5-laboratoriya ishi.Birlamchi o't o'chirish vositalarini o'rganish
g). Karbonat angidirid - : inert, rangsiz, havodan 1,5 marta og’ir gaz. 0 ºS va 3,6 MPa bosimda suyuq holatga o’tadi va uglekislota deb ataladi. Qisilgan holdan tashqariga chiqsa 500 marta kengayadi va qor shakliga o’tadi, temperaturasi – 80 ºS teng bo’ladi. Qattiq holatdan to’g’ri bo’g’ holatga o’tishi mumkin, 1 kilogrammdan 509 litr bug’ hosil bo’ladi. Karbonat angidirid kichik yong’inlarni o’chirishda asosiy qo’llaniladigan vositadir. Elektr o’tkazmaslik xususiyatiga ko’ra elektrodvigatel va boshqa elektrotexnik qurilmalarda yong’in uchirishda yagona vosita hisoblanadi. U po’lat ballonlarda suyultirilgan holatda bosim ostida saqlanadi.