Збекистон Республикаси Олий таълим, фан ва инновасиялар вазирлиги Тошкент архитектура қурилиш Университети «Менежмент» факултети


Markaziy bankning pul kredit siyosati



Yüklə 48,98 Kb.
səhifə3/4
tarix14.12.2023
ölçüsü48,98 Kb.
#178695
1   2   3   4
Iqtisodiyot Nazariyasi Mustaqil ish Bositbek

Markaziy bankning pul kredit siyosati

Кredit tizimi bank va boshqa kredit muassasalarining tashkiliy huquqiy shaklini ifodalaydi. Кredit tizimining asosiy vazifasi bo‘sh pul mablag‘larini to‘plab ssuda kapitaliga aylantirishdir. Undan tashqari omonatlar qabul qilish va ular bo‘yicha turli hisoblar ochish, aksiya va obligatsiyalar chiqarish, moddiy boyliklarni saqlash, to‘lov operatsiyalarida vositachilik qilish vazifalarini bajaradi. Кredit tizimi kreditlash mexanizmiga tayanadi. Кredit mexanizmi o‘z ichiga kreditlash shakllarini, sharoitlarini, usullarini, uni boshqarish tizimini oladi. Кredit mexanizmi yordamida bank tizimining kredit siyosati amalga oshiriladi. Кredit mexanizmining muhim tarkiblaridan biri kredit shartnomasi bo‘lib, u kredit munosabatlarini amalga oshirishning huquqiy asoslari hisoblanadi. Кredit tizimi o‘z ichiga ikki bo‘g‘in: bank va maxsus moliya-kredit muassasalari tizimini oladi. Кredit tizimining hal qiluvchi bo‘g‘ini ‒ bu bank tizimidir. Pul munosabatlarining rivojlanishi bank tizimini yuzaga keltirgan. Bank iqtisodiy munosabatlarining pulning harakati yuzasidan kelib chiqadigan aloqalariga xizmat qiluvchi muassasadir. O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonuniga ko‘ra “Pul mablag‘larini jalb qilish hamda ularni qaytarishlik, to‘lashlik va muddatlilik shartlari asosida o‘z nomidan joylashtirish uchun tuzilgan muassasa bankdir, bank huquqiy shaxsdir”. Banklar eng avvalo, xususiy-tijorat tuzilma sifatida vujudga kelgan. Banklar o‘zining rivojlanishi jarayonida uzoq davr va ko‘p bosqichlarni bosib o‘tgan. Dastlabki banklar eramizgacha 2300yilda qadimgi Mesopotamiya davlatida savdo sherikchilik ko‘rinishida tashkil etilib, ssudaga pul berish va pul ko‘chirish operatsiyalari bilan shug‘ullangan. Lekin haqiqiy banklar rivojlanishi Bobillar davlati (miloddan avvalgi 2000-yilning boshlarida janubiy Mesopatamiyada) vujudga kelishi bilan bog‘liq. Banklar keyinchalik Afrika, Misr, Rim va Angliyada rivojlana boshlagan. Davlat banklari XIX asrga kelibgina tashkil topa boshlagan. Fransiya davlat banki 1800-yilda tashkil etilgan, 1816-yil Avstriya, 1825-yili Belgiya milliy banki keyinchalik Rus davlat banki, Italiya milliy banki vujudga kelib, tijorat banklari bilan birgalikda ish yurita boshlagan.


O‘zbekistonda bank tizimi Markaziy banki va aksiyadorliktijorat banklardan iborat ikki bo‘g‘indan tashkil topgan. Bu tizim tarkiban O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va uning muassasalari, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Xalq banki hamda aksiya, pay asosida tashkil qilingan, shuningdek chet el kapitali ishtirokidagi tijorat banklari, ularning vakolatxonalaridan iboratdir. Markaziy bank mamlakat pul-kredit tizimini markazlashgan tartibda boshqaradi va davlatning yagona monetar siyosatini amalga oshiradi. Markaziy bank davlat banki hisoblanadi. Buning mazmuni shundan iboratki, birinchidan, ko‘pchilik mamlakatlarda davlat banki yagona markaziy bankdan iborat bo‘lib, u o‘tkazadigan siyosat tartiblari yuqori davlat organlari tomonidan o‘rnatiladi.

Ikkinchidan, Markaziy bank u “banklar banki” deb ham yuritiladi, tijorat banklari va jamg‘arma muassasalaridan mablag‘larni qabul qilib, ularga kredit beradi.
Uchinchidan, Markaziy bank faqat foyda olishga intilib faoliyat qilmaydi, davlatning va ijtimoiy siyosatini amalga oshirishga ko‘maklashadi.
Xulosa

Bozorni iste’mol mollari bilan to‘ldirishda milliy ishlab chiqarishni imkoni boricha kengaytirib borish, hal qiluvchi ahamiyatga ega. Chunki shu orqali iste’mol tovarlari sotishning umumiy hajmida milliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlari hissasi oshirib boriladi. Ayni vaqtda, milliy ishlab chiqarishni kengaytirish orqali so‘mning barqarorligini ta’minlash chetdan mahsulot keltirishni inkor qilmaydi. Aholini sifatli chet el mollari bilan ta’minlash maqsadida import ham rag‘batlantirib boriladi. So‘mning barqaror amal qilishi, uning har qanday valutaga erkin almashilishi yetarli valuta zaxirasi bo‘lishiga bog‘liq. Unga erishishda korxonalar va barcha subyektlarning jahon bozoriga raqobatga bardosh beradigan mahsulot ishlab chiqarishi uchun zarur bo‘lgan rag‘batlantiruvchi omillarni vujudga keltirish alohida ahamiyatga ega. So‘mning barqarorligini ta’minlashda undan ehtiyotkorona va tejab-tergab foydalanish, ishlab chiqarishga sarflangan mablag‘larning eng ko‘p samara berishiga, olingan kreditlarning o‘z vaqtida qaytarilishiga erishish muhim o‘rin tutadi. Inflatsiyaga qarshi aniq o‘ylangan siyosat o‘tkazish milliy valutani mustahkamlanishning muhim shartlaridan biridir. Bu siyosat eng avvalo, inflatsiya darajasini keskin kamaytirishga qaratilishi lozim.




Yüklə 48,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin