Modulning vazifalari:
jamiyat rivojlanishiga doir yangicha g‘oya va qarashlarning ilmiy asoslanganligini yoritish;
jamiyat rivoji va ta’lim-tarbiya masalalarining metodologik asoslarini tahlil etish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish;
bozor munosabatlariga o‘tishda xalqimizga va jamiyatimizga xos milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hisobga olinganligiga e’tibor qaratish;
jamiyat rivojida ta’lim-tarbiya va milliy yuksalish masalalarining metodologik asoslari mazmun va mohiyatini to‘g‘ri idrok etish hamda ta’lim-tarbiya jarayonlarida tashkil etish;
davlat rahbarining demokratik jamiyat rivojida ta’lim-tarbiya va milliy yuksalish jarayonlariga tegishli kontseptual g‘oyalarini joriy etishning ta’sirchan va samarali usullarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etishga o‘֯rgatish;
demokratik jamiyat rivojlanishining shart-sharoitlari, globallashuv, ta’lim-tarbiya sohasidagi ayrim muammolarni tahlil etish;
O‘zbekiston taraqqiyotining milliy yuksalish bosqichida Harakatlar strategiyasining ishlab chiqilishi va uning ustuvor yo‘֯nalishlarini tahlil etish;
yoshlar, oila, mahalla, din va xotin-qizlar masalalariga oid davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini tahlil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha beshta muhim tashabbusining mazmun-mohiyatini ochib berishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: |