224
Material gurux:
• material resurslarini yetkazib beruvchilarni tanlash, materiallarni kelib
tushishi, saqlanishi va foydalanilishi ustidan nazorat qiladi;
• ishlab chiqarish faoliyatini olib borish uchun ketadigan xomashyo va
materiallarni sarflanish normasi, xomashyo va materiallarni ombordagi normasini
ishlab chiqadi;
• barcha turdagi xomashyo va materiallarning kelib tushishi,
miqdori va
ombordan berilishini hisobga olish uchun kerakli hisob registrlari va boshlang‗ich
xujjatlarning shaklini tanlash va ishlab chiqishda qatnashadi;
• xomashyo va materiallarni sarflanishi haqidagi
hisobot shakllarini ishlab
chiqadi;
• xomashyo va materiallarni kirim qilinishi va sarflanishi uchun baho
belgilaydi.
Mehnat va ish xaqi hisobi guruxi mehnatni normalashtiradi,
mehnat haqi
uchun rassenkalarni aniqlaydi, hisobning belgilangan ob'ekti bo‗yicha
mehnat
xarajatlari hisobini yuritadi, ish haqi fondini sarflanishini nazorat qiladi, mehnat
va ish haqi bo‗yicha kerakli boshlang‗ich xujjatlar, hisob registrlari va
hisobotlarning shaklini tanlash va ishlab chiqishda qatnashadi.
Ishlab
chiqarish-kal'kulyasiyalash
guruxi
xarajat
va
javobgarlik
markazlarining ro‗yxatini aniqlaydi, har bir xarajat markazi bo‗yicha xarajat
moddalarini
belgilaydi, mahsulot ishlab chiqarish va xarajatlar bo‗yicha hisob
registrlari va hisobotlar shakllarini ishlab chiqadi, xarajat markazlari va korxona
miqyosida mahsulot tannarxini kal'kulyasiyalashni o‗tkazadi, ishlab chiqarish
mablag‗laridan samarali foydalanish ustidan nazorat qiladi.
Mahsulot sotish hisobi guruxi mahsulot ishlab chiqarish
va sotish hisobini
tartibi va xaridorlarning tarkibini belgilaydi, mahsulotni sotish bo‗yicha haqiqiy
xarajatlar va sotilgan mahsulotni turlari, sotish zonalari va hokazolar bo‗yicha
tannarxini hisoblaydi, mahsulotni sotish bo‗yicha hisobot shakllarini ishlab
chiqadi, aloxida maxsulot turlari, tarkibiy bo‗linmalar va korxona miqyosida
sotishni rentabelligi va foydani aniqlaydi.
225
Analitik gurux har bir xarajat markazi, tarkibiy bo‗linmalar va korxona
miqyosida faoliyat
samaradorligini tahlil qiladi, korxona va uning barcha
bo‗linmalari bo‗yicha mablag‗larni barcha turlaridan samarali foydalanishning
qo‗shimcha imkoniyatlarini aniqlaydi, korxonaning byudjetini rejalashtirish guruxi
bilan birgalikda ishlab chiqadi.
Dostları ilə paylaş: