213
korxona miqyosidagi xujjat aylanishi va boshqaruv hisobi soxasiga ma'sul
bo‗linmalardagi barcha jarayonlarni tubdan o‗zgarishiga olib kelmoqda.
Albatta, boshqaruv hisobini yuritilishiga kelajakda ta'sir ko‗rsatadigan
o‗zgarishlarni tahlil qilish hozirgi kun uchun o‗ta dolzarb hisoblanadi. Korxona
faoliyat ko‗rsatayotgan bozor muhitida yuz berayotgan o‗zgarishlar boshqaruv
hisobiga ta'sir ko‗rsatmay qolmaydi (24-chizma).
Hozirgi kunda globalizasiyani kengayishi va qonunchilikdagi yangi
o‗zgarishlar kabi omillar korxona raxbarlariga samarali faoliyat ko‗rsatishi uchun
boshqaruv hisobi tomonidan yanada yaqindan yordam ko‗rsatishni zaruriyatga
aylantirib qo‗ymoqda.
Globalizasiyani kengayishi birinchi navbatda raqobatni kuchayishiga olib
keladi. Bu esa boshqaruvchilarni korxonani rivojlantirish bo‗yicha qabul qiladigan
qarorlariga albatta ta'sir qiladi. Raqobatning darajasi albatta boshqaruv hisobi
tomonidan chuqur o‗rganilishi, tahlil va nazorat qilinishi zarur. Boshqaruv hisobi
o‗rganishi lozim bo‗lgan masalalarga mahsulotlarni xududiy raqobatbardoshligi va
ilmni rivojlanishini xalqaro darajasini ham qo‗shish mumkin.
Dostları ilə paylaş: