214
boshqaruv hisobi tizimida aks ettiriladigan risklarni boshqarish va korxonalarni
reyting baxolash kabi jabhalarga e'tiborni qaratishni talab etadi.
Ba'zi bir sanoat korxonalarini o‗z faoliyat yo‗nalishlarini o‗zgartirib xizmat
ko‗rsatish yoki ilm bilan shug‗ullanish soxasiga o‗tishi nati-jasida korxonalarning
qiymatini mulk sifatidagi ahamiyati yanada ortdi.
Hozirgi kunda korxonalar
qiymatini o‗sish jarayoni ilmga, ishbi-larmon
hamkorlar bilan samarali
munosabatlarga, korxona va uning markasi hamda mahsulotini taniqlilik
darajasiga, eng avvalo innovasiya kuchi va yangi texnologiyalarga asoslanadi.
Ta'kidlab o‗tilgan bozor sharoitidagi o‗zgarishlar boshqaruv hisobini tashkil etish,
mutaxassisini vazifalari va uni yuritish vositalari soxasida ham tegishli o‗zgarishlar
qilishni talab etmoqda (25-chizma).
Xorijiy va maxalliy tajribalarni tahlil qilib
zamonaviy biznes hisobining
axborot tizimini muhim qismi bo‗lgan boshqaruv hisobi tizimini tashkil qilishning
quyidagi 3 ta asosiy maqsadlarini ajratib ko‗rsatish mumkin:
• rejalashtirish, nazorat, baholash va korxonani uzluksiz rivojlantirish uchun
boshqaruv ma'lumotlarini yetkazib beradigan kontrolling konsepsiyasini joriy
qilish;
• moliya-iqtisod hisob-kitoblarini bajarish va samarali asoslangan boshqaruv
qarorlari
bazasini shakllantirish;
• moliyaviy menejmentni xarajatlarni boshqarish orqali korxona foydasini
boshqarish tizimi sifatida ma'lumotlarga bo‗lgan ehtiyojni
qondirish maqsadida
mahsulot, xizmat va xarajatlarning boshqa ob'ektlarini kal'kulyasiyalash.
Har bir korxona yuqorida sanab o‗tilgan maqsadlardan kelib chiqib o‗zi
uchun muhim bo‗lgan yo‗nalishlarni tanlashi va uni asosida boshqaruv hisobi
tizimini modelini ishlab chiqishi mumkin.
Boshqaruv hisobi tizimi hal qilishi lozim bo‗lgan vazifalardan eng muhimi
korxona menejmentiga o‗z biznesini boshqarishda yaqindan yordam berishdir.
Boshqaruv ma'lumotlari oddiy ma'lumotlardan farqli o‗laroq hech qachon ortiqcha
hisoblanmaydi, u o‗ta foydali va mazkur ma'lumotlarni
qiymatini anglaydigan
215
istemolchiga yo‗naltirilgan bo‗ladi. Samarali tashkil etilgan boshqaruv hisobi
tizimi oddiy ma'lumotlarni boshqaruv ma'lumotlariga aylantirib beradi.
Dostları ilə paylaş: