarga borib taqaladi. Tadqiqotlar bu erda hunarmandchilik, dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi o‘troq aholi yashaganligini ko‘rsatdi.
Kaltaminor madaniyatini yaratgan kishilar asosan, yovvoyi hayvonlarni ov qilib, baliq tutib, ovchilik, baliqchilik va termachilik bilan shug‘ullanganlar. Uning so‘nggi bosqichida ilk chorvachilik vujudga kelgan.
Quyi Amudaryo, quyi Zarafshon , Ustyurt va boshqa joylarga tarqalgan kaltaminor madaniyatini yaratgan qabilalar biqiq hayot kechirmay, atrofdagi qabilalar bilan o‘zaro aloqada bo‘lganlar.
Kaltaminor madaniyati mahalliy va janubiy mezolit madaniyatidan kelib chiqib, izsiz yo‘qolib ketmagan. Bu madaniyat o‘zidan keyingi Zamonbobo va Tozabog‘yob madaniyatining vujudga kelishiga zamin yaratgan.
Uchtut yodgorligi chaqmoqtosh qazib olish va birlamchi ishlov berish ustaxonasi xisoblanadi. Uni 1960 yil Ya.G‘.G‘ulomov boshliq ekspeditsiya Navoiy viloyatining Uchtut degan joyidan topishdi. Yodgorlik 1966–1967 yillarda T.Mirsoatov tomonidan keng ko‘lamda o‘rganildi va shu davrda o‘ra(shaxta)lar topildi. Bu erdan tosh asrining turli bosqichlariga, asosan, neolit davriga doir topilmalar yig‘ib olindi.
Dastlabki davrlarda ibtidoiy odamlar qoyalarda ko‘rinib yotgan chaqmoqtoshlarni sindirib olganlar. Keyinroq chaqmoqtoshni qidirib, tog‘ yonbag‘irlarida chuqurchalar qaziganlar. Neolit davrida esa xom ashyo olish uchun 4,5 va 5 metrli o‘ralar kovlanganlar. Kerakli xom ashyoni olish uchun o‘ra(shaxta)ning pastki qismidan har tomonga qo‘shimcha yo‘laklar ochib borilgan. O‘ralar maxsus tosh, suyak va yog‘ochdan yasalgan kurakchasimon qurollar yordamida qazilgan. O‘ralarning devorlaridagi kurakchalarning izlari haligacha o‘chmagan. O‘ra kovlangan vaqtda ishga yaroqli xom ashyoga duch kelinsa, konchilar ularni tosh boltalar yordamida kovlab olganlar. Shuningdek, u erda o‘t yoqib toshni qizdirishgan va sovuq suv quyib, portlatganlar. Ular keragicha xom–ashyodan olib, keyinchalik o‘ralar og‘zini xarsang toshlar bilan yopib qo‘yganlar. Arxeologlar bu erda 100dan ortiq bunday o‘ziga xos o‘ralar-shaxtalarni topganlar, ularning faqat 35tasini o‘rganganlar.
Uchtut yodgorligi singari shaxtalar faqat neolit davri yodgorliklarida uchraydi. Neolit shaxtalari Angliya, Fransiya, Daniya, Shimoliy Germaniya va Belorussiya kabi davlatlarda ham uchraydi.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin