179
Moslashuvchan byudjetdan umumiy chetlanish (29100) va sotish bo‗yicha
umumiy chetlanishlar (64000) birgalikda statik byudjetdan salbiy chetlanishlarni
tashkil qilmoqda.
Moslashuvchan byudjet bo‗yicha chetlanishlarni yanada batafsil tahlil qilish
maqsadida to‗g‗ri xarajatlarning ikkita moddasi: asosiy materiallar va asosiy ishlab
chiqarish ishchilarining ish haqi xarajatlari bo‗yicha
chetlanishlar tahlili
o‗tkaziladi.
Moslashuvchan byudjetlar bo‗yicha chetlanishlar (2-daraja tahliliga qarang)
haqiqiy ko‗rsatkichlar bilan moslashuvchan byudjet ko‗rsatkichlari o‗rtasidagi
farqni anglatadi. Mazkur chetlanishlarning manbai (ayniqsa xarajatlar bo‗yicha)
byudjet bo‗yicha va haqiqatda sarflangan resurslar miqdori hamda bahosi bo‗yicha
chetlanishlar hisoblanadi. Mazkur chetlanishlar ikkiga, ya'ni
baho va miqdor
bo‗yicha farqlarga ajratilib, batafsil ko‗rib chiqiladi. Bu ma'lumotlar chetlanishlar
tahlilining 3-darajasiga tegishli bo‗ladi va u menejerlarga olingan natijalarni tahlil
qilish hamda korxonani istiqboldagi ishini rejalashtirishga yordam beradi.
Moslashuvchan byudjet bo‗yicha 3-daraja chetlanishlar hisob-kitobi mahsulot
ishlab chiqarishning haqiqiy hajmiga asoslanib o‗tkaziladi.
Amaliyotni o‗rganish korxona va uning bo‗linmalari (mas'uliyat markazlari)
faoliyatini baholash va nazorat qilish uchun moslashuvchan byudjet ma'lumotlari
yetarli bo‗lmasligini ko‗rsatmoqda.
Buning uchun bizningcha, unga qo‗shimcha
ravishda nazorat va baholash byudjetini tuzish lozim (22-chizma).
180
Moslashuvchan byudjet (ishlab chiqarish (sotish) hajmining o‗zgarishi)
Baholash byudjeti (mas'uliyat markazlari va xodimlar faoliyatini baholash va rag‗batlantirish
uchun)
Mas'uliyat markazlariga bog‗liq bo‗lgan va bog‗liq bo‗lmagan omillar
Vaziyatli byudjet (ssenariy sharoitlarining o‗zgarishi)
Statik
byudjet
Dostları ilə paylaş: