Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə24/52
tarix17.05.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#115298
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   52
Arxeologiya qo\'llanma

Darvozaqir I makoni Buxoro viloyatining Qorako‘l shaxarchasidan 40–45 km shimoli–g‘arbidagi Katta Tuzkon ko‘lidan 600–700 metr masofada joylashgan. U erda 3ta madaniy qatlam topilgan bo‘lib, yuqori qatlami buzilib ketgan. Lekin undan ancha boy materiallar tosh mehnat qurollari – silliqlangan tosh boltalar, qirg‘ich, teshgich, o‘roq–randa, parma topilgan. Ikkinchi qatlamdan esa gulxan qoldiqlari va oz miqdorda qurollar topilgan. Uchinchi qatlamdan esa, o‘choqlar va turar joy qoldiqlari, silliqlangan tosh bolta, boshqa xil tosh qurollar, to‘lqinli chiziqlar bilan bezatilgan sopol buyumlar va hayvon suyaklari qoldiqlari topilgan.
Darvozaqir 1 makonida maydoni 81 kv.m bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchakli turar joy qoldig‘i saqlanib qolgan. Bu turar joy yog‘ochdan yasalib, usti qamish bilan bekitilgan chayla bo‘lgan. Xona ichida o‘choq izlari topilmagan. U erda 30–35 kishi, bitta ona urug‘i jamoasi yashagan.
Darvozaqir II makoni Katta Tuzkon ko‘lining shimoliy qismida joylashgan. U bir qatlami neolit davri yodgorligidir. Makonning madaniy qatlamidan ko‘p miqdorda tosh qurollari – qig‘ichlar, o‘roqlar, pichoq, tosh ushatgich, teshgichlar, nukleuslar, uchrindilar, tosh chiqindilari topilgan. Jami 584 tosh buyumidan 35% tosh qurollari bo‘lib, qolganlari tosh chiqindilaridir. Ular orasida pichoqsimon parrakchalardan yasalgan mayda qurolchalar ko‘pchilikni tashkil etadi.
Makondan chig‘anoq va marmardan yasalgan har xil shakldagi munchoqlar ham topilgan. Kaltaminor madaniyati sopol buyumlariga o‘xshash har xil naqshlar bilan bezatilgan sopollar ham topilgan.
Katta Tuzkondan topilgan makonlarga o‘xshash makonlar Kichik Tuzkon xududidan ham topilgan.
Darvozaqir madaniy yodgorliklariga o‘xshash buyumlar Qashqadaryoning quyi oqimidan Qumsulton va Poykent pasttekisliklaridan ham topilgan. Poykent makonlaridan tosh bolta, qirg‘ich, teshkich, o‘roq qadamalar va sopol idishlarning siniqlari topilgan.
Quyi Zarafshon va Qashqadaryo etaklaridagi Darvozaqir I,II, Katta va Kichik Tuzkon, Qorong‘i Sho‘r va Poykent makonlaridan topilgan tosh qurollar, sopol buyumlar va boshqa ashyolarning chuqur o‘rganilishi ularning kaltaminor madaniyatiga oidligi va mil.avv. IV–III ming yilliklarga mansubligini ko‘rsatdi.
Bu joylarda yashagan ibtidoiy odamlar termachilik, ovchilik va baliq tutib kun kechirishgan. Ilk dehqonchilik ham termachilik asosida shakllana boshlagan bo‘lib, u hali xo‘jalikda etarli o‘rinni egallamagan edi.
Umuman Zarafshon vohasi yodgorliklar yaxshi o‘rganilgan bo‘lsada, uning yuqori va o‘rta oqimi havzasida neolit davri yodgorliklari no’malumligicha qolib kelardi. O‘tgan asrning 80 yillariga kelib, Sazag‘on qishlog‘idan neolit davriga oid yodgorlikning topilishi muxim ahamiyatga ega bo‘ldi.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin