55
boshqaruvchilarga berishi lozim. Buning asosida boshqaruvchilar tegishli ehtiyot
chora-tadbirlarini ko‘rishi va bunday salbiy holatga yo‘l qo‘ymasliklari kеrak.
Paxta tozalash sanoati korxonalarida bunday holat, ya'ni zahiralarning uzilib
qolishi natijasida ishlab chiqarishning to‘xtab qolishi paxta tayyorlov shoxobcha
(punkt)laridan paxta xom ashyosini kеltirishda uzilish bo‘lishi,
yordamchi yoki
idish va idish matеriallari zahirasining qolmasligi natijasida yuz berishi mumkin.
Qurilish korxonalarida bozor iqtisodiyoti sharoitida uchraydigan salbiy holat
zahiralarning mе'yordan ko‘p bo‘lish xolati mavjud bo‘lishi mumkin. Bunday
hollarda boshqaruv hisobi xodimi zahiraning mе'yordan ortiqcha qismi
sarmoyaning muomaladan chiqishiga olib kelishini tushunib еtishi kеrak. Shu bilan
birga, zahiraning bu ortiqcha qismiga sarflangan sarmoya boshqa daromadliroq
soha (masalan, bankka qo‘yish yoki korxonalarga krеdit berish va x.k.)larga
yo‘naltirilganda olinishi mumkin bo‘lgan daromadni
hisoblab chiqishi va bu
ma'lumotlar asosida tegishli boshqaruv qarorlari qabul qilinishiga erishishi lozim.
Eng muhimi boshqaruv hisobi hodimlari bu salbiy xolatni oldindan ko‘ra bilishi
kеrak.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab
chiqarish zahiralarini to‘g‘ri va samarali hisobga olish korxonalarni kuchli raqobat
sharoitida samarali faoliyat ko‘rsatishiga olib kеladi.
Dostları ilə paylaş: