Geometrik shakllar Mavzu: Kvadrat va to’g’ri to’rtburchak shakllarini farqlashga doir mashqlar
Maqsad:
Bolalarga kvadrat va to’g’ri to’rtburchak shakllarini farqlashni o’rgatish. Kutilayotgan natijalar: Bolalarning kvadrat va to’g’ri to’rtburchak shakllarining o’xshash hamda farqli jihatlari haqidagi bilimlari mustahkamlanadi.
Kerakli jihozlar: Kvadrat (bo’yi 8 sm, eni 8 sm) va to’g’ri to’rtburchak shakllari (bo’yi 5 sm, eni 8 sm).
Kvadrat va to’g’ri to’rtburchaklar tasvirlangan kartochkalar (o’lchami: bo’yi 6 sm, eni 10 sm).
Qog’oz varag’idan kvadrat va to’g’ri to’rtburchak shakllari Tarqatma jihozlar har bir bolaga alohida beriladi.
Bolalar uchun amaliy ish. Kartochkalar bilan ishlash:
1. To’g’ri to’rtburchaklarni chiziqlar yordamida birlashtirib chiqing.
2. Kvadratlarni chiziqlar yordamida birlashtirib chiqing.
3. Nechta kvadrat borligini sanang va kvadrat ichiga shuncha nuqta qo’ying.
4. Nechta to’g’ri to’rtburchak borligini sanang va to’rtburchak ichiga shuncha nuqta qo’ying.
5. Yoningizdagi o’rtog’ingizning ishini ko’rib chiqing va to’g’ri bajargan bo’lsa kvadrat, noto’g’ri bajargan bo’lsa to’rtburchak rasmini chizing.
NATIJA
III BOB. MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTIDA MATEMATIK TUSHUNCHALARINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY VA AMALIY MASALALARIGA OID SAMARADORLIK NATIJALARI 3.1. Maktabgacha ta'lim tashkilotida matematik tushunchalarini shakllantirishning nazariy va amaliy masalalari yuzasidan tajriba-sinov ishlari. Tajriba-sinov ishlarini tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad – maktabgacha ta'lim tashkilotida matematik tushunchalarini shakllantirishning nazariy va amaliy masalalari yordamida bolalarning matematik tafakkurini shakllantirish imkonini beruvchi, tavsiya etilgan pedagogik shart-sharoitlardan samarali foydalanish darajasini aniqlashdan iborat etib belgilandi.
Tajriba-sinov ishlari quyidagi uch bosqichda amalga oshirildi va har bir bosqichda muayyan vazifalar hal etildi: