Yonuvchi moddalarni yonmaydigan moddalar bilan aralashtirish;
Yonish jarayonidagi kimiyoviy reaksiyalar tezligini jadal susaytirish;
Alangani mexanik ta’sir (kuchli suv yoki gaz oqimi) bilan yo’qotish .
Yong’inni o’chirishda juda keng miqyosda suv, suv bug’i, kimyoviy va mexanik ko’pik, galoid uglevodorodlarning suvli emulsiyalari, karbonat angidirid, inert gazlar, siqilgan havo va har xil poroshoklar qo’llaniladi.
5.2.1. Yong’inni o’chiruvchi moddalar yong’inni o’chirish xususiyatlari bo’yicha quyidagicha guruhlanadilar:
a) sovutuvchilar (suv, xlor to’rt uglerodi va boshqalar kiradi);
b) kislorod yo’lini to’suvchilar (ko’piklar, poroshoklar va boshqalar);
v) kislorod konsentratsiyasini pasaytiruvchilar (suv, suv bug’i, karbonat angidirid va boshqalar);
g) yonish jarayoniga kimiyoviy ta’sir qilib susaytiruvchilar (galoid uglevodorodlardan brom etil, metil va boshqalar).
5.2.2. Yong’inni o’chiruvchi moddalar agregat holati bo’yicha quyidagicha guruhlanadilar:
a) gazsimonlar ( azot, karbonat angidirid, inert gazlar, suv bug’i va boshqalar);
b) suyuq holatdagilar (suv, xlor to’rt uglerodi, brom etil);
v) qattiq yoki poroshoksimonlar (kalsiy soda, flyuslar, quruq qum va tuproq)
g) aralash holdagilar (suyuqlik bilan gazsimon-ko’piklar, qattiq moddalar bilan karbonat angidirid gazi, yoki poroshoksimon moddalar bilan havo aralashmasi).
Dostları ilə paylaş: |