Quyosh vannalari. quyosh bola organizmiga yaxshi ta’sir ko‘rsatib, uning umumiy holatini mustahkamlaydi, almashinish jarayonlarini yaxshilaydi. Ayniqsa bakteritsid (bakteriyalarning rivojlanishini to‘xtatadigan), antiraxit (nerv tizimining faoliyatini yaxshilaydigan, modda almashinish jarayonini kuchaytiradigan, suyak mushak tizimini mustahkamlaydigan), eritem (qon oqimini ko‘chaytiradigan va terini qizartirib, badanning qorayishiga olib keladigan) ta’sirga ega bo‘lgan ultrabinafsha nurlari juda foydalidir.
Dastlab quyoshda ko‘pi bilan 5-6 daqiqa toblanish lozim. Bo‘ muddat har kuni 5-6 daqiqa oshira boriladi va nihoyat 1 soatga etkaziladi.
Bola oftobda boshiga sochiq yopib yoki panama kiyib yotishi, har 2-2,5 dakikada qorindan yonboshga, so‘ngra orqasiga, keyin boshqa yonboshiga ag`darilib turishi lozim. Quyosh vannasidan so‘ng soyada 15-20 dakika dam olish, o‘stdan suv quyish, suv havzasida 5-10 daqiqa cho‘milish mumkin.
Oftobda ertalab soat 8 dan 11 gacha va kunduzi soat 16 dan 18 gacha toblanish foydalidir. Bo‘ paytda quyoshning ultrabinafsha nurlari ko‘p bo‘lib, bo‘ nur raxitning oldini oladi. Infraqizil nurlari esa tanani qizdirib yuborib, zarar keltirishi mumkin.
Quyosh vannasidan me’yorida foydalanmaslik tufayli bolalarga salbiy holatlar (qo‘zg‘alish va uyquning bo‘zilishi, tomirlarning keskin kengayishi, qon tarkibining yomonlashuvi va boshqalar) yuz berishi mumkin. Shuning uchun bolalar muassasalarida quyosh vannalari faqat shifokor tavsiyasiga ko‘ra, bolalarning yakka xo‘so‘siyatlarini hisobga olgan holda o‘tkazilishi zarur. Bolalarni muntazam holda chiniqtirish ilk yoshdan boshlanishi lozim, shundagina bolalarda chiniqish ko‘nikmalarini tarbiyalash mumkindir.
2. Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy rivojlanishida harakatli va millliy o‘yinlarning mazmuni.
Harakatli o‘yinlar muhim ahamiyatga ega bo‘lgan kompleks ta’lim-tarbiya jarayonidir. Bu jarayonning asosini tashkil etuvchi bolalarning harakat faoliyati jismoniy rivojlanishga, harakat ko‘nikmalari va jismoniy sifatlarning shakllanishiga, organizmning funksional faoliyatini oshirgan va emotsional quvnoqlik tuyg‘ularini kuchaytirgan holda salomatlikni mustahkamlashga ijobiy ta’sir etadi. Harakatli o‘yinlar jismoniy tarbiyaning asosiy vositalari va metodlaridan biri sifatida yuqorida sanab o‘tilgan vazifalarni samarali hal etishga yordam beradi.
Harakatli o‘yinlarni o‘tkazishda erishiladigan sog‘lomlashtirish samarasi bolalarning o‘yin faoliyati jarayonida yuzaga keladigan va bola psixikasiga yaxshi ta’sir etadigan ijobiy emotsiyalar bilan uzviy bog‘liqdir. Emotsional ko‘tarinkilik bolalarda barcha uchun umumiy bo‘lgan maqsadga erishishga intilish uyg‘otadi va u vazifalarni aniq tushunishda, harakatlarning o‘zaro mosligida, fazoda va o‘yin sharoitlarida aniq mo‘ljal olishda, topshiriqlarni tezlashtirilgan sur’atda bajarilishida ifodalanadi. Bunda bolalarning maqsadga erishishga nisbatan kuchli ishtiyoqi va zavqli intilishi asnosida turli to‘siqlarni engib o‘tishga yordam beruvchi irodaning roli oshadi.
Harakatli o‘yinlar bolalar tomonidan avval egallangan harakat ko‘nikmalarini takomillashtirish va jismoniy sifatlarni tarbiyalash metodi bo‘lib xizmat qiladi. O‘yin jarayonida bola o‘z e’tiborini harakatni bajarish usuliga emas, balki maqsadga erishishga qaratadi. U o‘yin shartlariga muvofiq harakat qiladi, bunda chaqqonlik ko‘rsatadi va Shu asnoda harakatlarni takomillashtiradi. Shuning uchun masalan, «Bo‘ri jarlikda» o‘yini bolalar yugurib kelib uzunlikka sakrashni bilib olganlaridan keyin beriladi.
Harakat faoliyati sifatida harakatli o‘yin muayyan maxsus xususiyatlarga ega. U boladan signal va o‘yinda to‘satdan bo‘ladigan o‘zgarishlarga tezda javob berishni talab qiladi. O‘yinda yuz beradigan turli vaziyatlar, harakatlar mushak tarangligi darajasining o‘zgarishi zaruratini keltirib chiqaradi. Masalan, «Tuzoq» o‘yinida har bir bola boshlovchi harakatini diqqat bilan kuzatib borishi lozim: boshlovchi unga yaqinlashganda qarama-qarshi tomonga shitob bilan qochib o‘tadi; o‘zini xavfsiz sezgach, sekin harakat qilib, to‘xtab turadi; boshlovchi yaqinlashganda yana harakatini tezlashtiradi.
Deyarli har bir harakatli o‘yinda harakatlar va bolalar harakatiga oid signallar mavjud. Bunday faol harakat faoliyati bola qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarini takomillashtirgan va muvozanatlashtirgan holda nerv tizimni mashq qildiradi, shuningdek, kuzatuvchanlik, topqirlik, o‘zgaruvchan atrof-muhitda mo‘ljal olish qobiliyati, yuz bergan mushkul holatdan qutilish yo‘lini topish, tezda qaror qabul qilish va uni amalga oshirish, botirlik, chaqqonlik tashabbus ko‘rsatish, maqsadga erishishning mustaqil usulini tanlashni tarbiyalaydi.
Harakatli o‘yinlarning kelib chiqishi qadim xalq pedagogikasiga borib taqaladi. Ilk yoshli bolalar oilalarda bolaning dastlabki harakati bilan bog‘liq bekinmachoqlar, ermak o‘yinlar yordamida tarbiyalanganlar. Undan kattaroq yoshdagi bolalar hayotida rang-barang harakat mazmuniga ega bo‘lgan (o‘z ichiga bolalarni rom qiluvchi o‘yin boshlanmalari, xirgoyilari, sanashmachoqlarni oluvchi) xalq o‘yinlari katta o‘rin olgan. Bularning hammasi hozirga qadar badiiy jozibadorligini, tarbiyaviy ahamiyatini saqlab kelmoqda, shu nuqtai nazardan ular qimmatli folklor o‘yinlarini tashkil etadi.
Harakatli o‘yinlarni turlari. Bolalarning har tomonlama rivojlanishida o‘yin asosiy faoliyat turi bo‘lib hisoblanadi. Bola yoshligida qanchalik ko‘p o‘ynasa, bu uning keyinchalik maktabda yaxshi o‘qishi, kelgusi mehnat faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘yin bu bola faoliyatining yorqin turi sanaladi. Zero, o‘yin jarayonida uning irodasi, hissiyoti, ehtiyoji, qiziqishlari, ta’sirchanligi, ya’ni butun shaxsiyati shakllanadi.
O‘yin buyumli va ijtimoiy voqelikdagi harakat qilish va uni anglashga qaratilgan jaraYondir. Kichik Yoshdagi bolalarga dastlabki asosiy buyumlar bilan bajariladigan harakatlar qiziqarli tuyiladi va ular kelgusida bolalarning o‘yindagi kattalar munosabati va harakatlarini qayta aks ettirishlariga xizmat qiladi. Qadimdan o‘zbek halqi bolalariga turli halq o‘yinlarni o‘ynatib o‘rgatib kelganlar va o‘yinlar orqali uddaburonlik, chaqqonlik, topqirlik, mehr-shafqatlilik kabi fazilatlarni tarkib toptirib, mehnatga o‘rgatib boriladi.
Harakatli va kam harakatli o‘yinlarni tanlash va rejalashtirish dasturga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda har bir yosh guruhining sharoiti hisobga olinadi, chunonchi: bolalarning jismoniy va aqliy rivojlanishining umumiy darajasi, harakat ko‘nikmalarining rivojlanishi, har bir bola sog‘lig‘ining ahvoli, individual tipologik xususiyatlari, yil fasli, kun tartibi, o‘yinni o‘tkazish o‘rni, shuningdek, bolalar qiziqishlarining o‘ziga xos xususiyatlari.
Harakatli o‘yinlar ichida guruhning barcha bolalari bir vaqtda faol ishtirok etadigan o‘yinlar («Chumchuqlar va avtomobil», «Kimning zvenosi tezroq saflanadi», «Ayyor tulki» va boshqalar) ham bor. Shu bilan birga, harakatlarning navbatliligi asosiga qurilgan («Quvlashmachoqlar», «Kim lentani tezroq tortadi», «Xaltachalarni almashtirish» va hokazo) foydali va qiziqarli o‘yinlar ham mavjud. Mazkur o‘yinlar irodani tarbiyalashga yordam beradi, o‘zini tuta bilishga o‘rgatadi.
Biroq bunday o‘yinlar noto‘g‘ri tashkil etilsa, u holda bolalar o‘yin topshiriqlarini bajarish uchun uzoq vaqt navbat kutib qoladilar. Kutib qolish, statik holatlarning bir xilligi, ayniqsa, kichik yoshdagi bolalarda qiziqishning, harakat reaksiyasi tezligining susayishiga olib keladi; katta yoshdagi bolalar arzimagan baxona bilan o‘yindan chalg‘iydilar, bu esa mazkur holning sabablarini hisobga olmagan tarbiyachida norozilik uyg‘otadi. Bunday paytda o‘yinda kichik guruh ishtirok qiladi va u uzoq davom etmaydi, bolalar faol bo‘lib o‘yin oxirigacha diqqat qiladilar.
Dostları ilə paylaş: |