1. Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish borasida Konstituцiyaga davlat tuzilishi va boshqaruvi tizimini yaratishga qaratilgan, davlat hokimiyatining uchta sub’ekti: Prezident, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat o‘rtasida vakolatlarni taqsimlashning prinцipial jihatdan yangi, eng oliy demokratik prinцiplarga mos keladigan huquqiy mexanizmiga asoslangan bir qator jiddiy o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilgan edi. O‘zbekiston Respublikasi Konstituцiyasi 98-moddasining yangi tahririda mustahkamlab qo‘yilishi bilan konstituцiyaviy tartibga muvofiq Bosh vazir nomzodi parlament saylovida g‘alaba qozongan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir necha partiya tomonidan ko‘rsatilishi natijasida ijro etuvchi hokimiyatni shakllantirish va uning faoliyat ko‘rsatish tizimi prinцipial jihatdan o‘zgardi. Bu o‘rinda fuqarolik jamiyatining eng muhim instituti bo‘lgan siyosiy partiyalar hal qiluvchi rol o‘ynay boshladi, Konstituцiyada nazarda tutilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalq hokimiyatining konstituцiyaviy mexanizmlari ro‘yobga chiqdi. Bir so‘z bilan aytganda Oliy Majlis vakolatlarining ortib borishi bosh vazirga nomzod ko‘rsatishning demokratik prinцiplarining mustahkamlanishi masalalariga e’tibor qaratildi.
Oliy Majlis tomonidan Bosh vazirga ishonchsizlik votumi bildirish parlament institutining joriy etilishi, hukumatning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining dolzarb masalalari yuzasidan parlament oldida muntazam hisobot berishi (Konstituцiyaning 78-moddasiga o‘zgartish), shuningdek Prezidentning Hisob palatasi Raisini lavozimga tayinlash to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash huquqi (Konstituцiyaning 93-moddasi) parlamentning davlat hokimiyatini tashkil etish tizimidagi roli va o‘rnini ma’lum darajada kuchaytirdi, qonun chiqaruvchi hokimiyatning vakolatlari va nazorat qilish sohasidagi vazifalari kengayib, mamlakatimiz oliy qonunchilik organi amalga oshiradigan qonun ijodkorligi va nazorat-tahlil ishlarining sifatiga nisbatan talab oshdi.
Konцepцiyada ko‘tarilgan bir qator konstituцiyaviy tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish huquqiy davlatning juda muhim prinцipi sifatida hokimiyatlarni taqsimlash konstituцiyaviy prinцipini izchil amalga oshirish, o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati tizimini takomillashtirish, parlament palatalari faoliyatining va ular yangi demokratik sharoitlarda ijro etuvchi hokimiyat bilan o‘zaro hamkorlikda harakat qilishining samarali mexanizmlarini yaratish va amalga oshirilishini nazarda tutgan.
Dostları ilə paylaş: |