171
Royal Dutch/Shell Group kompaniyasi ushbu yuz bergan sharoitda ham boshqa
korxonalarga nisbatan yaxshiroq rivojlana boshlagan.
Xorij tajribasi va mamlakatimiz amaliyotini o‗rganish korxonalarda statik va
moslashuvchan byudjetlarni tuzish, ular o‗rtasidagi chetlanishlarni tahlil qilish
muhim ahamiyat kasb etishini ko‗rsatdi. Agar o‗zgaruvchan xarajatlarning haqiqiy
miqdori statik byudjetdagidan farq qilsa, lekin moslashuvchan byudjetdagi reja
ko‗rsatkichlaridan oshmasa, u holda mazkur chetlanishni me'yoriy yoki maqbul
deb hisoblash mumkin.
Xarajatlarni moslashuvchan byudjetdagi reja ko‗rsatkichlaridan oldindan
belgilangan summaga ortishi mazkur chetlanishni yuzaga kelishiga sabab bo‗lgan
omillarni aniqlash maqsadida batafsil ko‗rib chiqiladi.
Shuni ham ta'kidlash kerakki, moslashuvchan byudjetlashtirish vositasini
byudjetning oxirgi bosqichda tasdiqlashdan oldin variasion tahlil doirasida ham
qo‗llash maqsadga muvofiq bo‗ladi.
Bayon qilingan fikr-mulohazalarni umumlashtirish asosida paxta tozalash
korxonalari uchun moslashuvchan byudjetni shakllantirish jarayonini quyidagi
ketma-ketligi tavsiya etiladi (21-chizma).
Dostları ilə paylaş: