III bob bo‘yicha xulosa
1. Sferik ko‘zgular yordamida elektr energiyasi olish loyixasi ishlab chiqildi.
Bu orqali bitta 1 m
2
li sferik ko‘zgu yordamida olinadigan 1 kunlik elektr energiya
9,9 ∙ 10
8
J ga teng bo‘ladi va bu bir xonadonni o‘rtacha ikki kunlik elektr energiya
bilan taminlaydi. Demak, xulosa qilib shuni aytish mumkinki bu turdagi energiya
ishlab chiqaruvchi qurilmalar uzoq qishloq xududlarini elektr energiyasi bilan
taminlashda muxim xisoblanadi.
2. Fotoelement batareyada teksturlangan shisha qoplama qo‘llash uning
samaradorligini 6 – 8 % gacha oshirishi mumkin. Qaytarishga qarshi qoplamaning
sindirish ko‘rsatkichi shishaning sindirish ko‘rsatkichiga kuchsiz bog‘liq. Bunga
asosan, shisha sirtiga qaytarishga qarshi qoplamani qo‘llash qattiq texnologik
jarayonni talab qilmaydi.
3. FEB ning ishlashiga majburiy havo orqali sovutish ta’siri o‘rganildi. FEB
ning orqa devorida ventilyatorlarning joylashuvi FEB da bo‘ylama joylashishiga
qaraganda samaraliroq ekanligi aniqlandi. FEB quvvatining havo oqimi tezligiga
chiziqli bog‘liqligi aniqlandi. FEBning quvvati 38,0 % ga oshishi aniqlandi.
|