1.Asoslovchi tajriba bosqichining maqsadi – maktabgacha ta'lim tashkilotida matematik tushunchalarini shakllantirishning nazariy va amaliy masalalari mavjud holatini o‘rganishdir. 2.Shakllantiruvchi tajriba bosqichning maqsadi –maktabgacha yoshdagi bolalar matematik tasavvurlarini rivojlantirishda didaktik o’yinlar, mashg‘ulotlar, samarali ekanligini asoslash va isbotlashdir. 3. Ta’kidlovchi tajriba bosqichida shakllantiruvchi tajriba-sinov mashg‘ulotlari o‘tkazildi, tadqiqot natijalari amaliyotga tatbiq etildi. Tajriba – sinov ishlarimiz Buloqboshi tumani 1-, 3- va 8- Davlat maktabgacha ta’lim tahkilotlarida o’tkazildi. Bunda 1- Davlat maktabgacha ta’lim tahkilotida Tajriba guruhi sifatida 12 nafar, Nazorat guruhida esa 13 nafar, 3- Davlat maktabgacha ta’lim tahkilotida Tajriba guruhi sifatida 15 nafar, Nazorat guruhida esa 13 nafar hamda 8- Davlat maktabgacha ta’lim tahkilotida Tajriba guruhi sifatida 13 nafar, Nazorat guruhida esa 13 nafar bolalar jami 79 nafar bolalar qatnashdi. Tajriba – sinov ishlarimiz yakunida bolalarda fazo va vaqt bo’yicha mo’ljal olish haqidagi tushunchalarini shakllanganlik darajalarini aniqlovchi va shakllantiruvchi tajriba-sinov ishlari orasidagi farq tahlil qilindi va natija quyidagi jadvalda o’z ifodasini topdi.
Jadvallardan ko’rinadiki tajriba guruhlari uchun o’rtacha ko’rsatkich tajribadan oldin 3,95 bo’lgan bo’lsa, tajribadan so’ng bu ko’rsatkich 4,38 ni tashkil etgan. Nazorat guruhlari uchun o’rtacha ko’rsatkich tajribadan avval 3,92 bo’lgan bo’lsa, tajribadan so’ng bu ko’rsatkich 4,03 ni tashkil etgan. Ya’ni, tajribadan so’ng tajriba guruhlarida o’rtacha o’zlashtirish ko’rsatkichi 10,76% ga ortgan bo’lsa, nazorat guruhlarida bu ko’rsatkich 2,61% ga gina ortgan.Tajribadan oldin tajriba guruhlarining o’rtacha ko’rsatkichi nazorat guruhidagilardan 0,7% ga yuqori bo’lgan bo’lsa, tajribadan so’ng bu ko’rsatkich 8,7% ga yuqori chiqdi
UMUMIY XULOSALAR Kuzatishlar, manbalar tahlili va olib borilgan tajriba-tadqiqot ishlari natijasida quyidagi xulosalarga kelindi: 1. Bola tarbiyasidek o‘ta mas’uliyatli vazifani amalga oshirishda, shubhasiz, bolalar matematik qobiliyatining alohida o‘rni bor. Bu borada tarbiyalanuvchilarni ilk yoshidan boshlab didaktik vositalar yordamida mashg’ulotlar olib boorish muhim ahamiyat kasb etadi.
2. Maktabgacha ta’lim bolalarning, yosh va individual xususiyatlarini e’tiborga olgan holda ularning har tomonlama rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari bolalarni har tomonlama tarbiyalaydi. Bola hayotidagi ilk yosh eng muhim davr bo‘lib, xuddi mana shu davrda bolaning matematik tasavvurlari rivojlanishiga poydevor bo‘ladi.
3. Maktabgacha yoshidagi bolalarda matematik tasavvurini shakllantirish vazifasi va mazmuni bolaning ma’naviy dunyosini, uning ongini, axloqiy hislarini, shaxsiy sifatlari va xulqini tarbiyalash va rivojlantirishni taqozo etadi.
Tajriba-sinov ishlarini tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad – tayyorlov guruhlarda bolalarni matematik tasavvurlarini shakllantirish imkonini beruvchi, tavsiya etilgan pedagogik shart-sharoitlardan samarali foydalanish darajasini aniqlashdan iborat etib belgilandi.
TAVSIYALAR
1.Maktabgacha ta’lim tashkiloti bolalarni matematikaga o’rgatishda interfaol usullardan foydalanish.
2.O’zlashtirishi qiyin bo’lgan bolalarga mashg’ulotda va mashg’ulotdan tashqarida individual yondoshish.
3.Bolalarning ko’proq mustaqil shug’ullanishga o’rgatish.
4.Ta’limiy oyinlardan foydalanish.
5.Turli faoliyatlarda matematikani o’rgatish
6.Matematikani o’rgatish bo’yicha turli masalalar tuzish va yechishga o’rgatish
7.Matematikani o’rgatishda ota-onalar bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish.
8.Matematikani o’rgatishda ijodiy va xarakatli o’yinlardan samarali foydalanish.
9.Mashg’ulotdan tashqari (sayr,ekskursiya, ertaliklar, bayram ko’gilochar tadbirlar, musobaqalar) shakllarda matematikani o’rgatish.