Zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi



Yüklə 1,69 Mb.
səhifə25/61
tarix04.02.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#82810
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   61
3 5 SOG\'LOMLASHTIRISH JISMONIY TARBIYA TADBIRLARINI TASHKIL ETISH

Sport mashqlari mushaklarni mustahkamlashga, suyak, yurak-qon tomir, asab tizimini rivojlantirishga yordam beradigan mashqlardir.
Ochiq havoda tashkil etiladigan jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida bolalarni sport mashqlari va sport o‘yinlari elementlariga o‘rgatiladi. Bu ishni, asosan, tarbiyachi olib boradi, lekin bolalarning sport mashqlarini bajarish malakalarini egallab va sport o‘yinlarini o‘ynashni bilib olishlari uchun ularni doimo sayrlar vaqtida takrorlash va mustahkamlab borish kerak.
Ob-havo sharoiti, sport jihozlarining bor-yo‘qligi, bolalarning u yoki bu sport o‘yini va mashqlarini egallab olish darajasiga qarab, tarbiyachi rejada ko‘rsatilagn sport turlarini hafta bo‘yicha (ertalabki va kechki) hamma sayrlarga taqsimlaydi. Ayrim hollarda bolalar bir necha o‘yin turlarini mashq qilishlari mumkin. Masalan, ba’zi birlari velosiped uchadilar, ayrimlari stol tennisi va badminton o‘ynaydilar, so‘ng o‘zaro o‘rin almashadilar,
Dastlab tarbiyachi sport o‘yinlari va mashqlarida ishtirok etishga jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida mashqni etarlicha o‘zlashtirmagan bolalarni jalb etadi.
Keyinroq esa hamma bolalarning faol bo‘lishini ta’minlashga harakat qilishi kerak. Bolalar faqat sport o‘yinlari elementini o‘zlashtirib olishlarigina emas, balki ularning asosiy qoidalarini foydalanayotgan sport inventarlari qismlarining nomini o‘zlashtirishlari, ularni asrab-avaylab, saqlashni ham bilishlari lozim. Agar tarbiyachining o‘zi sport o‘yinlarida faol ishtirok etib, bolalarning xatti-harakatiga rahbarlik qilsa, sport o‘yinlariga o‘rgatish ancha tezlashadi.


Milliy harakatli o‘yinlarni mashg‘ulotlar davomida qo‘llash bolalarda katta qiziqish uyg‘otadi, ularning kayfiyati va boshqa ruhiy sifatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.


Tariximizdan meros bo‘lib qolgan o‘zbek xalq milliy o‘yinlarini hayotga tadbiq etishga keng yo‘l ochib berilishi, ularning ommaviy tus oldirilishi, oilada, maktabgacha ta’lim muassasalarida, maktablarda, dam olish joylarida, har xil marosim va bayramlarda ularni tashkillashtirish o‘sib kelayotgan yoshlar tarbiyasiga ijobiy ta’sir etishi muqarrardir.
Milliy xalq o‘yinlari qadim-qadim zamonlardan buyon xalq marosimlari, urf-odatlarida mustaqil bir soha sifatidagi musobaqalarda, baxshilarda keng qo‘llangan bo‘lib, ming yillar davomida rivojlanib, tokomillashib kelgan.
Ming yillar davomida bizgacha etib kelgan o‘zbek milliy xalq o‘yinlari: «Otda chopish», «Qiz quvlash», «Uloq», «Kamonda otish», «Xo‘roz jangi», «Besh tosh», «Sapalak», «Jambalak hola», «Kurash», «Kim tez o‘raydi», «Chillak» va boshqa ko‘plab o‘yinlar orqali botirlik, epchillik, muvozanatni saqlash sifatlarini rivojlantirishda, hamda qaddi-qomatni shakllantirish, axloq odob, ong, xotira, diqqat kabi xislatlarni sayqal toptirishda va, albatta, sog‘liqni mustahkamlashda eng samarali vosita bo‘lib kelgan.
Xalq milliy o‘yinlari, jumladan, o‘zbek milliy o‘yinlari barcha xalq elatlari kashfiyotlari kabi (musiqa, kulolchilik, gilam to‘qish asboblari, ashula va raqs va boshqalar) insoniyat tarixining turli ijtimoiy iqtisodiy bosqichlarida taraqqiy etgan o‘ziga xos xususiyatlari asosida ixtiro qilingan va shakllanib kelgan O‘zbek xalq o‘yinlarining o‘ziga xos urf- odatlaridan, turmush sharoitlaridan, yashash iqlimi, tarixiy obidalar, atrof-muhit sharoitidan kelib chiqqan bo‘lib, kishilarning Yosh, jins, salomatligiga ko‘ra qo‘llangan, lekin shu vaqtgacha aksariyat mutaxassislar o‘zbek xalq o‘yinlariga alohida tasnif (klassifikatsiya) va tavsif (xarakteristika) berishni ko‘zda tutmaganlar yoki etarli darajada ahamiyat bermaganlar.
Ta’kidlash joizki, agar shunday tasnif va tavsif berilsa, o‘zbek xalq o‘yinlari, umuman olganda, harakatli o‘yinlar ancha yutuqqa ega bo‘lgan edi. Chunki har bir o‘yinning tasnifini va tavsifini bilgan holdagina undan foydalanish zaruriyati ham, joyi xam to‘g‘ri belgilanadi.
Ma’lumki, o‘zbek xalq o‘yinlari o‘z ichiga harakat jihatidan har xil jismoniy sifatlarni rivojlantirishga Yo‘naltirilganligi bilan ajratilib turadi. Shu bois, ularning yo‘nalishlari bo‘yicha ajrata bilish lozim. Demak, ularni tasniflash (klassifikasiyalash) zarurati tug‘iladi.



Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin