Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə32/52
tarix17.05.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#115298
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   52
Arxeologiya qo\'llanma

Tayanch tushunchalar:
Mis, qalayi, bronza(jez), ruda, temirchilik, zargarlik, ot-arava, kulolchilik charxi, gisht, Seyminek-Turbinek, Kallash, Tozabog’yob, Amirobod, Ko’kcha 3, sun'iy sugorish, Sopolli, Jarquton, ilk shaxar madaniyati, olov ibodatxonalari, xalqaro aloqa va savdo.
Bronza davri va uning o‘ziga xos xususiyatlari. Mehnat qurollarini yasashda bronzadan foydalanish ibtidoiy jamoa xo‘jaligida buyuk o‘zgarishlarga olib keldi. Bu insoniyatning iqtisodiy hayotigagina emas, balki siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy hayotida ham tub o‘zgarishlar yasadi.
Bronzaning tarkibi mis va qalay qotishmasidan iborat bo‘lgan.Eng yaxshi bronzaning tarkibida 90 % mis va 10 % qalay bo‘lgan. U dastlab miloddan avvalgi III ming yillik oxirlarida Mesopotamiyada (ikki daryo oralig‘ida) kashf etilgan . Bronza misga nisbatan o‘z xususiyati jihatdan ustun bo‘lganligi sababli ham sof misning qo‘llanilishi barham topdi. Lekin tabiatda mis va qalayning juda kam miqdorda mavjudligi sababli tosh qurollarni siqib chiqara olmadi. Bronzaga ishlov berish misga nisbatan ancha qulay bo‘lgan, birinchidan: pishiq, qattiq; ikkinchidan: u misga nisbatan past haroratda erigan. Mis 1084 gradus haroratda erisa, bronza 700-900 gradusda erigan. Unga bunday past haroratda ishlov berila olinishi, uning har bir xo‘jalikda qurollar yasash imkonini bergan. Bu esa mehnat, jangovor qurollarning turi ko‘payishiga va samaradorligining oshishiga olib kelgan.
Bronza maxsus qalin sopol idish-tigellarda eritilib, sopol qoshiqlar orqali tosh va sopoldan yasalgan qoliplarga solingan. Bronza qoliplarga yopishib qolmasligi uchun qoliplarga mumiyo surtilgan, bu esa bronza qotgach qolipdan oson ajralishiga olib kelgan .
Jahon tarixida bronza davri miloddan avvalgi III ming yillik oxirlaridan boshlanadi . Bu davrda Qadimgi Misr , Mesoptamiya, Kichik Osiyo va Eronning janubi-g‘arbida davlatlar shakllanib, quldorlik jamiyati keng ravnaq topgan edi. O‘zbekiston hududida esa bu davr miloddan avvalgi II ming yillikning I choragida boshlanib, miloddan avvalgi VIII asrlargacha davom etadi. Shuningdek jamiyat taraqqiyoti ham o‘ziga xos tarzda davom etadi. O‘rta Osiyoning janubiy hududlarida. dehqonchilik madaniyati ravnaq topib, ilk shahar madaniyati tarkib topdi. O‘zbekistonning janubiy-sharqiy va markaziy hududlarida, ya’ni Farg‘ona, Toshkent, Qarshi hududlarida o‘troq dehqonchilik madaniyati, ilk shahar madaniyati izlari so‘nggi bronza bosqichiga kelganda vujudga keldi. Ilk va o‘rta bosqichlarida bu hududlarda ko‘chmanchi chorvadorlar madaniyati, ya’ni dasht qabilalari madaniyati–Tozabog‘yob madaniyati izlarini ko‘ramiz. O‘zbekistonning shimoliy hududlarida cho‘l va dasht chorvachilik xo‘jaligi etakchi o‘rinni egallagan. Zarafshon, Sirdaryo va Amudaryo etaklarida so‘nggi bronza davrida chorvador qabilalar o‘troqlashib, sug‘orma dehqonchilik bilan shug‘ullanadilar va uning bazasida qishloqlarni tashkil etadilar

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin