2. O’quvchilar ta'lim muassasasi binosi ichida bosh kiyimsiz yurishlari lozim, ta'lim muassasasidao’tkaziladiganturlitadbirlar jarayoni bundan mustasno. O’zbekiston Respublikasida aholi turli millat va diniy konfessiyalar vakillaridan iboratligi hamda majburiy umumiy o’rta ta'lim dunyoviy xarakterga egaligi munosabati bilan o’quvchilarning maktab formasiga turli din va konfessiyalar xamda turli submadaniyatlarga mansublikni aks ettiruvchi elementlarni (hijob, kipa, kashaya, xoch va boshqalar) qo’shishga yo’l qo’yilmaydi.
Shuningdek, umumta'lim maktablarida:
o’g’il bola o’quvchilarning ta'lim muassasasiga tanasining ochiq qismiga tatuirovka tushirgan yoki pirsing qilgan, soqol qo’ygan, sochi 2-3 santimetrdan uzun bo’lgan va yorqin ranglarga bo’yagan holda kelishlariga;
qiz bola o’quvchilarning ta'lim muassasasiga tanasining ochiq qismiga tatuirovka tushirgan yoki pirsing qilgan, sochini yorqin ranglarga bo’yagan, yuzini ko’zga tashlanadigan darajada makiyaj qilgan, qulog’iga bittadan ortiq sirg’a taqqan, barmoqlariga uzuk taqqan, qo’l tirnoqlarini bo’yagan va uzun qilib o’stirgan holda kelishlariga yo’l qo’yilmaydi.
3. Ob-havosharoitidankelibchiqib,o’quvchilarmaktabformasiningnimchasiniyokikostyumini, ko’ylakning yengi uzun yoki kalta shaklini ixtiyoriy ravishda kiyishlari mumkin.Shuningdek,qishkio’qishdavridao’quvchiqizlargayagonamaktabformasigamosshimkiyishga ruxsat beriladi.