Tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq munosabatlar



Yüklə 42,39 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü42,39 Kb.
#209214

1.2. Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning huquqiy asoslari 
Tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq munosabatlar uzoq tarixiy jarayoni 
boshidan o‘tkazganligi sababli ushbu munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan 
ko‘plab normativ huquqiy hujjatlar qabul qilinib, hayotga tadbiq etib kelingan. 
Xususan, dastlab davlatlar tashkil topgan vaqtda ular o‘rtasidagi munosabatlar 
ham rivojlanib borib, davlatlar o‘rtasidagi tashqi iqtisodiy munsabatlarni tartibga 
solishga qaratilgan o‘zaro shartnomalar qabul qilinib ushbu tashqi iqtisodiy 
faoliyat bilan bog‘liq munosabatlar xalqaro shartnomalar asosida tartibga solingan. 
Binobarin, davlatlar o‘rtasidagi tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog’liq 
munosabatlarni yanada rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha bir nechta 
xalqaro tashkilotlar tuzilib, ular tomonidan normativ hujjatlar qabul qilinib, tashqi 
iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq munosabatlar tartibga solinmoqda. 
Jumladan, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar — bu xalqaro iqtisodiy 
munosabatlar sohasida biigalikda qarorlarni ishlab chiqish, tartibga solish, 
birxillashtirish (unifikatsiyalash) maqsadida xalqaro shartnomalar asosida tashkil 
etilgan tashkilotlardir
19
.
Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar Ikkinchi jahon urushidan keyin xalqaro 
iqtisodiy munosabatlami davlatlararo tartibga solishning obyektiv zaruriyati tufayli 
tashkil etilgan. Xalqaro iqtisodiy munosabatlami davlatlararo tartibga solish — bu 
turli mamlakatlar tomonidan jahon xo‘jalik aloqalari sohasida ixtiyoriy ravishda 
qabul qilinadigan umumiy majburiyat va qoidalar yig‘indisidan iborat. 
Ushbu zaruriyatning shakllanish shart-sharoitlari quyidagilardan iborat: 
bojxona tariflarini pasaytirish orqali xalqaro savdoni erkinlashtirish, jahon 
mustamlaka tizimining parchalanishi va mustaqil bo’lgan mamlakatlarning 
rivojlanishini ta’minlash, XX asming 70—80-yillaridagi neft eksport qiluvchi 
mamlakatlar siyosati tufayli sodir bo‘lgan xomashyo va energetika inqirozlari, 
rivojlanayotgan mamlakatlardagi tarkibiy inqirozlar. jahon iqtisodiyotining 
globallashuvi, mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik va aloqalaming 
19
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar: o'quv qo’llanma. A.V.Vaxabov, 
Sh.X.Xajibakiyev, Sh.I.Raxmanov, X.A.Usmanova. - Т.: «Voris-nashriyot», 2014. 252-bet 

18 
chuqurlashuvi, milliy iqtisodiy tizimlarning jahon xo‘jaligida ro‘y berayotgan 


o‘zgarishlarga moslashishi, transmilliy korporatsiyalar rolining ortishi, xalqaro 
iqtisodiy integratsiya jarayonlarining intensiv rivojlanishi, jahon sotsialistik 
tizimining parchalanishi, global muammolaming chuqurlashishi
20

Bundan tashqari, xalqaro tashkilotlar xalqaro tartibga solish doirasiga qarab 
quyidagicha tasniflanadi: 

Jahon iqtisodiyotining iqtisodiy va sanoat tarmoqlarini tartibga 
soluvchi xalqaro iqtisodiy tashkilotlari (Birlashgan Millatlar Tashkilotining 
sanoatni rivojlantirish — YuNIDO, Umumjahon turizm tashkiloti, Umumjahon 
Dengiz tashkiloti va boshqalar); 

Jahon savdosini tartibga soluvchi xalqaro iqtisodiy tashkilotlar 
(Umumjahon savdo tashkiloti, Birlashgan Millatlar Tashkilotining savdo va 
taraqqiyot konlerensiyasi — YuNKTAD, xomashyo va oziq-ovqat maqsulotlarini 
ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchi mamlakatlaming xalqaro taslidloti); 

Xalqaro moliya-kredit va valyuta tashkilotlari (Xalqaro valuta fondi, 
Jahon banki institutlari); 

Tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi xalqaro va mintaqaviy 
tashkilotlar (TMK bo’yicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti komissiyasi); 

Jahon xo’jalik aloqalarini rivojlantirishga yordam beruvchi nodavlat 
xalqaro birlashma va tashkilotlar (savdo palatalari, tadbirkorlaming xalqaro 
ittifoqlari, tarmoq federatsiyalari).
Jumladan, xalqaro tashkilotlar a’zolari sifatida faqat mustaqil davlatlar bo‘la 
oladi. Mamlakatlaming bir qismi xalqaro tashkilot a’zosi bo‘la olmaydi. 
Tashkilotning hamma a’zolari teng huquqqa ega va uning faoliyati uchun 
javobgardirlar. Ular tashkilot budjetiga a’zolik to‘lovlari o‘tkazadilar va ushbu 
to‘lovlar miqdori turlicha bo‘ladi. Masalan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti 
xarajatlarini moliyalashtirishda AQShga — 25 %, Yaponiyaga — 19,9 %, 
Germaniyaga - 9,8 %, Fransiyaga - 6,5 %, Italiyaga —5,4 %, Buyuk Britaniyaga - 
20
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar: o'quv qo’llanma. A.V.Vaxabov, 
Sh.X.Xajibakiyev, Sh.I.Raxmanov, X.A.Usmanova. - Т.: «Voris-nashriyot», 2014. 254-bet 

19 
5,1 %, Ispaniyaga - 2,6 %, qolgan mamlakatlar hisobiga — 25,7 % xarajatlar 


to‘g‘ri keladi. Xalqaro tashkilotlarda kuzatuvchi mavqeyi mavjud. Ushbu mavqe 
tashkilotga a’zo bo‘lmagan mamlakatlar uchun beriladi. 
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasining ko‘pgina 
sessiyalarida Shveytsariya kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi. Birlashgan Millatlar 
Tashkilotining 
ko‘pgina 
a’zolari Xavfsizlik Ittifoqi majlislariga o‘z 
kuzatuvchilarini yo‘llaydilar. Birlashgan Millatlar Tashkilotida qator milliy-
ozodlik harakatlariga ham kuzatuvchi statusi berilgan. Birlashgan Millatlar 
Tashkiloti organlariga maxsus uyushmalar va mintaqaviy tashkilotlar ham o‘z 
kuzatuvchilarini yuboradilar. Kuzatuvchilar asosiy majlislarda ishtirok etish va 
hujjatlami olish huquqiga ega
21

Bundan tashqari, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq munosabatlarda 
jahon savdo tashkiloti ham muhim rol o‘ynaydi. Bir so‘z bilan aytganda, a’zo 
davlatlar o‘rtasidagi savdo, tovarlar hamda xizmat ko‘rsatish sohasidagi tegishli 
munosabatlarni tartibga solishda ushbu tashkilot muhim rol o‘ynamoqda.
Jahon savdo tashkiloti ko‘p tomonlama savdo tizimining huquqiy va 
institutlashgan o‘zagidir. U ichki savdo qonunchiligi va qoidalarini rivojlantirish 
va amalga oshirish uslublarini hukumatlarga belgilab, shartnomaviy majburiyat 
tamoyillarini taqdim qiladi.
Jahon savda tashktiloga 1995-yil yanvarida asos solingan bo‘lib,
15.12.1993 
yilda 
mamlakatlar 
hukumatlari Urugvay Davrasi bo‘yicha 
muzokaralarni tugatdilar va 1994-yil aprel oyida Marrokkash (Marokko) shahrida 
erishilgan natijalarni siyosiy qo‘llashni ifoda etib, Yakunlovchi hujjatni 
imzoladilar.
Xususan, 15.04.1994 yildagi Marokash deklaratsiyasida “Urugvay Davrasi 
natijalari jahon iqtisodiyotini mustahkamlaydi va butun dunyoda savdoni
investitsiyalarni kengaytirib, ishchi kuchi bandligi, daromadlarning oʼsishiga olib 
keladi”, deb belgilab qoʼyildi. 
21
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar: o'quv qo’llanma. A.V.Vaxabov, 
Sh.X.Xajibakiyev, Sh.I.Raxmanov, X.A.Usmanova. - Т.: «Voris-nashriyot», 2014. 256-bet 

20 
Shu bilan birga, u jamoaviy bahslar, muzokaralar va taqdimlash orqali 


mamlakatlar orasidagi savdo aloqalarini rivojlantiruvchi platforma vazifasini 
bajarib kelmoqda
22

Jahon savdo tashkiloti Urugvay Davrasi natijalari ifodasi hamda Tarif va 
Savdo bo‘yicha umumiy bitim davomchisidir. Marrokash deklaratsiyasining 
kuchga kirishi Jahon savdo tashkiloti yangi xalqaro tashkilot sifatida asos solindi. 
U Jahon savdo tashkiloti bitimlariga qo‘shilgan Tovarlar savdosi, Xizmatlar 
savdosi va intellektual mulk huquqi bilan bog‘liq bitimlarning amalga oshirilishida 
ko‘mak beradi.
Xususan, Jahon savdo tashkilotiga O‘zbekiston milliy entsiklopediyasida 
keltirilgan taʼrifni keltirib o‘tish joiz. 
Binobarin, Jahon savdo tashkiloti — jahon mamlakatlarining o‘zaro savdo 
hamda savdo siyosati rejimini boshqaruvchi xalqaro tashkilot. 
Xalqaro savdoda tashkilotga aʼzo va ishtirokchi mamlakatlar uchun majburiy 
bo‘lgan tamoyillar va qoidalar belgilangan xukumatlararo ko‘p tomonlama 
shartnomalar asosida faoliyat olib boradi.
Xususan, 1995 yilda 1948—1994 yillarda ish olib borgan Tariflar va savdo 
bo‘yicha Bosh kelishuv (General Agreement on Tarifs and Trade — GATT) 
negizida tashkil qilingan. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimiga kirib, markaziy 
idorasi Shveytsariya (Jeneva)da joylashgan. Jahon savdo tashkiloti jahon savdosi 
qoidalarini ishlab chiqish yo‘li bilan davlatlar savdo siyosatiga taʼsir ko‘rsatish, 
savdo munosabatlarini erkinlashtiradigan va qat’iy tartib-qoidaga soladigan 
muzokaralar uchun yig‘ilishlar o‘tkazish, davlatlararo savdoda yuzaga keladigan 
nizolarni hal qilish va boshqalar vazifalarni bajaradi. 
Jahon savdo tashkilotining oliy organi — barcha aʼzo mamlakatlar Vazirlar 
Konferentsiyasi bo‘lib, kamida 2 yilda bir marta o‘tkaziladi. Joriy ishlarga Bosh 
kengash (tovarlar savdosi boʼyicha kengash, xizmatlar savdosi bo‘yicha kengash, 
intellektual mulk masalalari bo‘yicha kengash), sekretariat, doimiy qo‘mitalar 
rahbarlik qiladi.
22
«ВТО, Торговля будущего» ВТО Секретариат, 1995. Tarjima

21 
Jahon savdo tashkiloti faoliyati aʼzo mamlakatlarning o‘zaro manfaatlarini 


turli tadbirlar (asosan boj imtiyozlari, to‘siqlari va boshqalar)ni qo‘llash bilan 
himoya qilishga qaratilgan. Аʼzo mamlakatlar Jahon savdo tashkiloti talablarini 
bajarish bilan birga tashkilotning boshqa aʼzolariga savdoda mumkin qadar 
qulaylik berish rejimini (birinchi navbatda boj tariflarini pasaytirish) qo‘llaydi, o‘z 
ichki bozorini chet el korporatsiyalari uchun ochiq qilish majburiyatini oladi.
Jumladan, ushbu Jahon savdo tashkilotiga 133 mamlakat to‘la huquqli aʼzo 
bo‘lib, 30 mamlakat, shu jumladan Rossiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston tashkilotda 
kuzatuvchi maqomiga ega bo‘lib, 1992—1993 yillarda ushbu davlatlar tashkilotga 
aʼzo bo‘lish uchun ariza bergan
23

Bundan tashqari, yuqorida taʼkidlanganidek, Jahon savdo tashkiloti 
bitimlariga qo‘shilgan Tovarlar savdosi, Xizmatlar savdosi va intellektual mulk 
huquqi bilan bog‘liq bitimlarning amalga oshirilishida ushbu tashkilot ko‘mak 
berish vazifasini bajaradi.
Ushbu Bitimlarga ilova sifatida kiritilgan Savdo siyosatini yoritish 
mexanizmi bilan yuzaga chiquvchi ixtiloflarni bartaraf etish Shartnomasining 
qo‘llanishini amalga oshiradi
24

Yuqorida taʼkidlanganidek, ko‘p tomonlama savdo muzokaralari bo‘yicha 
Urugvay Davrasi natijalarini o‘zida mujassam etgan Yakunlovchi xujjat Jahon 
savdo tashkilotini tashkil etish bo‘yicha Bitimni ham o‘z ichga oldi.
Jahon savdo tashkiloti Bitimiga to‘rtta ilova o‘zgartirishlar kiritilgan ikki 
matnni – 1947-yilda qabul qilingan Tarif va Savdo bo‘yicha umumiy bitim va 
yangi bitimlar, jumladan, Xizmatlar savdosi va intellektual mulk huquqini himoya 
etish bitimlarini o‘z ichiga olgan . 
Jumladan, ikkinchi jahon urushidan so‘ng davlatlar o‘rtasidagi savdo 
munosabatlari rivojlana borgan. Jahon savdo tashkiloti esa 1995-yilda tashkil 
etilgan. Dunyo tarixida tub burilish yasagan voqeadan so‘ng davlatlar o‘rtasidagi 
qariyib yarim asrlik muddatda ushbu yuqorida ko‘rsatilgan davlatlar o‘rtasidagi 
23
Oʼzbekiston Milliy entsiklopediyasi. www.ziyouz.com kutubxonasi 
24
Дж. Мирогианнис. "5 лет после Punta del Este. Новые переговоры в Уругвае ". "Сотрудничество 
Севера-Юга ", Афины, июль.1992 года 

22 
tarif, savdo, xizmatlar savdosi hamda intelektual mulk bilan bog‘liq 


munosabatlarni tartibga solishda 1947-yilda qabul qilingan Tarif va savdo bo‘yicha 
umumiy bitim hamda Xizmatlar savdosi va intelektual mulk huquqini himoya 
qilish bo‘yicha bitimlar qo‘llanilgan. 
Maʼlumki, maʼlum bir ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish yuzasidan 
normativ huquqiy hujjatlar yoki boshqacha aytganda taraflar uchun ularning huquq 
va majburiyatlarini belgilab beradigan hujjatlar qabul qilinib, ushbu sohalar 
tartibga solinadi.
Shu sababli, yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlar yuqorida keltirilgan 
munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan.
Binobarin, Jahon savdo tashkiloti tomonidan qabul qilingan birinchi Nizom 
tarkibida birinchi ilova sifatida Tovarlar savdosi haqida umumiy BitimIV nomli 
ilovada esa Xizmatlar savdosi haqida umumiy Bitim, 1S nomli ilovada Savdo 
haqida Bitim hamda intellektual mulk huquqi bilan bogʼliq jihatlar (TRIPs) 
tartibga solingan.
Shuningdek, Jahon savdo tashkilotini Ikkinchi Nizomi ixtiloflarni bartaraf 
etishni nazorat etuvchi qoida va jarayonlar bo‘yicha Bitim hisoblanadi
25

Bundan tashqari, uchinchi Nizomda savdo siyosatini ko‘rib chiqish 
mexanizmi bilan bogʼliq munosabatlar tartibga solinadi. 
To‘rtinchi nizomda esa Jahon savdo tashkilotining barcha aʼzo davlatlar 
tomonidan imzolangan koʼp tomonlama Savdo Bitimini oʼz ichiga oladi. 
Shu bilan birga, mazkur Savdo Bitimida “…ushbu bitmlarni qabul qilmagan 
aʼzo mamlakatlarga hech qanday majburiyat yoki huquq yuklamaydi» deb qayd 
etilgan
26
.
Yuqorida keltirilgan А, V, S nomli uch ilovada keltirilgan Bitimlar barcha 
aʼzo davlatlar uchun bog‘lovchi vazifasini o‘taydi (har tomonlama savdo 
bitimlari). 
25
ДР. ДЖОРДЖ МИРОГИАННИС SIPCA лойиҳаси бош эксперти фикри 2-бет. 
www.uzbearingpoint.com

26
«ВТО. Руководство для новичков». Eptalofos ed., 2000, Афины-Греция (Англ.) 

23 
Bundan tashqari, Fuqarolik samolyotlari savdosi haqida Bitim, Davlat 
taʼminotlari haqida Bitim, Sut mahsulotlari haqida xalqaro Bitim, Mol goʼshti 
haqida Bitimlar esa faqat imzo chekkan davlatlarnigina birlashtiradi. 
Xususan, Savdo va tariflar boʼyicha asosiy kelishuvning avvalgi nizomlari 
Tovarlar savdosi haqida Bitimga (1А Ilova) kiritilgan.
Binobarin, 1А Ilova Savdo va tariflar bo‘yicha asosiy kelishuvning 1994-
yildagi Urugvay Davrasigacha bo‘lgan Savdo va ta’riflar bo‘yicha asosiy 
kelishuvning maxsus protokol, qarorlar va tushunchalarni o‘z ichiga oladi. 
1994-yildagi Savdo va tariflar bo‘yicha asosiy kelishuvning Tovarlar savdosi 
haqida Bitim qarorlari Jahon savdo tashkiloti bitimlari 1А Ilovasiga kiritilgan 
bo‘lib, ular quyidagilar:
Savdoda texnik toʼsiqlar haqida bitim Bojxona bahosi haqida bitim (1994-
yildagi Savdo va tariflar bo‘yicha asosiy kelishuvning VII bandining bajarilishi) 
kelib chiqish joyi haqida bitim;
Importni litsenziyalash jarayonlari haqida bitim;
Yuklashdan oldingi tekshirish haqida bitim;
Himoya choralari haqida bitim;
Sanitar va fitosanitar tadbirlarni qoʼllash haqida bitim; 
Subsidiyalash va kompensatsiyalash tadbirlari haqida bitim; 
Аntidemping va kompensatsion boj haqida bitim (1994-yildagi Savdo va 
tariflar boʼyicha asosiy kelishuvning VII bandining bajarilishi) Sado bilan bog‘liq 
investitsion tadbirlar haqida bitim; 
Tekstil va kiyim haqida bitim;
Qishloq xo‘jaligi haqida bitim.
Binobarin, Jahon savdo tashkilotining Savdo va tariflar bo‘yicha asosiy 
kelishuvdan farqi nafaqat aʼzo mamlakatlar sonida (1994-yil yakunida Savdo va 
tariflar bo‘yicha asosiy kelishuvda 128 ta, Jahon savdo tashkilotida esa 2003 

24 
yilda)balki Jahon savdo tashkiloti nizomida qo‘llanishi ko‘rsatilgan tijorat faoliyati 


va savdo siyosatini keng qamrab olganligida ko‘rinadi
27
.
Jumladan, savdo va tariflar bo‘yicha asosiy kelishuv faqat tovar savdosi 
masalalari bilan shug‘ullangan, Jahon savdo tashkiloti esa kengroq sohalarga 
tadbiq qilinib, tovar va xizmatlar savdosi hamda intellektual mulk huquqi savdosini 
qamrab oldi. Аmerika Qo‘shma Shtatlari Аfrikaning imkoniyatlari va o‘sishi 
haqida Аkt qabul qilgan. 2001-yil noyabrida Dohada (Qatar) Jahon savdo tashkiloti 
aʼzo mamlakatlari Doha davrasi muzokaralarini boshladilar.
Xususan, bu bilan ular kambag‘allikka qarshi kurashda o‘sishga erishish 
uchun boy mamlakatlar bozorlarini rivojlanayotgan mamlakatlar tovarlari uchun 
ancha ochiq boʼlishini, hamda rivojlanayotgan mamlakatlar ham o‘z bozorlarini 
ochishlari va institutsional muammo va masalalarni ko‘rib chiqishlari kerakligini 
tan oldilar. 
Mamlakamtimizda oxirgi yillarda JST ga a’zo bo‘lish maqsadida bir qator 
izchil ma’muriy, siyosiy va iqtisodiy islohotlar amalga oshirilmoqda. JST ning 
belgilangan nizom talablariga javob berish maqsadida yurtimizda savdo tartib-
taomillarini soddalashtirish maqsadida normativ-huquqiy hujjatlar ishlab 
chiqilmoqda.
Jumladan joriy yilning 27-yanvarida regulation.gov.uz saytiga “O‘zbekiston 
Respublikasining Savdo tartib-taomillarini soddalashtirish bo‘yicha milliy 
qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi
Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasining JSTga a’zo bo‘lish jarayonini 
tezlashtirish va milliy qonunchilikni JSTning Savdo tartib-taomillarini 
soddalashtirish 
to‘g‘risidagi 
Bitimining 
23.2-moddasi 
qoidalariga 
muvofiqlashtirish maqsadida ishlab chiqilgan.
Jahon savdo tashkilotining Savdo tartib-taomillarini soddalashtirish bo‘yicha 
Bitimi 23-moddasida a’zo davlatlar tomonidan savdoda ishtirok qiluvchi (tashqi 
savdo, moliya, xususiy sektor) va chegarada nazorat qiluvchi (bojxona, karantin, 
sertifikat) idoralar ishtirokida Savdo tartibotlarini soddalashtirish bo‘yicha milliy 
qo‘mitalar tuzish lozimligi to‘g‘risida qoida belgilangan. 
Ushbu qarorning xalq muhokamasi jarayoni joriy yilning 11-fevralida 
yakunlandi. Muhokama jarayonida olimlar, izlanuvchilar, ushbu sohaning yetuk 
mutaxassislari, shuningdek fuqarolar tomonidan qarorni yanada takomillashtirish 
yuzasidan taklif va xulosalar berildi. Yaqin kunlarda ushbu qarorning qabul 
qilinishi kutilmoqda.
Yüklə 42,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin