VI. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.......................62
ISHCHI O‘QUV DASTUR
Modulning maqsadi va vazifalari
Modulning maqsadi: “O‘zbekistonning milliy tiklanishdan milliy yuksalish bosqichida jamiyat rivoji masalalari” doir yangicha g‘oya va qarashlarining ilmiy asoslanganligini ko‘rsatishdan iborat. Malaka oshirish kursi tinglovchilarining ta’lim va tarbiya jarayonlarining tashkiliy metodologik asoslari haqidagi bilimlarini takomillashtirish, jamiyat rivojlanishiga doir hamda ta’lim-tarbiya jarayoniga O‘zbekistonning demokratik taraqqiyotida belgilangan vazifalarni amalga oshirishdagi ayrim muammolar va kamchiliklarni aniqlash, tahlil etish, baholash ko‘nikma va malakalarini, yangicha ong va dunyoqarashni tarkib toptirishdan iborat.