21
yordam beradi. Shuning uchun bu usul yordamida barcha sodda masalalarni 4
proportsiyanalni topishga doir masalani 2 ko’paytma yoki bo’linmaning yig’indisi
,,ayirmasi yoki bo’linmasi topiladigan masalalarni va bularga nisbatan teskari
masalani shuningdek, bir qator boshqa masalalarni
tekshirish maqsadga
muvofiqdir.
2. Masalani yechish natijasida hosil qilingan sonlar bilan berilgan sonlar
orasida moslik o’rnatish.
Bu usul bilan masala yechimini tekshirishda masala javobida hosil
bo’ladigan sonlar ustida arifmetik amallar bajariladi. Agar bunda masala shartida
berilgan sonlar hosil bo’lsa, u holda masala to’g’ri yechilgan deb hisoblash
mumkin. Buni tekshirish misolida ko’ramiz. ,,Yosh tabiatshunoslar uchun
hammasi bo’lib 158 kg kartoshka terishdi. Ular birinchi va 2
qopni tortishgan edi,
120 kg chiqdi. 2 va 3 qopni tortishgan edi 99 kg chiqdi. Har bir qopda necha
kilogrammdan kartoshka bor edi?’’ Bu masalani yechish natijasida o’quvchilar
birinchi qopda 54 kg , 2-qopda 48kg , 3-qopda 51kg kartoshka borligini topishgan
edi. Yechimini topish uchun uchala qopda 15kg kartoshka bo’lmasligini aniqlash
kerak. 54+48-51=15. Endi haqiqatdan ham 1 va 2 qopda 102kg, 2 va 3 qopda
99kg kartoshka borligini tekshiramiz. 54+48=102 48+57=99
Javobda hosil qilingan sonlar berilgan sonlarga muvofiq keladi,
demak
masala to’g’ri yechilgan deb hisoblash mumkin. Bu tekshirish usulidan 2-sinfdan
boshlab foydalaniladi. Undan javobda hosil qilingan ayirma bo’yicha noma’lumni
topishga doir va qator boshqa masalalar sonlar ustida tegishli amallarni hosil qilish
mumkin bo’lgan strukturali masalalarning yechimini maqsadga muvofiqdir.
3) Masalalar turli usullar bilan yechish. Agar masalani turli usullar bilan
yechish mumkin bo’lsa, bir xil natijaning hosil qilinishi masala to’g’ri
yechilganligini tasdiqlaydi. Masalan 3-sinf o’quvchilariga 4 proporsionalni
topishga doir quyidagi masalani yechish taklif qilinadi: ,,Akasi 10 ta daftar sotib
oldi va unga 400 so’m to’ladi. Singlisi esa 2 ta shunday daftar sotib oldi. Singlisi
qancha pul to’lagan? Masalani tenglama tuzish yordamida yechib o’quvchilar
22
o’zlariga avvaldan ma’lum bo’lgan birga keltirish usulidan foydalanib yechimni
tekshiradilar:
Yechilishi:
x (so`m) – singlisi to’lagan
x/2 = 400/10 x/2=40
Tekshirish: x=40 * 2 x = 80 400/10*2=80
Javob: 80 so’m
Masalani turli usullar bilan yechib bir xil natija hosil qildik, demak, masala
to’g’ri yechilgan. Masalaning yechimini bunday tekshirish usuli 1-sinfda kiritiladi.
4) Izlanayotgan sonning chegarasini belgilash.
Bu usulining qo’llanishi shundan iboratki bunday masalani yechishdan oldin,
izlanayotgan sonning chegaralari aniqlanadi, ya’ni izlanayotgan son, berigan
sonlarning qaysinisidan katta yoki kichikligi aniqlanadi.
Yechishdan keyin hosil
qilingan natija berilgan sonlardan biri bilan taqqoslanadi, agar u aniqlangan
chegaraga mos kelmasa, demak, masala noto’g’ri yechilgan bo’ladi. Bu usul
yechiminimg xatoligini sezishga yordam beradi,
lekin bu masala yechimining
topishning boshqa usullarini inkor qilmaydi. Javobning chegaralarini aniqlash 1-
sinfdayoq kiritiladi. Undan foydalangan holda sodda hamda murakkab
masalalarning yechimini tekshiriladi.
Shunday qilib biz o’quvchilarni yangi turdagi masalalar bilan tanishtirish
metodikasining umumiy masalalarni qarab chiqdik. Bu bosqichda ish o’qituvchi
rahbarligida olib boriladi. Bu planda turli darslarda 2-4 ta o’xshash masalani qarab
chiqish yetarli.