Biznes o‘zi nima? Iqtisodiy adabiyotlarda «biznes» tushunchasining bir necha turi mavjud.
Biznes (ingl. business — «ish», «korxona») yoki tadbirkorlik — foyda olishga yo‘naltirilgan faoliyat; daromad yoki boshqa shaxsiy naf keltiruvchi har qanday faoliyat Inson iqtisodiy faoliyatiing eng faol shakli bu tadbirkorlik yoki biznes.
BIZNES - ishlab chiqarish yoki tovarlar sotish, xizmatlar ko‘rsatish, ishlar bajarishdan tizimli ravishda foyda olib turishga yo‘naltirilgan iqtisodiy faoliyat
Ingliz professori A. Xoskin “ ishni o‘z hisobidan olib boruvchi,biznesni boshqarish bilan shaxsan shug‘ullanuvchi va kerakli vositalar bilan ta’minlash uchun shaxsiy javobgarlikga ega, qarorni mustaqil qabul qiluvchi shaxs yakka tartibdagi tadbirkor bo‘ladi” deb izohlaydi.
Xorijiy adabiyotlarda biznes ta’rifini ko‘p turlari mavjuddir. Inson jamiyatining butun rivojlanish tarixi u yoki bu jihatdan doimo biznes bilan bog‘liq bo‘lgan.
Biznes-bu avvalo ishlab chiqarishni tashkil etish, iqtisodiy faoliyat va munosabatlar, hayotni o‘zi so‘ngra esa pul ishlash demakdir. Biznes-bu biznes faoliyatini tashkil qilish demakdir (sanoat, biznes faoliyati, savdo do‘koni, xizmat ko‘rsatish biznes faoliyati, auditorlik kontorasi, advokat idorasi, bank va x.k.).
Biznes aniq funksiyalarni taxmin qiluvchi jarayon:
Moliya va hisob kitobni boshqarish;
Kadrlar va moddiy texnik ta’minot;
Ishlab chiqarish , marketing, ilmiy tadqiqot va loyixa ishlari.