21-chizma.
Korxonalarda moslashuvchan byudjetni shakllantirish jarayoni
ketma-ketligi
Statik byudjetlarni shakllantirish
Korxona xarajatlarini doimiy va o‗zgaruvchan xarajatlarga
ajratish va uni tasdiqlash
O‗zgaruvchan xarajatlar moddalarining tushumga bog‗liqlik
koeffisientini hisob-kitob qilish
Moslashuvchan byudjetda statik byudjet uchun ustunlar ajratish
Moslashuvchan byudjetni tuzish va chetlanishlar tahlilini
o‗tkazish
172
Byudjet ma'lumotlari bashorat qilinayotgan sotish hajmiga ko‗ra
hisoblangan xarajatlarni o‗z ichiga oladi. Haqiqatda sarflangan xarajatlar esa
mahsulotning haqiqiy hajmiga tegishli bo‗ladi, shuning uchun ham ularni
taqqoslash to‗g‗ri bo‗lmaydi. Ayniqsa, bu holat xarajatlarining katta qismi
o‗zgaruvchan (shartli o‗zgaruvchan) xarajatlardan iborat bo‗lgan paxta tozalash
korxonalari uchun o‗ta muhimdir.
Byudjet ko‗rsatkichlari va haqiqiy ko‗rsatkichlarni taqqoslash uchun ular
yagona sotish hajmiga taalluqli bo‗lishi lozim. Shuning uchun chetlanishlar
bo‗yicha javobgarlikni mas'uliyat markazlari o‗rtasida taqsimlash haqida qarorlar
qabul qilishdan oldin statik byudjet ma'lumotlariga haqiqiy sotish hajmidan kelib
chiqib, moslashuvchan byudjetlar orqali tegishli tuzatish kiritish maqsadga
muvofiq bo‗ladi.
Tahlillar moslashuvchan byudjet turli miqdordagi mahsulotlarni sotishdan
olinadigan tushumlarga ega bo‗lish uchun sarflanadigan xarajatlarni hisob-kitob
qilish va byudjet ma'lumotlari tushum hajmining o‗zgarishi natijasida yuzaga
kelgan haqiqiy ma'lumotlardan chetlanishlarini aniqlashga imkon berishini
ko‗rsatmoqda.
Shuni ham ta'kidlash joizki, korxonada sotishdan olinadigan tushum
dinamikasi barqaror bo‗lmaganda rejalashtirish jarayonida moslashuvchan
byudjetlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Rejalashtirishning birinchi bosqichida mahsulot sotishdan olinadigan tushum
tahlil qilinadi va mahsulot rejasi tuziladi. So‗ngra byudjet davri uchun haqiqiy va
reja tushum hajmi aniqlanadi. Haqiqiy tushumni rejaga nisbatan chetlanishi o‗z
navbatida quyidagilarga bo‗linadi:
- reja bilan moslashuvchan byudjet o‗rtasidagi chetlanishlar;
- moslashuvchan byudjet bilan haqiqiy byudjet ko‗rsatkichlari o‗rtasidagi
chetlanishlar.
Moslashuvchan byudjetni tahlil qilish tuzilgan birlamchi statik byudjet, ya'ni
korxona faoliyatining ma'lum bir darajasiga ko‗ra hisoblangan byudjet asosida
amalga oshiriladi. Statik byudjet tuzilganda yuqorida ta'kidlanganidek, daromadlar
173
va xarajatlar sotishni aniq bir darajasidan kelib chiqib rejalashtiriladi. Statik
byudjet bilan haqiqatda erishilgan natijalar solishtirilganda korxona faoliyatining
real holati hisobga olinmaydi, ya'ni barcha haqiqiy natijalar mahsulot sotishning
qanday hajmiga erishilganidan qat'i nazar prognozlashtirilayotgan ko‗rsatkichlar
bilan taqqoslanadi. Moslashuvchan byudjet korxona faoliyatini aniq bir darajasi
uchun emas, balki uni ma'lum bir diapazoni uchun tuziladi, ya'ni unda sotish
hajmining bir necha muqobil variantlari nazarda tutiladi. Mahsulot sotishda
erishish mumkin bo‗lgan har bir daraja uchun sarflanadigan xarajatlar miqdori
aniqlanadi. Moslashuvchan byudjetda mahsulot sotish miqdorining o‗zgarishiga
ko‗ra xarajatlarning o‗zgarishi hisobga olinadi. U erishilgan natijalarni
rejalashtirilgan ko‗rsatkichlar bilan taqqoslash uchun dinamik baza hisoblanadi.
Tadqiqotlar moslashuvchan byudjet tuzishda eng maqbul variant sotish
hajmi o‗zgarishining har bir xarajat turiga ta'sirini tahlil qilish natijalari asosida
byudjet tuzish ekanligini ko‗rsatdi.
O‗zgaruvchan xarajatlar uchun bir birlik mahsulotga to‗g‗ri keluvchi me'yor
aniqlanadi, ya'ni o‗zgaruvchan xarajatlarning solishtirma og‗irligi hisob-kitob
qilinadi. Ushbu me'yor asosida moslashuvchan byudjetda sotish miqdoridan kelib
chiqib o‗zgaruvchan xarajatlarning umumiy summasi aniqlanadi. Doimiy xarajatlar
miqdori ishlab chiqarish va sotish hajmiga bog‗liq bo‗lmaydi. Shuning uchun ular
statik va moslashuvchan byudjetlarda bir xil miqdorda aks ettiriladi.
Shuningdek, statik byudjet yordamida korxonalar faoliyatini to‗liq va chuqur
tahlil qilish imkoni bo‗lmaydi, faqatgina moslashuvchan byudjet yordamida bunga
erishish mumkin.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, moslashuvchan byudjetni tadqiqotimiz
ob'ekti bo‗lgan paxta tozalash sanoatida qo‗llash yaxshi samara beradi degan
xulosaga kelish mumkin. Chunki bu tarmoq korxonalarida moliyaviy-xo‗jalik
faoliyati natijalarini oldindan prognoz qilishning imkoni yo‗q, chunki unga
xomashyo yetkazib beruvchi qishloq xo‗jaligi tarmog‗ining faoliyati ko‗p jihatdan
ob-havoga bog‗liq bo‗ladi. Shuning uchun ham ko‗rsatkichlarni ma'lum bir
174
oraliqdagi
miqdorini
prognozlashtirish
lozim.
Bunga
moslashuvchan
byudjetlashtirishni joriy etish orqali erishish mumkin.
Moslashuvchan byudjet «Mabodo, ......holat yuz bersa» tamoyili asosida
tuziladi, ya'ni moslashuvchan byudjet o‗zida turli prognozlarga asoslanib tuzilgan
bir necha variantdagi statik byudjetlarni qamrab oladi. Kelajakda qanday voqealar
sodir bo‗lishidan qat'iy nazar byudjetlarni qayta ko‗rib chiqish va ularga tegishli
o‗zgartirishlar kiritishga zarurat bo‗lmaydi. Amalga oshayotgan prognozga
asoslangan byudjet variantini qat'iy ravishda bajarishi kerak bo‗ladi.
Moslashuvchan byudjetlardan yuz berishi mumkin bo‗lgan ko‗zda
tutilmagan holatlar sharoitida faoliyatni rejalashtirishda, turli xo‗jalik sharoitlarini
baholash va tahlil qilishda ham foydalanish mumkin.
Ixtisoslikka oid ilmiy va o‗quv-uslubiy adabiyotlarni o‗rganish
moslashuvchan va statik byudjetlarni tuzish hamda ular bo‗yicha chetlanishlar
tahlilining o‗tkazish tartibi boshqaruv hisobi sohasidagi yetuk xorijlik iqtisodchi
olimlar, jumladan, Ch. Xorngren, J. Foster va Sh. Datar tomonidan batafsil yoritib
berilganligini ko‗rsatdi. Muallif ushbu olimlarning mazkur uslubini paxta tozalash
korxonalarida qo‗llash tegishli samara beradi deb hisoblaydi.
Unga ko‗ra moslashuvchan va statik byudjetlar tahlili batafsillik darajasiga
ko‗ra farqlanadi. Chetlanishlar tahlilida tahlilning har bir darajasi oldingi darajani
to‗ldiradi, ya'ni 0-darajadagi tahlilning batafsillik darajasi eng past hisoblanadi va
1-darajadagi tahlilda unga nisbatan ko‗proq ma'lumot bo‗ladi va h.k. (22-chizma).
Statik byudjetdan chetlanishlar haqiqiy va rejalashtirilgan ko‗rsatkichlar
o‗rtasidagi farqdan iboratdir.
X korxonasining 2020 yilning mart oyi statik byudjetidan chetlanishlarning
0 va 1-daraja tahlili quyida 12-jadvalda keltirilgan.
Chetlanishlarning 0-daraja tahlilida eng kam miqdordagi qiymatlar ya'ni
haqiqiy va rejalashtirilgan operasion foydalar taqqoslanadi. Misolimizda
haqiqatdagi operasion foyda statik byudjetda belgilangan operasion foydaga
nisbatan 93100 so‗mga kam bo‗lgan.
175
0-daraja
1-daraja
2-daraja
3-daraja
Dostları ilə paylaş: |