Mazmunli o‘yinlarni tushuntirish. Tarbiyachining vazifasi bolalar ko‘z o‘ngida o‘yin vaziyatining ko‘rgazmali manzarasini gavdalantirishdan, o‘yin obrazlarini yorqin tasvirlashdan, bolalar tasavvuri va hislariga ta’sir etishdan, ularning ijodiy tashabbusni faollashtirishdan iboratdir. Buning uchun kichik guruhlarda o‘yinchoq va hikoyadan foydalanishi mumkin.
O‘rta guruhlarda - tanish o‘yinni taklif etib, qoidalarini eslatib o‘tish bilan cheklanish kifoya.
Katta guruhlarda o‘yin mazmunini eslashni bolalarning o‘zlariga taklif etish maqsadga muvofiqdir. Ulardan biri o‘yin harakatlarining borishini baYon qiladi, ikkinchisi qoidalarni sanab beradi. Keyinchalik bolalar o‘zlari tarbiyachining yordamisiz o‘yinni tashkil eta boshlaydilar.
O‘yinda rollarni taqsimlash. Tarbiyachi pedagogik vazifalarga amal qilib (yangi kelgan bolani rag‘batlantirish yoki, aksincha, faol bola misolida botir bo‘lish qanchalik muhim ekanligini isbotlash yoki o‘ziga ishongan bola iltimosini rad etib, bu rolni qo‘rqib turgan tortinchoq bolaga topshirish) boshlovchi tayin etishi yoki bolalarni xursand qilgan holda o‘yinga o‘zi kirishib, o‘z zimmasiga boshlovchi Yoki oddiy ishtirokchi rolini oladi.
Shuningdek, boshlovchi saylashni bolalarni o‘ziga havola etishi va ulardan bu rolni mazkur bolaga nima uchun topshirganlarini tushuntirib berishlarini so‘rashi mumkin.
Kichik guruhda boshlovchi rolini tarbiyachini o‘zi bajaradi. O‘yin jarayonida tarbiyachi bolalar harakati va o‘zaro munosabatlar, qoidalarini bajarilishini kuzatib boradi, qisqacha ko‘rsatmalar beradi, bolalarning hissiy holatlarini boshqarib boradi. Qoidaning ayrim bolalar tomonidan buzilishi haqida o‘yinni qayta o‘tkazishdan oldin gapiradi.
O‘yinni yakunlash. Harakatli o‘yin jismoniy yuklamani kamaytiradigan holga keltiradigan umumiy yurish bilan tugallanadi. Yurishni ahamiyatiga ko‘ra bir xil bo‘lgan kam harakatli o‘yin bilan almashtirish ham mumkin.
O‘yin tugagan zahoti uning yakunini chiqarish kerak emas, bolaning tez harakatdan dam olishga asta-sekin o‘tmasligi yurak faoliyatini va butun organizmiga noxush ta’sir etadi. Tarbiyachi o‘yinni baholashida uning ijobiiy tomonlarini ta’kidlaydi, o‘z rollarini muvaffaqiyatli bajargan, jasurlik, chidamlilik, o‘zaro o‘rtoqlik yordami ko‘rsatgan bolalar nomini aytadi va qoidalarning buzilishi hamda bolalarning shu bilan bog‘liq harakatini kuyinib ko‘rsatib o‘tadi.
Katta guruhlarda tarbiyachi bolalarni harakatli o‘yinlarni mustaqil tashkil etishga tayyorlaydi, bunda o‘yinlarning borishini va, ayniqsa, qoidalarning bajarilishini hamda bolalar o‘rtasidagi munosabatlarni kuzatib boradi. U bolalarga harakatli o‘yin variantlarini uning mazmuni, qoidasini, o‘yin harakatlarini o‘zgartirgan holda o‘ylab topish, keyinchalik yangi o‘zi o‘ylab o‘yin topish kabi topshiriqlar beradi.
Katta guruh bolalarida mustaqillik, tashkilotchilik malakasini tarbiyalash maqsadida tarbiyachi ularga kichik guruh bolalari bilan o‘yin tashkil etishini taklif etadi. O‘yin kichik guruh tarbiyachisi kuzatuvi ostida o‘tkaziladi.
Harakatli o‘yinlar bolalarni har tomonlama tarbiyalashda muhim ahamiyatga egadir. O‘yin faoliyati qaysi shaklda ifodalanmasin bolani quvontiradi, ularda ijobiy hislarni uyg‘otadi. Harakatli o‘yinlar bola dunyoqarashini kengaytiradi, atrof-muhitni bilishida o‘ziga xos vosita hisoblanadi.
Harakatli o‘yinlardagi qoidalar o‘yinning borishini belgilaydi, bolalar harakat faoliyatini, o‘zaro munosabatlarini yo‘lga soladi, axloqiy- irodaviy sifatlarni tarbiyalashga yordam beradi.
Har bir bolaning o‘yin qoidasini anglashi va unga rioya qilishda kattalarning rahbarligi katta ahamiyatga egadir.
O‘yinlar orqali bolalarda halollik, adolatlilik, do‘stlik, botirlik, o‘zini tuta bilish, qat’iyatlilik kabi axloqiy sifatlar tarbiyalanadi.
O‘yin faoliyatida diqqatni, idrokni rivojlantirish, tafakkur, tuShuncha va mo‘ljal olishni aniqlashtirish uchun qulay sharoit yaratiladi, o‘yinlar ijodiy xaYol, xotira, topqirlik, fikr yuritish faolligini rivojlantirishga yordam beradi. Shunday qilib, harakatli o‘yinlar bolaning aqliy rivojlanishiga yordam beradi.
Bola o‘yin faoliyati tufayli fazo va buyum voqeligini amalda o‘zlashtiradi, shu bilan birga, ularda fazoni idrok etish mexanizmining o‘zi ham o‘ta takomillashadi.
Masalan, bola tomonidan harakat yo‘nalishini mustaqil tanlash va harakatini o‘yin qoidasida qat’iy belgilangan yo‘nalishda bajarishi, bir tomondan, o‘yin vaziyatini (bevosita idrok qilinadigan) va ko‘rish-motor reaksiyasini (o‘yin harakatlarini) darhol baholashni, ikkinchi tomondan o‘z harakatlarini fazo-o‘yin muhitida anglash va tasavvur qilishni talab etadi.
Harakatli o‘yinlar bolalarda oddiy vaqt mo‘ljalini shakllantiradi. Ular quyidagilarda ifodalaniladi: o‘yin harakatlarining izchilligini tuShunib olishda avval, so‘ng, bundan keyin, bundan oldin, barini bir vaqtda kabi o‘yin topshiriqlarini signalga ko‘ra, bolalar uchun belgilangan muddat doirasida tez bajarishida ko‘rinadi. Bu o‘yinlarga bolalar fazoda mo‘ljal olishni, harakatlar izchilligi va ularga vaqt davomida amal qilishni mashq qiladi.
O‘yinlarning mazmunini, butun o‘yin vaziyatini, uning qoidalarini, personajlar harakatini mustaqil tushuntirish, bolalarning joylashish o‘rnini, o‘yin atributlarini va harakat yo‘nalishlarini fazoviy iboralarni ishlatgan holda ko‘rsatish, o‘tkazilgan o‘yinga baho berish bolalarning aqliy rivojlanishiga xizmat qiladi.
Harakatli o‘yinlar katta yoshidagi bolalarda ijodiylikni rivojlanishi uchun qulaylik yaratadi. Bunda bolalar eshitgan ertaklari mazmuni asosida kichik o‘yinlarni o‘ylab topishlari mumkin bo‘lgan harakatli o‘yinlar o‘z mazmuni va shakliga ko‘ra estetik faoliyat hisoblanadi. O‘yin harakatlarining rang-barangligi ularni bolalarning aniq chaqqonlik bilan, o‘ziga xos ifodali bajarishlarida aks etadi. Harakatli o‘yinlarda musiqani qo‘llash ham katta estetik ahamiyatga egadir.
Harakatli o‘yinlarni o‘tkazishda harakatlar go‘zalligini va madaniyatini unutmaslik kerak: diqqatni harakatlari birmuncha ifodali bolalarga qaratish, obrazlarni ifodali, muvaffaqiyatli bera olganlarni rag‘batlantirish kerak.
Buturli emotsional harakatlardan iborat murakkab faoliyatdir. Bu faoliyat belgilangan qoidalar asosida to‘satdan o‘zgaradigan sharoit va vaziyatlarda bajariladi. Harakatli o‘yin shug‘ullanuvchilar faoliyatini tashkil etish va boshqarish xususiyatlari bilan farqlanadi.
O‘yin davomida to‘satdan o‘zgaradigan vaziyatlarda harakat qilish va tezkorlik, chaqqonlik (chalg‘itish, «tuzoq»dan qochish kabi jismoniy fazilatlar namoYon bo‘ladi.
O‘yin paytida bolalar faoliyati obrazli syujet yoki o‘yin vazifalari asosida tashkil etiladi va bu bolaning jismoniy mashqlarni ishtiyoq bilan va uzoq muddat bajarishi uchun ijobiy hislar uyg‘otadi. Bu, o‘z navbatida, ularning organizmga ijobiy ta’sirni kuchaytiradi hamda chidamlilikni rivojlantirishga yordam beradi.
O‘yin qoidalariga rioya qilish, axloqiy fazilatlar (o‘zaro yordam, ongli intizom va h.k.)ni tarbiyalashga yordam beradi. O‘yin faoliyatida majmua harakteriga ega turli harakatlar uyg‘unligi (yugurish, sakrash va h.k.) ko‘riladi.
O‘yinlardan, ayniqsa, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan olib boriladigan ishda foydalanish yaxshi natijalarni beradi.
Harakatli o‘yinlar muhim ahamiyatga ega bo‘lgan kompleks ta’lim-tarbiya jaraYonidir. Bu jarayonning asosini tashkil etuvchi bolalarning harakat faoliyati jismoniy rivojlanishga, harakat ko‘nikmalari va jismoniy sifatlarning shakllanishiga, organizmning funksional faoliyatini oshirgan va emotsional quvnoqlik tuyg‘ularini kuchaytirgan holda salomatlikni mustahkamlashga ijobiy ta’sir etadi. Harakatli o‘yinlar jismoniy tarbiyaning asosiy vositalari va metodlaridan biri sifatida yuqorida sanab o‘tilgan vazifalarni samarali hal etishga yordam beradi.
Harakatli o‘yinlarni o‘tkazishda erishiladigan sog‘lomlashtirish samarasi bolalarning o‘yin faoliyati jarayonida yuzaga keladigan va bola psixikasiga yaxshi ta’sir etadigan ijobiy emotsiyalar bilan uzviy bog‘liqdir. Emotsional ko‘tarinkilik bolalarda barcha uchun umumiy bo‘lgan maqsadga erishishga intilish uyg‘otadi va u vazifalarni aniq tushunishda, harakatlarning o‘zaro mosligida, fazoda va o‘yin sharoitlarida aniq mo‘ljal olishda, topshiriqlarni tezlashtirilgan sur’atda bajarilishida ifodalanadi. Bolalarning maqsadga erishishiga nisbatan kuchli ishtiyoqi va zavqli intilishi asnosida turli to‘siqlarni engib o‘tishga yordam beruvchi irodaning roli oshadi.
Harakatli o‘yinlar bolalar tomonidan avval egallangan harakat ko‘nikmalarini takomillashtirish va jismoniy sifatlarni tarbiyalash metodi bo‘lib xizmat qiladi. O‘yin jarayonida bola o‘z e’tiborini harakatni bajarish usuliga emas, balki maqsadga erishishga qaratadi. U o‘yin shartlariga muvofiq harakat qiladi, bunda chaqqonlik ko‘rsatadi va shu asnoda harakatlarni takomillashtiradi. Shuning uchun masalan, «Bo‘ri jarlikda» o‘yini bolalar yugurib kelib uzunlikka sakrashni bilib olganlaridan keyin beriladi.
Harakat faoliyati sifatida harakatli o‘yin muayyan maxsus xususiyatlarga ega. U boladan signal va o‘yinda to‘satdan bo‘ladigan o‘zgarishlarga tezda javob berishni talab qiladi. O‘yinda yuz beradigan turli vaziyatlar, harakatlar mushak tarangligi darajasining o‘zgarishi zaruratini keltirib chiqaradi. Masalan, «Tuzoq» o‘yinida har bir bola boshlovchi harakatini diqqat bilan kuzatib borishi lozim: boshlovchi unga yaqinlashganda qarama-qarshi tomonga shitob bilan qochib o‘tadi; o‘zini xavfsiz sezgach, sekin harakat qilib, to‘xtab turadi; boshlovchi yaqinlashganda yana harakatini tezlashtiradi.
Deyarli har bir harakatli o‘yinda harakatlar va bolalar harakatiga oid signallar mavjud. Bunday faol harakat faoliyati bola qo‘zg‘alish va tormozlanish jaraYonlarini takomillashtirgan va muvozanatlashtirgan holda nerv tizimni mashq qildiradi, shuningdek, kuzatuvchanlik, topqirlik, o‘zgaruvchan atrof-muhitda mo‘ljal olish qobiliyati, yuz bergan mushkul holatdan qutilish yo‘lini topish, tezda qaror qabul qilish va uni amalga oshirish, botirlik, chaqqonlik, tashabbus ko‘rsatish, maqsadga erishishning mustaqil usulini tanlashni tarbiyalaydi.
Harakatli o‘yinlarning kelib chiqishi qadim xalq pedagogikasiga borib taqaladi. Ilk yoshli bolalar oilalarda bolaning dastlabki harakati bilan bog‘liq ovunmachoqlar, ermak o‘yinlar yordamida tarbiyalanganlar. Undan kattaroq yoshdagi bolalar hayotida rang-barang harakat mazmuniga ega bo‘lgan (o‘z ichiga bolalarni rom qiluvchi o‘yin boshlanmalari, xirgoyilari, sanashmachoqlarni oluvchi) xalq o‘yinlari katta o‘rin olgan. Bularning hammasi hozirga qadar badiiy jozibadorligi, tarbiyaviy ahamiyatini saqlab kelmoqda va qimmatli o‘yin folklorini tashkil etadi.
Harakatli o‘yinlarni o‘tkazish metodikasi.Tarbiyachining o‘yin jarayoniga rahbarlik qilishi metodikasini egallagan bo‘lishi o‘yinlarni muvaffaqiyatli o‘tkazishning asosiy sharti hisoblanadi.
Harakatli o‘yinlarni tanlash va rejalashtirish dasturga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda har bir yosh guruhning ish sharoiti, chunonchi bolalar jismoniy va aqliy rivojlanishining umumiy darajasi harakat ko‘nikmalarining rivojlanishi, har bir bola sog‘lig‘ining holati, o‘ziga xos xususiyatlari; yil fasli, kun tartibi, uyini o‘tkazish o‘rni, shuningdek, bolalar qiziqishlarini o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olinishi lozim. Harakatli o‘yinlar dastur talablariga muvofiq bolalar ongining o‘sishi, ular to‘plagan harakat tajribasi, maktabga tayyorlash zaruriyati kabi omillarni hisobga olgan asta-sekin murakkablashtirib borilgan holda o‘zgartirib turiladi.
Kichik guruhda o‘yin mazmuni va qoidasiga ko‘ra sodda bo‘lgan mazmunli va mazmunsiz harakatli o‘yinlar tashkil etiladi. Bu o‘yinlarda barcha bolalar bir xil rol yoki harakat topshirig‘ini tarbiyachining bevosita ishtirokida (barcha bolalar - qushchalar, tarbiyachi - ona qush bo‘ladi va h.k.) bajaradilar.
3 yoshli bolalar asta-sekin yakka holda rollarni bajarishga o‘rgatib boriladi (barcha bolalar qushlar, bitta yoki ikkita bola avtomobil bo‘ladi).
O‘rta guruhda eng oddiy musobaqa usulidagi o‘yinlarni yakka tarzda ham, jamoa tarzda ham o‘tkazish mumkin.
Katta guruhda bolalar uchun harakatli o‘yinlar o‘z mazmuni, qoidalari, rollarning miqdori, topshiriqni jamoa musobaqasiga joriy etishga ko‘ra murakkablashtiriladi.
Maktabga tayyorlov guruhi bolalari birmuncha murakkab harakatli o‘yinlar, shuningdek, jamoa musobaqalaridan iborat jamoaviy o‘yinlar: o‘yin estafetasi, sport o‘yinlarini o‘ynaydilar. Bularning hammasi chaqqonlik, tezkorlik, chidamlilikni rivojlanishi, harakat ko‘nikmalrining takomillashuviga, axloqiy-irodaviy sifatlarni tarbiyalashga yordam beradi.